Harbiy tarix mavzusida turli davlatlarda olib borilgan ishlarni rivojlantirish va muvofiqlashtirish maqsadida 1938-yilda harbiy tarix boʻyicha xalqaro komissiya (ICMH- International Commision of Military History) tashkil etilgan va u harbiy tarixchilar uchun fikr almashish platformasi sifatida faoliyat yuritmoqda. ICMHga a’zo boʻlgan davlatlarda milliy komissiyalar tashkil etilgan boʻlib, ICMH qurultoylari 1980 y.ga qadar har 5 y.da bir marta, keyingi davrda esa har yili oʻtkazib kelingan. Hoz. davrda ICMHga Turkiya, Germaniya, AQSh, Albaniya, Argentina, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Braziliya, Bolgariya, Xitoy, Chexiya, Daniya, Marokash, Finlyandiya, Fransiya, JAR, Jan. Koreya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Ispaniya, Isroil, Shvesiya, Shveysariya, Italiya, Yaponiya, Kanada, Vengriya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Rossiya, Slovakiya va Gresiya kabi davlatlar a’zo boʻlib kirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |