Reja: Fazodagi qattiq jismning holati. Olti nuqta qoidasi
Download 251.24 Kb. Pdf ko'rish
|
3 курс МСТА 4 маъруза
4.1-rasm 4.2-rasm
4.3-rasm 4.4-rasm Shuning uchun silindr shaklidagi detalning nuqtasini koordinat tekislik bilan bog‘lovchi va detal o‘qiga joylashgan 1 va 2 koordinatlari valikni ikki erkinlik darajasidan mahrum etadi: Z o‘qiga parallel tarzda surilish va X o‘qiga parallel o‘q atrofida aylanish imkonlaridan, YOZ tekisligida yotuvchi nuqtani YOZ tekisligi bilan bog‘lovchi 3 va 4 ikki koordinat valikni yana ikki erkinlik darajasidan mahrum etadi: X o‘qi bo‘ylab surilish va Z o‘qiga parallel o‘q atrofida aylanish imkonidan, o‘z navbatida xoz tekisligida yotuvchi nuqtani detal o‘qi bilan kesishuvidagi 5 koordinati valikni beshinchi erkinlik darajasidan, ya’ni o‘q bo‘yicha surilish imkonidan mahrum etadi. XOZ tekisligida yotuvchi nuqtani koordinat tekisligi bilan bog‘lovchi 6 koordinat valikni oxirgi erkinlik darajasi koordinat o‘qiga parallael bo‘lgan o‘q atrofida aylanish imkonidan mahrum etadi (buning uchun valsimon detalda qo’shimch shpon paz kabi sirt bo’lishi shart). Huddi shunga o’xshash disksimon (4.3-rasm) va shar tipidagi (4.4-asm) detallarni koordinata tekisliklariga nisbatan fazoda joylashishini tahlil gilish mumkin. Sxemalardan ma’lumki, xohlagan detalning koordinat sistemasiga nisbatan holatini aniqlash uchun, tanlangan koordinata sistemasi bilan detal koordinat sistemasining uch tekisligiga joylashgan, oltita nuqtani birlashtiruvchi oltita koordinat kerakdir. Ozod holdagi qattiq jism deb qabul etiluvchi detalning holatini boshqa detalga nisbatan aniqlash uchun oltita tayanch nuqta zarur va yetarlidir. Bu xulosa bir detalni ikkinchi detalga nisbatan joylashish aniqligini belgilashda juda katta ahamiyatga ega bo‘lib "OLTI nuqta qoidasi" deb ataladi. Oltita tayanch nuqtalarni joylashtirish uchun detalda uchta yuza yoki bu yuzalarni o‘rnini o‘tovchi boshqa yuzalar, boshqacha qilib aytganda koordinat sistemasi bo‘lishi kerak. Download 251.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling