Reja: Etalon. Ishonchli o’lchash ma’lumotlari


Download 0.62 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1010744
Bog'liq
203 oot Abdullayeva D

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja

Urganch davlat universiteti kimyoviy tehnalogiyalar faqulteti oziq ovqat yo’nalishi 203-gurux talabasi

Abdullayeva Dilnoza

Oziq ovqat mahsulotlarini tadqiq qilish usullari fanidan mustaqil ishi.

  • Mavzu:Moddaning etaloni va ularning qo’llanilish ahamiyati.
  • Reja:

    1.Etalon.

    2.Ishonchli o’lchash ma’lumotlari.

    3.Etalonlar markazining hozirgi kundagi asosiy yo’nalishlari.

  • 1.Etalon (frans. — namuna) — biror narsaning ideal namunasi, oʻlchovi yoki turi (tipi); fan va texnikaning muayyan taraqqiyot darajasida eng yuqori aniqlikka erishilgan oʻlchov birliklarini qayta tiklash, saklash va tarqatish uchun xizmat qiladigan namuna oʻlchovlar hamda oʻlchash asboblari. Har qanday buyum yoki oʻlchash natijasi E.ga solishtiriladi. E. birlamchi, ikkilamchi, maxsus, davlat E.lari, E. guvoh, solishtirma E., ishchi E., E.nusxalarga boʻlinadi.
  • Birlamchi E. mamlakatda eng aniq (shu birlikdagi boshqa E.ga nisbatan) birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi. Ikkilamchi E. qiymati birlamchi qiymat boʻyicha belgilanadi. Maxsus E. alohida sharoitlarda birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi va shu sharoitlar uchun birlamchi E. vazifasini oʻtaydi. Davlat E.lari mamlakat uchun dastlabki oʻlchov birligi sifatida rasmiy tasdiqlangan birlamchi yoki maxsus E.dan iborat. E.guvoh davlat
  • E.ining saqlanishini tekshirish va buzilgan yoki yoʻqolgan taqdirda uni almashtirish uchun moʻljallangan ikkilamchi E.dan iborat. Solishtirma E. biror sababga koʻra bir-biriga solishtirish mumkin boʻlmagan E.ni solishtirish uchun moʻljallangan ikkilamchi E. Ishchi E. birliklarning oʻlchamlarini yuqori aniqlikda oʻlchaidigan namuna vositalariga, baʼzan eng aniq ishchi oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun moʻljallangan. E.nusxa birliklarning oʻlchamlarini ishchi E.ga oʻtkazish uchun moʻljallangan ikkilamchiE.dan iborat.
  • Oʻlchamlar va ogʻirliklar xalqaro byurosi tayyorlagan metr va kilogrammning platinairidiyli E.lari xalqaro va milliy E. hisoblanadi. Har bir mamlakatda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida saqlanadigan metr, kilogramm, volt, om, sham va lyumen E.lari xalqaro E. bilan solishtirib turiladi. Ishlab chiqarilayotgan biror mahsulotni taqqoslash uchun namuna, oʻlchov E.lardan foydalaniladi. Mas, don namunasi, kanop tolalari namunasi va boshqalar Oʻzbekistonda E. larni saqlash va ulardan foydalanish masalalari bilan "Oʻzstandart" agentligi shugʻullanadi.
  • 2.Hammamizga ma’lumki hech qanday mahsulot, u mashinasozlik sohasida bo’ladimi, yengil sanoati mahsulotimi, oziq-ovqat mahsulotlari bo’ladimi, tibbiyot, inson xavfsizligi yoki biror xizmat ko’rsatish sohasi bo’ladimi o’lchashsiz yaratilmaydi va bajarilmaydi.
  • Ma’lumotlarga tayanib shuni aytish mumkinki har bir sekundda jahonda milliardlab o’lchashlar bajariladi va ularning natijasiga qarab qarorlar qabul qilinadi.
  • Hech bir soha yo’qki o’lchashsiz va o’lchash ma’lumotlarisiz faoliyat ko’rsata olsa. O’lchashni bajarishga, uni to’g‘ri va ishonchli bo’lishini ta’minlashga bir necha million kishi xizmat qiladi va katta mablag‘ sarf qilinadi. Jamiyatni taxminan 15% ish kuchi o’lchashni bajarishga sarf qilinadi.
  • Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning kerakli sifatini, texnikani, jumladan transportlarning, havfsiz va avariyasiz ishlashini hamda ishonchli tibbiy va ekologik diagnozlarni ta’minlashning asoslaridan biri bu ishonchli o‘lchash ma’lumoti hisoblanadi. 
  • Ishonchli o‘lchash ma’lumoti – har qanday boshqarish, tahlil qilish, oldindan aytib berish (prognoz), rejalashtirish yoki nazoratning asosi hisoblanadi. Tabiiyki, faqatgina juda aniq va kafolatli aniqlikdagi o’lchash natijalari to‘g‘ri qaror qabul qilish imkonini beradi va natijada kerakli sifatdagi mahsulot (xizmat) yaratiladi.
  • Har qanday o’lchashni bajarish albatta o’lchash vositalari, ya’ni o’lchash asboblari, o’lchovlar, o’lchash o’zgartkichlari, o’lchash uskunalariyu o’lchash tizimlari yordamida bajariladi. Ular albatta o’lchashga yaroqli va aniqligi kafolatlangan bo’lishi shart.
  • Respublikamiz bo‘yicha ishlab chiqarishda, sertifikatlash sinovlarida, savdo sotiqda, xavfsizlikni ta’minlashda, sog‘liqni saqlashda, gaz, suv, elektr energiyasini sarfini hisoblashda va shunga o’xshash qator sohalarda foydalaniladigan o‘lchash va sinash asboblarining to’g‘ri ishlashini ta’minlash, ularni attestatlash, sertifikat berish, ularni o’z vaqtida (masalan bir yoki ikki yilda bir marta) tekshirib (qiyoslab) turish ishlari «O‘zstandart» agentligi tarkibidagi «Metrologiya xizmatlari kursatish markazi» DK, «Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi»DK va uning tarkibiga kiruvchi xududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlar tomonidan olib boriladi.
  • 3.Etalonlar markazining hozirga kundagi asosiy yo‘nalishlari:
  • • etalon bazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo’nalishlarini aniqlash;
  • • etalonlarini saqlash;
  • • etalonlarini qo’llash (etalonlardan foydalanib o’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrovkalashni bajarish);
  • • eng yuqori aniqlikdagi o’lchash vositalarini yaratish bo’yicha ilmiy-tekshirish va tajriba konstruktorlik ishlarini bajarish;
  • • yuqori va eng yuqori aniqlikdagi o’lchash vositalarining yagona nusxalarini tayyorlash;
  • etalonlarning mintaqaviy, davlatlararo va halqaro solishtirilishini tashkil qilish va o’tkazish;
  • • kattaliklar birliklarining o’lchamlarini qayta tiklash, saqlash va uzatish sohasida halqaro xamkorlik bo’yicha ishlar bajarish;
  • talonlar markazi respublikamizdagi yirik korxonalardan hisoblangan Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Farg‘ona va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari, «Uztransgaz», OAO Navoiazot, «AGMK», «NGMK» va shunga o’xshash 30 dan ortiq korxonalar bilan uzluksiz aloqada bo‘lib, o’larning namunaviy o’lchash asboblarini o’zini etalonlariga taqqoslab, foydalanishga yaroqliligini tekshirib kelmoqda. Bundan tashqari yuqorida aytganimizdek «O‘zstandart» agentligi tarkibidagi «Metrologiya xizmatlari kursatish markazi»,
  • Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi va uning tarkibiga kiruvchi har bir viloyatning Sinov va Sertifikatlashtirish Markazlarining o’lchash vositalarini qiyoslab bermoqda. Bu tashkilotlar o’z navbatida o’zlarining aniq va namunaviy o’lchash vositalari yordamida tegishli tashkilotlar va korxonalarning o’lchash asboblari yaroqliligini tekshiradilar. Demak respublikamizda biror-bir o’lchashda foydalaniladigan o’lchash asboblari yuq-ki bevosita yo bilvosita O’zbekiston Milliy boshlang‘ich etalonlari yordamida tekshirib turilmasa.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling