Harbiy fikr tarixi harbiy-texnik jarayonlar, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa omillar ta’sirida harbiy-nazariy qarashlarning paydo boʻlishi, shakllanishi va evolyutsiyasini oʻrganadi; harbiy fan taraqqiyotining umumiy yoʻnalishlarni, bu jarayonning qonuniyatlarini va tendensiyalarini koʻrsatib beradi, rivojlanishga yoki aksincha sekinlashuvga xizmat qiluvchi sharoitlar va omillarni oichb beradi.
Harbiy san’at tarixi boʻlsa harbiy kurashlar olib borishning paydo boʻlishi, taraqqiyoti, shaklining va usullarining oʻzgarishlarni tadqiq etadi, bu jarayonning ishlab chiqarish xarakteri va darajasiga, davlatlarning va qoʻmondonlarning siyosatiga bogʻliqligini koʻrsatib beradi, strategiya, operativ san’at va taktika taraqqiyotining qonuniyatlari va tendensiyalarni ochib beradi. Unda urushlar tarixi, qurolli kuchlar paydo boʻlishi tarixi, qurollanish va va harbiy texnika taraqqiyoti tarixi, qoʻshinlar tayyorgarligi tarixidan xulosalar va saboqlar sintez qilinadi. Koʻplab ajdodlarning harbiy tajribasini oʻrganish va umumlashtirish zamonaviy harbiy fanning keyingi rivojiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |