Reja: Ertaklarning paydo bo’lishi Ertak turlari


Download 91.61 Kb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi91.61 Kb.
#1613431
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ertaklar

Maishiy ertaklar.
O'zbek xalq ertaklari qatorida bevosita kundalik hayotida ro’y berayotgan voqealar asos qilib olingan ertaklar atamasi bilan yuritiladi. Bunday ertaklarda amaliy harakatlar insondagi chegaralangan jismoniy kuch, ilm va hunarga bo’lgan munosabat, shaxsning ma’naviy qiyofasi haqida hikoya qilinadi. Ko’pincha ro’y bergan adolatsizlikning oxir natijada mag’lubiyatga uchrashi, oqil va dono shaxsning baxtga erishuvchi, haqoratlangan qizning yorug’ yuz bilan hurmatiga ega bo’lishi kabi voqea-hodisalar maishiy ertaklar mavzuyni tashkil etadi. Masalan, “Uch og’ayini botirlar” ertagidagi Kenja botir saroy g’iybati oqibatida nohaq jazolanadi. Ammo uning sabr, sadoqat bilan qilgan harakatlari o’zining ijobiy natijasini beradi. “Ozodachehra” ertagidagi Ozodachehra ne-ne malomatlarga qolmadi. Unga yovuz kuch ne-ne tuhmat toshlarini otmadi. Ammo uning chidam bilan adolatsizlikka dosh berishi ham yaxshilikka olib keldi. Qizig’i shundaki, maishiy ertaklarda tasvirlangan hodisalar har bir inson hayotida ro’y berishi mumkinligi bilan e’tiborni o’ziga tortadi. Maishiy ertaklarning muhim jihatlaridan biri ularda tarbiyaviy yo’nalishning aniq ifodalanishi bilan ham belgilanadi. Masalan, “ Uch og’a-ini botirlar” ertagida mo’ysafid ota o’z o’g’illarining baquvvat qilib o’stiradi, ertak yoshlarda har qanday vaziyatda o’z imkoniyatlarini to’g’ri baholash va bu imkoniyatdan samarali foydalanish tuyg’usini shaklantiradi. Ota o’z farzandlarini safarga otlantirar ekan, yigit kishining hayotida zarur bo’lgan yana uchta maslahat beradi: “To’g’ri bo’ling, bexavotir bo’lasiz. Maqtanchoq bo’lmang, uyatga qolmaysiz. Dangasa bo’lmang, baxtsiz bo’lmaysiz”. Agar ota tarbiyasining va maslahatlarining mohiyatini tahlil qilsak, ularda haqiqiy hayotga tayyor bo’lishi lozim insonning asosiy fazilatlari aks etganiga ishonch hosil qilamiz. Aslini olganda, ertakning to’liq matni uning boshlanishida bayon etilgan nasihat va maslahatlar shartiga bag’ishlangan. Uch og’a-ini botirlar mard, jasur yigit bo’lishi bilan birga ziyrak inson ham edilar. Ularning biron xatti –harakatlarida biz kamchilik topa olmaymiz. Ammo shu bilan birga ular biron harakatni asossiz amalga oshirmaydilar ham. Bu ertakda oddiy xalqning tashvishsiz hayot kechirishiga bo’lgan munosabati ham o’z ifodasini topgan. Shuning uchun uch og’a-ini botirlar podshoh saroyidagi halovatli hayotdan oddiy mehnat bilan turmush kechirishni afzal ko’radilar.
Maishiy ertaklarda ham umuman ertak janriga mansub bo’lgan sehrli tasvir va mubolag’a begona emas. Masalan, “uch og’a-ini botirlar” ertagida aka-ukalarning sher, ajdar va qirq qaroqchi bilan olishuvida o’ziga xos g’ayritabiiy tasvir mavjuddir. Ammo bu tasvir “Uch og’a-ini botirlar” ertagining mazmunida alohida, muhim hal etuvchi ahamiyat kasb etmaydi. Agar sehrli ertaklardan afsun, mo’jiza, jodu, sehr belgilari olib tashlansa, asarning mazmun mohiyatiga katta zarar yetkazilgan bo’ladi. Ularning yaratilishidan nazarda tutilgan maqsad o’z ahamiyatini yo’qotadi. Bu amallarni hayotiy, maishiy ertaklarda qo’llasak, asar mazmuniga keskin zarar yetmaydi.
Sehrli va hayotiy ertaklar o’rtasidagi farq ham shundandir. Shunday qilib, maishiy ertaklarda xalq ertaklarining boshqa turlaridan farqli ravishda oddiy hayotda ro’y berishi mumkin bo’lgan voqealar haqida ibratga loyiq hikoyalar o’rin oladi.
Maishiy ertaklarning qahramonlari millatimizning oddiy vakillaridan deyarli farq qilmaydi. Faqat ularning ramziy namoyandalari sifatida ertak ishtirokchilariga aylanadilar. Hayotiy ertaklar xalq farzandlariga iymon, vijdon, erk, idrok, qanoat, aql-zakovat haqida tarbiyaviy tushunchalar berish bilan ahamiyatlidir.
Xalq ertaklarida bir qator umumiy xususiyatlar mavjuddir. Bu xususiyatlar ko’proq ertaklarda badiiy tasvir vositalarining qo’llanishida ko’zga tashlanadi. Xususan, ertaklar hamisha “bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim zamonda…” kabi jumla bilan boshlanadi va “murod maqsadlariga yetibdi” jumlasi bilan yakunlanadi. Ertaklarda tasvirning ta’sirli chiqishi uchun go’zal qizlar yuzi o’n to’rt kunlik oyga o’xshatiladi. Yigitlar esa dunyoda tengi yo’q mard va jasur botirlarga qiyoslanadi. Bu janrga mansub asarlarda hamisha qilichlar keskir, dasturxonlar ochil, xumlar qaynama xususiyatlarga ega bo’ladilar. Ertaklarimiz o’xshatish, sifatlash va mubolag’alarga boy so’z san’ati namunasidir.
Shunday qilib, o’zbek xalq ertaklari so’z san’atining epik janriga mansub bo’lib, shakl jihatidan, asosan, nasriy ko’rinishga egadir. O'zbek ertaklari hayvonlar haqida, sehrli, maishiy turlarga bo’linadi va ularning matn mazmunlari, ishtirok etadigan qahramonlari, hikoya qilinayotgan voqealarning bayon usuli, hayotini tasvirlash yo’llari bilan farqlanadi. Ertaklar o’zbek xalq madaniy merosining muhim namunalari hisoblanadi.

Download 91.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling