Reja: Falsafaning predmeti va ob’ekti Dunyoqarash tushunchasi va uning turlari Falsafiy dunyoqarashning mohiyati falsafaning jamiyat hayotida tutgan o’rni Falsafa dunyoqarash sifatida


Download 26.71 Kb.
bet6/6
Sana23.06.2023
Hajmi26.71 Kb.
#1651957
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Falsafaning

Hinduviylik
ramizning boshiga kelib Hindistonning ma’naviy hayotida hinduviylik hal qiluvchi mavqega ega bo‘ldi. U o‘ziga xos ravishda hodisalarni butun holda olib ularning tarkibiy qismlariga yagona va bir-biriga bog‘li, deb qarab tekshirgan din bo‘ldiki, unda faqat Vedalar davri Hindistonining ilohlari va braxman kohinlarining rasm-rusumlarigina emas, balki mahalliy ilohlarning bir qator marosimlari ham o‘zlashtirib olingan edi. Barcha ilohlar zumrasidan birinchi radifga Vishnu va Shiva olib chiqildi. Hinduviylikning eng mashhur asari axloqiy masalalarga bag‘ishlangan va shaklga shaxs sifatida kirgan xudoga sadoqatni e’lon qilgan «Bxadavadgita» («Ilohiy ashula») dir. Hinduviylikning falsafiy asosi o‘z ifodasini quyidagi olti tizimda topgan: Sankxya, Yoga, Vaysheshika, Nyaya, Mimansa, Vedanta.
Sankxya ta’lim beradiki, dunyoning birinchi moddiy sababi bo‘lgan –prakriti mavjuddir. His-tuyg‘u orqali qabul qilinadigan prakritining dunyoviy mavjudotlarga aylanganligi quyidagi uch sifatiy unsurlar ta’siri ostida ro‘y beradi: rajas (intilish), tamas (qorong‘ulik) va sattva (oydinlik). Har bir ashyoda, uning xususiyatiga ko‘ra, ushbu uch unsurlardan biri ustunlik qiladi. Go‘zallik, donishmandlik va haqiqatga moyilligi bor ashyolarda sattva ustunlik qilsa, tamas barcha bo‘sh, chegaralangan, noaniq narsalarda hal qiluvchi unsurdir. Rajas esa, barcha faol, g‘ayratli, tajovuzkor narsalarda ustunlikka ega. Prakriti bilan bir qatorda Sankxyada dunyoning moddiy asosidan mustaqil bo‘lgan purushi (mutlaq ruh) ning mavjudligi tan olinadi. Uni barcha ashyolarda ishtirok etishi va u tufayli mavjud bo‘lgan tirik jonzotlarda mavjudligiga qaramasdan, kuzatish va topish mumkin emas. Prakriti bilan purushining qo‘shilishi chog‘ida 25 tayanch negiz kelib chiqadiki, ular orasida moddiy (suv, tuproq va shunga o‘xshash) narsalar bilan bir qatorda ma’naviy (o‘z mohiyatini anglash, aql) narsalar ham mavjud bo‘ladi.
Yoga ruhiy tushunchalarni tadqiq qilish va amaliy ruhiy ta’limga urg‘u beradi; ko‘pincha ilgari mavjud bo‘lgan turli tizimlarning meditatsiya (karaxtlik) holati haqidagi qoidalardan kelib chiqadi.
Vaysheshika doimiy o‘zgarishlar, abadiy va davriy paydo bo‘lish va zavol topish jarayonlari mavjudligiga asoslanadi. Biroq, bu jarayonda turg‘un unsur bo‘lgan atom ham bor. Atomlar abadiy bo‘lib, zavol topmaydilar, ular hech kim tomonidan yaratilgan emaslar. Atomlarning vaqtinchalik qo‘shilishlaridan bizning his-tuyg‘ularimizga yetib kelishi mumkin bo‘lgan jonli va jonsiz ashyolar paydo bo‘ladilar. Bunday holatda boshqachaga aylanish atomlarning doimiy ravishda bo‘linishi va qo‘shilishi natijasida kelib chiqadi. Ruh nomoddiy, abadiy va beintiho bo‘lib ikki shaklda mavjud bo‘ladi: mutlaq, mukammal va hamma joyda hozir va alohida. U hayotning cheksiz charxipalagida sarson-sargardonlikda yuradi.
Nyaya maktabi Vaysheshika bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, unda asosiy e’tibor mantiq va bilish nazariyasi masalalariga qaratiladi, jumladan, his-tuyg‘u ishonchli, haqiqiy bilim vositasi bo‘lib, xulosaga olib keladi. Xulosa esa qiyos vositasida chiqariladi.
Mimansa Vedalarga qaytishni e’lon qiladi. Bu ta’limotga binoan sansara yo‘lidan qutilishning yagona chorasi Vedalar nimadan ta’lim bergan bo‘lsa, o‘shalarni izchil bajarishdir. Mimansa Vedalar matnini oliy nufuzli narsa sifatida qabul qilibgina qolmay, balki ularda abadiy mavjud bo‘lib, mutlaqlikka daxldor bo‘lgan, sezib bo‘lmaydigan umumiy javharni ko‘radi
Vedantaning falsafiy mazmuni uning o‘z nomida ifodalangan («Vedanta» aynan «Vedalar xotimasi» degan ma’noni anglatadi). Vedanta dunyo barcha narsalar undan kelib chiqadigan yagona voqeylik bilan moddiy kuchlarning o‘zaro ta’sirining mahsulidir, deb biluvchi qoidani rad etadi. U braxmani tan olib, uni dunyoning mutlaq ruhiy mohiyati sifatida tushunadi.
Download 26.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling