Reja: Fanga kirish. Harbiy san’at tushunchasi. Strategiya, taktika va operativlik


Download 152 Kb.
bet6/6
Sana09.01.2022
Hajmi152 Kb.
#258317
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
harbiy san`at tarixi

2-MA'RUZA


Reja:

1.   Qadimgi Yunonistonda harbiy san’at taraqqiyoti.

2.   Sparta harbiy tuzilmasining oʻziga xosligi.

3.   Aleksandr Makedonskiyning harbiy mahorati va jang san’ati

4.   Rimda harbiy san’at tarixi va Strategiya va manipulli taktika.

5.   Rim harbiy-dengiz floti va uning taktikasi va Rimda yollanma armiyaning paydo boʻlishi.

6.   Kagortali taktika va vYuliy Sezarning harbiy mahorati.

 

Qadimgi Yunonistonda harbiy san’at taraqqiyoti . Antik (lot. antiquus — qadimgi) davr keng ma’noda  qadimgi  davrni anglatuvchi  termin;  iste’molda  boʻlgan ma’noda esa Yunoniston va Qadimgi Rim tarixi va madaniyatining ellinizm davrini anglatadi. Shu boisdan ham mazkur mavzuda Qadimgi Yunoniston va Rimdagi harbiy san’atning umumiy xususiyatlari haqida qisqacha soʻz yuritilida.

Yunonlar qadimgi zamonda Bolqon yarim orolining janubiy qismida istiqomat qilib kelishgan. Keyinroq ular Egey dengizi orollariga va Kichik Osiyoning gʻarbiy qirgʻoqboʻyi hududlariga borib oʻrnashganlar. Mil.avv. VIII-VI asrlarda roʻy bergan “buyuk kolonizasiya” natijasida Oʻrtayer va Qora dekngiz sohillarida koʻplab yunon manzilgohlari paydo boʻldi.

Mil.avv. XII-IX asrlarda yunonlarda ibtidoiy tuzum asta-sekinlik bilan inqirozga uchray boshladi. Jamoada “aslzoda” (“aristoi” ) ajarlib chiqa boshladi. Ularning qoʻlida borgan sari yer va qullarning katta qismi toʻplana bordi.

Yunonistonning koʻp joyida vujudga kelgan katta-kichik quldorlik davlatchalari yunonchada polis degan nom bilan ataldi. Yunoniston tarixining klassik davrida (mil.avv. VI-IV asrlar) hududda ikkita katta polis – Afina va Sparta ajralib turgan. Yunonistonning harbiy san’at tarixi birinchi navbatda shu davlatlar bilan bogʻlanadi.

Peloponnesning janubi-sharqidagi Lakoniya viloyatida ujudga kelgan Spartada spartiatlar deb ataluvchi kam sonli toʻla huquqli fuqarolar qullardan hech bir jihatdan farq qilmaydigan asosiy omma boʻlgan ilotlar ustidan mutloq humkronlikni oʻrnatgan edi. Ilotlar davlat yerlariga biriktirib qoʻyilgan edi. Sparta jamiyatida ikkinchi qaram qatlamni perieklar tashkil qilib, ular dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo bilan shugʻullanishgan. Garchi ular ozod hisoblansada, lekin hech qanday siyosiy huquqlarga ega emas edi va spartiatlarga tovon toʻlash majburiyatini bajarishgan.

Spartani ikkita hukmdor boshqargan. Ular ham qoʻshinga qoʻmondonlik qilish, ham kohinlik vazifasini bajarishgan. Ular Afina strategi singiari kunlar tartibi boʻyicha emas, balki yakka holda qomondonlik qilgan. Misol uchun yurishga hukmdorlardan bittasi borgan va uning armiyadagi hokimiyati cheksiz hisoblangan.

Spartaning oliy sisiyo organi gerusiya – oqsoqollar kengashi boʻilb, u 30 a’zodan gʻ 2 hukmdor va 28 oqsoqoldan iborat boʻlgan. Ular toʻla huquqli fuqarolar tomonidan 60 yoshdan boshlab umrbod muddatga saylangan. Bu kengashdan tashqari bir yil 5 efor (kuzatuvchilar) dan iborat kollegiya saylangan. Mil.avv. V-IV asrlarga kelganda bu kollegiya katta huquqlar ega boʻlib, ular hukmdorlar faoliyatini nazorat qilgan va ularni javobgarlikka tortish huquqiga ega boʻlgan. Spartalik toʻla huquqli oʻttizga toʻlgan fuqarolarning yigʻini boʻlgan apella oyiga bir marta chaqirilgan.

Spartadagi hayot harbiy safarbarlikdagi ahyotga juda oʻxshab ketardi. Sababi bu yerda erkak kishining birinchi galdagi vazifasi jang qilish boʻlgan. Shuning uchun ham tinchlik vaqtlarida ham qurol taqish, harbiy mashqlar qilish odatiy holga aylangan edi. Shu oʻrinda ta’kidlash kerakki, avval boshda barcha yunon polislarida harbiy hayot fuqarolik boshqaruvida ikkinchi oʻrinda turgan. Bunga oʻzaro urushlar Peleponesdan tashqariga chiqmaganligi sababdir. Keyinchalik sharoit oʻzgarishi bilan harbiy muassasalar davlat muassasalaridan ajralib chiqa boshladi.

To ichki yunon polislari aro urushlar mavjud boʻlgan sharoitlarda toʻla huquqli fuqarolar koʻngilli ravishda oʻz mulkini, hayotini davlat himoyasiga tikkan. Yarim ozod kishilar boʻlgan yarim fuqarolar boʻlsa urushlarda shaxsan ishtirok etgan yoki uning oʻrniga pul toʻlovini oʻtaganlar. Oʻz mulkiga ega boʻlmagan qullar urushlarda davlatning yoki xoʻjayinining koʻrsatmasiga asosan shaxsan ishtirok etishgan.

Tabiiy iqlim sharoitidan kelib chiqib avval boshda yunonlarda faqatgina piyoda jang qilish tartibi boʻlgan. Uzoq masofalarga urush olib borish paytlari kelgandan boshlab qoʻshinda otliqlar paydo boʻla boshladi.

Shunday qilib, dastlab yunonlarda qoʻshinning faqatgina piyoda turi boʻlgan. Ular oʻz navbatida yengil va ogʻir piyoda qoʻshinlarga boʻlingan. Ogʻir piyodalar – goplitlar (sovutdorlar, ya’ni sovut kiygan sipohlar) toʻla huquqli fuqarolar yoki yarim fuqaroligi bor kishilardan, yengil piyodalar boʻlsa tuzemlik (tub aholi vakillari) yoki qullardan iborat boʻlgan.

Goplit dubulgʻa, sovut, metal tangalar qoplangan teridan boʻlgan sovut, qalqon, kalta qilich va 8-10 fut uzunlikdagi qoʻl nayzasiga ega boʻlgan.

Xizmatchilar himoyalanish aslahalariga ega boʻlmagan va metal qurollar – drotik, sopqon, pichoq va gurzi bilan qurollangan.

Odatda barcha goplitlar bir yoki bir necha sherenga (qator) saflangan, ular ortidan xizmatchilar joylashgan. Bunday holda saflanish falanga deb atalgan. Filologik jihatdan falanga soʻzi yaxlit tosh (monolit), massiv (yaxlit joy) ma’nolarini anglatadi. Harbiy jihatdan boʻlsa bu atama birinchi navbatda taktik yaxlitlikni, taktik monolitlikni anglatib, unda alohida shaxsning jasoratidan koʻra bir butun kollektivning istak-hohishi ustunlik qiladi. Shu boisdan ham falangani taktik bir butun organizm sifatida tushunish mumkin.  Armiya hech qanday qismlarga taqsimlanmagan holda yagona falangani tashkil etgan. Jangni goplitlar boshlagan, ular dushman oldiga ma’lum intervalga yaqinlashib, qilichlarni ishga solgan, ular uchun eng qulay jang bu qoʻl jangi boʻlgan. Xizmatchilar hujumdan oldin dushmanga olddan zarba bergan yoki goplitlar oraligʻidan turib jangga kirgan. Jang vaqtida boʻlsa yerga qulatilgan dushmanlarni oʻldirish bilan, oʻzlaridan yaradorlarni jang maydonidan olib chiqish bilan yoki boʻlmasa dushmanning lagerini talon-taroj qilish bilan shugʻullangan.

Qadimgi Yunonistondan boshlab piyoda qoʻshinlar milisiya nomi bilan yuritilgan. Yunon-fors urushlari vaqtida yunonlarning asosiy yutugʻi jips holatda harakat qilishida boʻlgan. Sparta hukmdori Domarat “alohida holda spartaliklar yakka holdagi boshqa dushmanga yon berishi mumkindir. Lekin jipslikda spartaliklar eng zoʻri. Ular erkin, lekin toʻliq emas. Ularning oʻzining hokimi, ya’ni qonuni bor, unda son jihatidan koʻpga yon bermaslik, lekin oʻzining qatori va safida qalaba yoki oʻlimga erishishi aytiladi.”. muntazam va jips holatdagi qoʻshinning eng jasur va koʻproq alohida jang qilishni odat qilgan qoʻshindan ustunligi haqidagi fkirni oradan ikki ming yildan keyin, ya’ni 1798-yilda atoqli sarkarda Napaleon Bonapart ham bildirib oʻtadi. Shu yili u asosangan yangi chaqirilgan askarlarni Misrning ritsarlari hisoblangan mamluklarga qarshi yurishga safarbar qoʻilgan edi: “ikki mamluk uchta fransuzdan kuchlidir, lekin 100 fransuz 100 ta mamlukka yengilmaydi, 300 fransuz boʻlsa 300 mamlukdan ustunroqdir, 1000 nafar fransuz askari 1500 nafar mamlukni menimcha yengishga qodir. ”

Forslar bilan urushlardan keyin yunon qoʻshinlari orasida shu kabi yarim harbiy xizmatchilar qsimi yoʻqolib ketdi. Pelopones urushlari davrida spataliklar faqatgina bitta ogʻir qurollangan qoʻshinga ega boʻlib, uning saflariad faqatgina lakedemonliklar va erkin mahalliy tub joy vakillari boʻlgan periyeklar jang qilgan, qullar boʻlsa ularni qalqonbardor (gipaspistlar) sifatida va aravakash xizmatchi sifatida foydalanilgan. Yengil piyoda qoʻshin safida asosan qari harbiylar singari quqrollangan oʻsmirlar xizmat qilgan.

Spartaning goplitlardan iborat falangasi 6 va undan koʻp qatorga saflangan. Bunday sharoitda biror-bir harbiyning ilgʻorlikni koʻrsatishi qiyin boʻlgan, shuning uchun ham alohida harbiylarning mustaqil harakatlarildan koʻra bunday sharoitda jangda qoʻshinni boshqarish muhim ahamiyatga ega boʻlgan.

Vaqtlar oʻtishi bilan jangga faqatgina ogʻir qurollangan piyoda qoʻshin bilan krish bir tomonlama ekanligi ma’lum boʻlib qoldi, jangovar safga irgʻituvchi qurollar bilan haarkatlanuvchi yengil piyodalarni qoʻshish hujumni tayyorlashni ancha ososnlashtirishi ma’lum boʻlib qoldi.

Yunonlar orasida yengil piyoda qoʻshinni jangda sinab koʻrgan polislardan birinchisi Afina boʻldi. U mil.avv. 424-yilda Sfakteriya oroli uchun boʻlgan jangda qoʻrqmasdan bu yangilikka qoʻl urdi.



Voqea quyidagicha boʻlgan. Demosfen tomonidan himoya qilinayotgan Pilos qamalida spartaliklar Sfakteriya oroliga chiqish yoʻlini toʻsib qoʻyyadi. Afinaliklarga qoʻshimcha yordam yetib kelgandan keyin ular orolni qurshab olib, 72 kun qamalda tutib turdi. Bu qamalning oxiri koʻrinmagandan keyin orolga hujum uyushtirishga qaror qilindi. Kechasi afinaliklar 800 nafar goplitni hujumga yubordi, ular qirgʻoqboʻyi qoʻriqchilariga zarba yebradi. Tongda yana 800 kamonchi va 800 peltachilar (yengillashtirilgan qalqon boʻlgan pelta koʻtarib yuruvchi yengil piyodalar) yubordi. Tong otishi bilan afinaliklar harakatga oʻtib, spartaliklarga duch keladi va ularni yengil piyoda qoʻshin hisobiga oʻrab oladi hamda nayza va toshlar yomgʻirini yogʻdiradi. Shunda spartaliklar qurshovning bir tomoniga zarba yebrishga harakat qildi. Zarbaga uchragan afinaliklar tomoni yechkingan bir paytda yengil piyodalarning qolgan qolgan tomonlari zarba berishda davom etdi. borgan sari kuchdan qola boshlagan spartaliklar orolning oxirida joylashgan toshdan qurilgan kichik himoya qoʻrgʻoniga chekinishdi, yoʻl-yoʻlakay ularning talofati borgan sari oshib bordi. Lekin himoya qoʻrgʻoniga odam yurmas yashirin soʻqmoqlar orqali afinaliklar birinchi boʻlib yetib kelishga erishdi. Chorasiz qolgan spartaliklardan 292 nafari asirga tushdi, qolgan 118 tasi oʻldirildi. Yengil piyodalar jangga kirganligi uchun ham afinaliklarning talofati juda kam boʻldi.
Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling