1 simens (Sm) deb, uchlarida 1 V kuchldanish bo`lganda 1 A tok o`tadigan o`tkazgichning o`tkazuvchanligiga aytiladi.
Odatda, amaliy hisoblashlarda o`tkazuvchanlikning teskari ifodasi bo`lgan kattalikdan foydalaniladi va unga o`tkazgichning qarshiligi deyiladi:
Turli hil o`tkazgichlar zanjirdan o`tayotgan tokni turlicha cheklaydi yoki tokka turlicha qarshilik ko`rsatadi.
O`tkazgichning zanjiridagi tokni cheklash hossasiga o`tkazgichning qarshiligi deyiladi.O`tkazgichning qarshiligi R orqali tok kuchi I ning kuchlanish U ga bogliqligini quyidagi ko`rinishda yozish mumkin:
Tok kuchining kuchlanish va qarshilikka bunday ko`rinishdagi bogliqligiga zanjirning bir qismi uchun Om qonuni deyiladi. Bu qonun elektr hodisalari to`grisidagi talimotning asosiy qonunlaridan biri bo`lib, u quyidagicha tariflanadi:
Zanjirning bir qismidan o`tayotgan tokning kuchi o`tkazgich uchlaridagi kuchlanishga to`gri proporsional va o`tkazgichning qarshiligiga teskari proporsionaldir.
SI da o`tkazgichning qarshiligi Om ( ) hisobida o`lchanadi. Om deb, uchlaridagi kuchlanish 1 V bo`lganda 1 A tok o`tkazadigan o`tkazgichning qarshiligiga aytiladi.
O`tkazgichning qarshiligi uning ulchamlariga va ichki tuzilishiga bogliq bo`lgan kattalikdir. Agar o`tkazgich silindrsimon shaklda bo`lsa, uning qarshiligi R, uzunligi ga to`gri va ko`ndalang kesim yuzi S ga teskari proporsional bo`ladi:
bunda –o`tkazgichiing solishtirma qarshiligi bo`lib, u o`tkazgich materialining ichki hususiyatlariga va tashqi sharoitga bogliq, SI da solishtirma qarshilik OM, m hisobida o`lchanadi.
4.Yopiq zanjir uchun om qonuni. Tok manbaiga biror R qarshilikli rezistor ulab yopiq zanjir hosil qilinadi. Tok manbaining EYUK va ichki qarshiligi r bo`lsin. Generatorda r ichki qarshilik deb chulgamlar qarshiligi, galvanik elementda esa elektrolit eritmasi va elektronlarning qarshiligi tushuniladi.
Yopiq zanjir uchun Om qonuni zanjirdagi tokning kuchi I ni EYUK va zanjirning to`la qarshiligi (R+r) ni bir–biriga boglaydi. Yopiq elektr zanjirning qismlariga Om qonuni tatbiq qilinsa, zanjirning tashqi va ichki qismlaridagi kuchlanishlarning yigindisi manbaning elektr yurituvchi kuchiga teng bo`ladi.
Bu tenglik yopiq zanjir uchun Om qonunining matematik ifodasi bo`lib, u quyidagicha tariflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |