1. Rentgen nurlarining va ularning xossalari


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana20.11.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1789387
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ish 3..2

4. Mozli qonuni 
Ingliz fizigi G.Mozli (1887-1915) 1913-yilda turli elementlarning 
xarakteristik rentgen nurlari spektrini o'rganib, uni nomi bilan ataluvchi va 
quyidagi formula bilan ifodalanuvchi qonunni aniqladi: 

= R(z - 

)
2
1
1
2
2
m
n





bunda 

- ma'lum bir xarakteristik rentgen nurining chastotasi, R-Ridberg doimiysi, 

- ekranlash doimiysi, m = 1,2,3..., qiymatlarni, n esa n = m+1 qiymatlarni qabul 
qiladi.
Mozli qonunining vodorod atomi spektral seriyalarni ifodalovchi 
Balmerning umumiy formulasi o'xshaydi. 
Ekranlash doimiysining ma'nosi shundan iboratki, u ichki qobiqdagi "bo'sh" 
o'ringa tashqi qobiqlardan kelayotgan elektronga yadroning Z e hamma zaryadi 
ta'sir etmay, elektronlarning ekranlash ta'siri tufayli kuchsizlangan (Z-). e zaryad 
ta'sir etishini ko'rsatadi. Masalan, K seriyaning K chiziqi uchun faqat bitta elektron 
ekranlovchi ta'sir ko'rsatgani uchun teng 1 bo'lib Mozli qonuni



= R (z – 1) 
1
1
1
2
2
2





ko'rinishda yoziladi. 
Mozli qonunning yana bir muhim tomoni shundan iboratki, u xarakteristik 
rentgen nuri chastotasi bilan elementning yadro zaryadi Z ni, ya'ni davriy 
sistemadagi o'rnini bog’laydi. Bundan elementning davriy sistemasidagi o'rnini 
aniqlashning yangi usuli kelib chiqadi. Shunday yo'l bilan sistemadagi 
elementlarning o'rniga aniqlik kritildi. Bu qonun yordamida argon bilan kaliy, 
kobalt bilan nikel o'rinlari almashtirildi. 
Endi rentgen nurlarini qo'llanilishiga to'xtalib o'taylik. Rentgen nurlari 
yordamida kristall moddalardagi atomlarning joylashishini, kristallarning sofligini 
va joylashish vaziyatini, qotishmalariga termik va plastik ishlov berganda, ularda 
bo'ladigan o'zgarishlarni, qotishmalar olishda texnologik jarayonlarni, qattiq 
jismlardagi va tirik organizmlarda nuqsonlarni va boshqa narsalarni tekshirish 
mumkin. Rentgen nurlarining ajoyib xususiyatilaridan biri shundaki, ular yorug’lik 
nurlari uchun shaffof bo'lmagan jismlardan o'ta oladi. Aniqrog’i, rentgen 
nurlarining bir qismi jismda yutiladi, qolgan qismi esa jismdan o'tib ketadi. 
Jismning zichligi, qalinligi qanchalik kam bo'lsa, u shuncha rentgen nurlarini kam 
yutadi. Demak, zichligi kamroq jismlar rentgen nurlari uchun shaffofroq 
hisoblanadi. Uning bu xususiyatidan meditsina, metallurgiya, mashinasozlik va 
texnikaning boshqa sohalarida keng foydalaniladi.
Jism ichidagi nuqsonlarni aniq-lash 
uchun ishlatiladigan qurilma sxemasi 
ko'rsatilgan. Agar jismdagi nuqsonni 
zichligi jismning boshqa sohalarining 
zichligidan kichikroq bo'lsa, rentgen 
nurlari bu nuqsondan o'tishda kamroq 
yutiladi, natijada ekranda uni shakli 
yorug’roq bo'ladi. Aksincha, nuqsonni 


zichligi kattaroq bo'lsa, ekranda uning shakli xirraroq bo'ladi. Kerak bo'lgan
hollarda ekran o'rniga fotoplastinka qo'yib, nuqsonni rasmini olish ham mumkin. 
Bayon qilgan bu usul rentgennodefektoskopiya deb ataladi. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling