Reja: “Folklor va o‘yinlar asosida bolalar ijodkorligini rivojlantirish” modulining mazmun va mohiyati


Download 210.3 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi210.3 Kb.
#1522872
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7. bolalarni folklor qoshiqlari

MAQOLLAR
Maqol deb xalkning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so‘zlarga aytiladi. Maqol o‘zbek tilida maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonli suzlashuvda) nakl, turklarda ata so‘zi atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamasi arabcha - kavlun - gapirmok, aytmok so‘zidan olingan.
Maqollarda so‘z qimmati alohida yorkin ifodalanadi. Chunki maqollardagi so‘zlarni boshqasi bilan almashtirish, biron so‘z qo‘shish mumkin emas. Ular milliy til tarkibida qoliplashgan holda namoyon bo‘ladi. Bu janr dunyodagi xamma xalqlar og‘zaki ijodida bor bo‘lib, xajm,106 shakl, yaratilishi maqsadiga ko‘ra mushtarak hisoblanadi. Xatto nomlanishida xam yakinlik anik seziladi. Jumladan, arablarda “kavlun” - gap, so‘z ma’nosini ifodalasa, tojiklarning “zarbulmasal” atamalarida misol keltirish, ruslar “poslovitsa”sida so‘zlar bilan fikrni ifodalash, turklardagi “ota so‘zi”da esa ajdodlar fikrini eslash ma’nosi yetakchi. Maxmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida ham “sav” atamasi otalar so‘zini eslash tarzida keltirilgan.
Xullas, maqol atamasi umumiy mazmun jixatdan “so‘z” tushunchasi bilan bog‘lanadi. Dunyodagi hamma xalklar og‘zaki ijodida maqollarchalik shaklan va mazmunan o‘zaro yakin janr deyarli yuk. Masalan, ruscha “Shilo v meshke ne utaish” (bigizni qopda yashirib bo‘lmas) - o‘zbekcha “Oyni etak bilan yopib bo‘lmas”; inglizlarda “East and West, home is best” (Sharkmi, G‘arbmi, uying eng yaxshisi) - o‘zbekcha “O‘z uying, ulan tushaging”; Vetnamda “Risoval drakona, poluchilsya chervyak” (Ajdar suratini ishlagandim, chuvalchang bulib chikdi) - uzbekcha “Men dedim uttiz - Allox dedi to‘qqiz”, osetinlarda “Yego v seni ne puskayut, a on lezet v komnatu” - o‘zbekcha “O‘ziga yeng bo‘lmagan, o‘zgaga en bo‘larmi”; tatarlarda “Tovuq tuxum kuymasdan, egasi jo‘ja sotmokchi” - o‘zbekcha “Jo‘jani kuzda sana”; ruslarda “Na chujoy strane i vesna ne krasna” (o‘zga yurtda bahor go‘zal emas) - o‘zbekcha “O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l” ma’nolarini ifodalaydi.
Folklorshunos olimlar maqollar va matallarni o‘rganuvchi sohani paremiologiya deb atashadi. Paremiya - yunoncha chuqur ma’noli gap, hikmatli so‘z, ibora, maqol, matal ma’nosini beradi. Maqollarning janr hususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Maqollarning hajmi qisqa va cheklangan.
2. Maqollar mazmunan serkulam va chuqur ma’noni ifodalaydi.
3. Xalk maqollari shaklan she’riy va nasriy bo‘ladi.
Ammo nasriy maqollar xam she’riy misralarni eslatadi.
Masalan: Ko‘za kunda emas, kunida sinadi.
4. Maqollarda hayotiy vokea-xodisa haqida kat’iy xukm ifolanadi.
Bu xukm musbat yoki manfiy mazmunda aks etadi.
5. Maqol shaxs xayotidagi xususiy vaziyatni xalk, omma, xayot nuktai
nazardan umumlashtiradi.
6. Maqol matni tilshunoslikda shaxsi umumlashgan gap xisoblanadi.
“Bulbul chamanni sevar,Odam - vatanni ".
“Ona yurting omon bo‘lsa, Rangi-ro‘ying somon bulmas".
“Et bilan tirnoqni ajratib bo‘lmas".


Download 210.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling