Reja: Falsafaning predmeti va ob’ekti Dunyoqarash tushunchasi va uning turlari Falsafiy dunyoqarashning mohiyati falsafaning jamiyat hayotida tutgan o’rni Falsafa dunyoqarash sifatida


Qadimgi Yaqin va O‘rta Sharqda diniy-falsafiy fikrlarning paydo bo‘lishi


Download 26.71 Kb.
bet4/6
Sana23.06.2023
Hajmi26.71 Kb.
#1651957
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Falsafaning

Qadimgi Yaqin va O‘rta Sharqda diniy-falsafiy fikrlarning paydo bo‘lishi

Qadimgi Bobil va Misrda tabiiy-ilmiy bilimlar va falsafaning paydo bo’lishi
ramizdan oldingi IV mingyillikning oxiri III-mingyillikning boshida qadimgi Bobil va qadimgi Misr madaniyati o‘z taraqqiyotining yuqori nuqtasiga erishadi. Bu davlatlarda falsafiy fikrlarning paydo bo‘lishi, bir tomondan, dunyo haqidagi fanlar bo‘lgan - Astronomiya, kosmologiya, matematika birinchi odimlari bilan yaqindan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, afsonalar bilan bog‘liq edi. Eng muhim ilmiy yutuqlar (hisobning oltmishtalik tizimi, yilning uzunligi, geometrik shakllar hajmining hisoblab chiqilishi va boshqalar) amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, xo‘jalik yuritishda qo‘llanilar edi. Qadimgi Bobil va Misr olimlari oy va kun tutilishi davriligini aniqlashga muvofiq bo‘ldilarki, bu ularga bu hodisani oldindan aytish imkonini berdi. Bu ham amaliy ahamiyatga ega edi. Masalan, Misr uchun eng muhim hodisa bo‘lgan – Nil daryosining har yilgi ko‘tarilishi vaqt jihatdan osmonda yorug‘ yulduz bo‘lgan - Suhayl (Sirius)ning paydo bo‘lishi bilan muvofiq kelar edi. Misrlilar yulduzlar turkumi vaziyatida ko‘rinadigshan Yerning Quyosh atrofidagi yo‘li joylashgan tekislikni (ekliptika) aniqladilar – va uni burjlarni (osmonda sayyoralar harakat qiladigan chambar yo‘l) tashkil etgan 12 qismga bo‘ldilar; har biri 30 kundan iborat bo‘lgan, 12 oydan tashkil topgan taqvimni vujudga keltirdilar. Bir kecha va kunduzning vaqti suv va Quyosh soatlari bilan o‘lchanar edi. Bobilliklarda bo‘lgani kabi qadimgi misrliklarning papirus qog‘ozlari (tropik qamishdan qilingan) tabobatni sehrgarlik usuli bilan davolashdan ajratilganligini ko‘rsatadi.
Qadimgi bobilliklar va misrliklarda ilm-fan bilan kohinlar shug‘ullanar edilar. Ilm-fan bilan shug‘ullangan misrliklar va bobilliklar umuman dunyoga afsonalar orqali qarar edilarki, bu haqda ular tomonidan yulduzlarni juda ham katta va uzun yulduzlar turkumlari guruhlariga bo‘lib chiqqanliklari va oqibatda ularni mistik-matematik ramzlar bilan belgilanganliklari guvohlik beradi. Shunday asarlar paydo bo‘la boshlaydiki, ularda afsonalarni falsafiy talqin qilishga urinishlar ko‘zga tashlanadi («Arfa chaluvchining qo‘shig‘i», «Dunyodan xafsalasi pir bo‘lgan kishining o‘z ruhi bilan suhbati», «Hayot ma’nosi haqida xoja va qulning savol-javoblari» va boshqalar). Garchi Qadimgi Misr va Bobilda falsafiy tafakkur Qadimgi Yunoniston saviyasiga erishmagan bo‘lsa ham, ularning yutuqlari Ellada madaniyatiga oz ta’sir ko‘rsatgani yo‘q. Masalan, eramizdan oldingi I-nchi ming yillik o‘rtalarida fir’avnlar yunoncha turmush tarziga rioya etar edilar, ularning ko‘plari yunonlilar bilan qarindoshchilik iplari bilan bog‘langan edilar. Yunonlilarga Misrda umumiy turarjoylar tashkil etishga ruhsat etilgan edi. Ular ilm-fan va falsafada misrliklarni juda ham orqada qoldirib ketgan vaqtlarida ham, Misrga donishmandlik manbasi sifatida qarab, unga bo‘lgan o‘z hurmatlarini saqlab qoldilar

Download 26.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling