Reja: Falsafaning predmeti va ob’ekti Dunyoqarash tushunchasi va uning turlari Falsafiy dunyoqarashning mohiyati falsafaning jamiyat hayotida tutgan o’rni Falsafa dunyoqarash sifatida


Markaziy Osiyo Qadimgi Markaziy Osiyo dostoni


Download 26.71 Kb.
bet3/6
Sana23.06.2023
Hajmi26.71 Kb.
#1651957
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Falsafaning

Markaziy Osiyo Qadimgi Markaziy Osiyo dostoni
ramizdan oldingi I-ming yillikda Markaziy Osiyo hududida saklar va masmaget qabilalari yashar edilar. Eramizdan oldingi VI asr oxiri V asr boshlarida saklar forslar davlati tarkibiga kirdilar, eramizdan oldingi IV asrda esa, Markaziy Osiyoga makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn qo‘shinlari hujum qildi. Bu davrda hunarmandchilik, madaniyat va san’at rivojlandi. Markaziy Osiyoga aramey alifbosi kirib keladiki, uning asosida xorazmiy va sug‘d yozuvlari vujudga keladiyu ana shu davrda Markaziy Osiyo xalqlarining adabiy va og‘zaki ijodi shakllanadi.
Xalq og‘zaki ijodining eng ilk yodgorliklari sak va massagetlarning qahramonlik haqidagi qissalari bo‘lib, ular asosida Markaziy Osiyo xalqlarining vatanparvarlik kurashlari yotar edi. Ushbu doston qahramonlarining bosh xususiyatlari –vatanparvarlik, jasorat va sadoqat edi. Bu dostonlarning qahramonlari – malika Zarina - jangovar kurashchi va shaharlar bunyodkori; malika Sparetra qo‘shin to‘plab, jangda fors davlatining asoschisi Ki ustidan g‘alaba qozonib, o‘z erini asirlikdan ozod qilgan; malika To‘maris – u bilan bo‘lgan jangda Ki qo‘shinlari mag‘lub bo‘lib, uning o‘zi halok bo‘lgan; Doro qo‘shinlarini hiyla bilan sahroga olib borgan cho‘pon Shiroq o‘ldiriladi, ammo o‘z hayoti evaziga uning xalqi o‘z ozodligini saqlab qoladi
Zardushtiylik
ramizdan oldingi VI asrdan boshlab Markaziy Osiyoda zardushtiylik paydo bo‘lib, eramizning III asrigacha hukmronlik qiladi. Zardushtiylikning vatani sifatida Markaziy Osiyo (Baqriya, Xorazm) va Eronni (Midiya) ko‘rsatadilar. Zardushtiylikda eng qadimgi davrlardan boshlab (eramizdan oldingi 3-2-nchi mingyilliklar) eramizdan oldingi 1-mingyillik o‘rtalarigacha bo‘lgan Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining diniy tasavvurlari aks etgan.
«Avesto» kitobiga binoan, Koinot, yer, okean, osmon, nurli doira va jannatdan iborat. Yer dumaloq bo‘lib, atrofi okean bilan o‘ralgan va obu-havo, yil fasllari bilan bog‘liq bo‘lgan yetti qismdan iboratki, bu bobilliklarning yetti shamollar haqidagi qadimgi tasavvurlaridan iqtibos qilingan. Osmon to‘rt doiradan tashkil topgan: yulduzlar doirasi, oy doirasi, quyosh doirasi va jannat doirasi yoki nur makoni. Yulduzlar, Oy va Quyosh xudo Axura Mazdaning badani sifatida tasvirlanadi. Ular hurmatga sazovor edilar.
Zardushtiylikning jamiyat tarixi haqidagi tasavvurlari Injil va Qur’ondagi afsonalar bilan o‘xshab ketadi. Avesto bo‘yicha birinchi odam Yimadir barcha odamlar undan kelib chiqqan. Bu davr oltin asr sifatida tasvirlanadi: insonlar abadiy hayotga ega edilar, xudo Axuramazda abadiy bahor yaratgan bo‘lib, kishilar farovonlik va baxt-saodat yashar edilar. Ammo kunlardan bir kun ular gunohga botdilar: ular ta’qiqlangan mol go‘shtini yeb qo‘ydilar. Ziyonkor ruh Anxra Maynyu ularga sovuq va qor yubordi. Yima odamlarni sovuqdan qotib qolishlaridan saqlash uchun uy qurib, unga barcha tirik jonzotlardan bir juftdan yashirdi. Bu afsona Shumer, Bobil, Injil va Qur’ondagi Butun dunyoni tufor bosganligi haqidagi afsonaga ochiqdan ochiq o‘xshashdir. Tarixning birinchi davri bo‘lgan – oltin davr shunday tugallanib, ikkinchi davr bo‘lgan-yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurash davri boshlanadi. Uchinchi davr, ya’ni insoniyat kelajagi Avestoda qadimgi davr kishilarining baxt-saodat haqidagi orzulari sifatida tasvirlanadiki, unda yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurashda xudo Axuramazda g‘alaba qiladi va o‘shanda yaxshilik saltanati barqaror bo‘ladi. O‘liklarning tirilishi va mashhar kuni haqidagi tasavvurlar ham mavjud.

Download 26.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling