Reja: “Folklor va o‘yinlar asosida bolalar ijodkorligini rivojlantirish” modulining mazmun va mohiyati


Download 210.3 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi210.3 Kb.
#1522872
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7. bolalarni folklor qoshiqlari

ERKALASh

Momo: Qo‘qimli jerda qo‘zi o‘ynaydi


Toqron jerda tozi o‘ynaydi
Qani xolajoni nevaramni bir erkalab
beringchi

Xola: Polvonjonim hayla


Otini tolg‘a bayla
Oti tolda turmasa
Gulxayriga bayla
Gulxayrining guli ko‘p
Polvonimning puli ko‘p

Momo: Derazadan qarag‘an


Sumbul chachini tarag‘an
Qani endi ammajoni sizam nevaramni bir
erkalab beringchi

Amma: Polvonjonim qani


Orpa buvdoy noni
Xamma jomon ko‘rsayam
Ammasining joni
Momo: Otlar minsa ovdirgan
Jo‘lda jursa to‘ldirgan
Bovajoni nevaramni bir xuyalab beringchi

Bovo: Bay bay bay huya-yo huya-ya huya-yo huya-ya


Huya huyasi kelsin tovdan tuyasi kelsin
Tuyasiga mingashib uyku momosi kelsin
Qani kelin nevaramga bir shirin alla aytib
uxlating qani


ALLA
Alla bolam allayo
Kelin: Qo‘zichog‘im allayo
Enasining erkasi
Ovunchog‘im allayo

Naqorat: Allayo lu lu lu lu alla


Allayo lu lu lu lu alla

Oppoqqina qo‘lingdaney


Enajoning aylansin
Munchoqdayin ko‘zingdaney
Otajoning aylansin

Naqorat: Allayo lu lu lu lu alla


Allayo lu lu lu lu alla

Qo‘lbovingning ustidan


Qo‘ng‘irot ellar aylansin
Tubagingning ostidan
Mayin yellar aylansin

Naqorat: Allayo lu lu lu lu alla


Allayo lu lu lu lu alla
SAMARQAND
Samarqandning soyida-yo
Olma bilan anjiri bor
Bog‘ibaland bog‘ida-yo
Jannat meva anjiri bor
Naqorat: Ox maza-maza olmasi maza
Ox maza-maza anjiri maza

Poyingizga gullar to‘shab


Qo‘ramizdan qo‘y so‘yayin
Non tuz qo‘yib dasturxonga
Obinabot qovun so‘yayin

Naqorat: Ox maza-maza jiz maza maza


Ox maza-maza juda juda-maza
Samarqandning registoni
Osmon o‘par minori bor
Sarotonda soya bo‘lgan
Bobom ekkan chinori bor
Yuu xa- xa yuu xa -xa

Otam aytgan qushiqni-yo


Men aytayin jilo berib
Jaranglasin qarsaqlar-o
Baland tog‘lar sado berib

Naqorat: Ox qoyil-qoyil, qarsagiga qoyil


Ox qoyil-qoyil, o‘yiniga qoyil.
BESH QARSAQ

Sarg‘oldoq aytar sonim yo‘q


Pichoqlasa qonim yo‘q
Xamma qushning ichida
Men sho‘rlig‘a tinim yo‘q
Arzi dodim aytolmay
Qoldim qarsaq ichida

Samarqand darvozasi


Qoshingning andozasi
Qoshingni bir qoqib qo‘y
Joningning sadag‘asi

Mingangignam ola toy


Toyimni jo‘rg‘alatay
Qarsaq uring jo‘ralar
Shu bolani o‘ynatay

Oxxo lo‘k oxxo cho‘k


Oxxo lo‘gag‘ay oxxo cho‘gag‘oy
Oxxo menga boq oxxo eshigimni qoq
Oxxo burol tolchiviqday o‘rol
Oq qog‘ozim pirillar
Badanginang dirillar
Oxxo turag‘oy oytg‘anima jurag‘oy.

O‘zbek xalq o‘yinlari


Beshqarsaq” xalq o‘yini


Qadimdan ota bobolarimiz kundalik turmush tarzida dexqonchilik hamda koramol, ot, ko‘y, echki kabi chorva mollarini boqish bilan shug‘ullanib kelishgan. Shuning uchun Beshkarsak baytlarida uy jonivorlarining insonga sadoqati vafosi qo‘shib kuylangan. Beshqarsaq raqsida ijrochining o‘yin xarakatlarida ot chopshi, o‘z yurti bilan g‘ururlanishi, jismonan sog‘lomligi, ruxan tetikligi, epchil va chaqqonligi atrofdagilarga ma’naviy, ruxiy ozuqa berishi o‘z aksini topadi. Raqsning jozibadorligi tomoshabinni o‘ziga jalb etadi.
Jamoa: - Oho-oho-oho-oho-oho,
Yuu oho-oho-oho-oho,
Oho-oho-oho-oho-oho,
Yuu oho-oho-oho-oho,

O‘qil bolalar: - Samarqand darvozasi,


Qoshingni andozasi,
Qoshingni bir qoqib qo‘y,
Joningning sadaqasi.
Jamoa: - Oho-oho-oho-oho-oho,
Yuu oho-oho-oho-oho,
Oho-oho-oho-oho-oho,
Yuu oho-oho-oho-oho,
Yigit: - Minganginam ola toy,
Toyimni jo‘rg‘alatay,
Qarsaq chaling jo‘ralar,
Shu bolani o‘ynatay.

Jamoa: - Oho-oho-oho-oho-oho,


Yuu oho-oho-oho-oho,
Oho-oho-oho-oho-oho,
Yuu oho-oho-oho-oho,

Yigit: - Oho lo‘k oho cho‘k,


Oho lo‘gag‘oy oho cho‘gag‘oy,
Oho menga boq, oho qoshingni qoq,
Oho burol tolchibiqday o‘rol,
Oq kaptarim pirillar,
Badanginang dirillar.

Hamma: - Oho-oho-oho-oho-oho,


Oho-oho-oho-oho-oho.
Yigit: - Oho turag‘oy oytg‘animga jurag‘oy.
Sangina bola

Mana bugun yilboshi-yo sangina bola omon yor


Chavkar biya toy berdi xoy bola xa-xa uyna kuzim xa-xa
Kontor ovub echki sigir sangina bola omon yor
Kadi kadi moy berdi xoy bola xa-xa uyna kuzim xa-xa
Tengkurlaring yoningda-yo toyni minib sen choptir
Chavgan uynab kelinglaro enang jovsin moy patir
Chavgan uynab kelinglaro sangina bola omon yor
Enang jovsin moy patir xoy bola xa-xa uyna kuzim xa-xa
Doshkozonda sumalago sangina bola omon yor
Ichida kirk toshi bor xoy bola xa-xa uyna kuzim xa-xa
Xolang kelar kulida-yo sangina bola omon yor
Tovok tovok oshi bor xoy bola xa-xa uyna kuzim xa-xa
Riskim butun bulsin deb-o sumalakdan yalanglar
Duo kilsin bobojoning elga tinchlik tilanglar
Duo kilsin bobojoning sangina bola omon yor
Elga tinchlik tilanglar xoy bola xa-xa uyna kuzim xa-xa
Xoy bola xa-xa uyna kuzim xa-xa

“Kadichi momo” xalq o‘yini.


(O‘rtada kadichi momo, ikki yonida ikki nafardan qizlar va bir nafardan yigitlar kadi raqsiga tushadilar, uch nafar yigitlar la’li (patnis) chalib jo‘r bo‘lishadi.)


Yigitlar: - Kadichi momo kelayapti kadisini to‘ldirib,
Davrada o‘ynab berar barchamizni kuldirib.
Naqorat
Hamma: -Osh kadi, palov kadi, dastor kadi, nos kadi,
Yemoq uchun, ilmoq uchun, chekmoq uchun, soz kadi.

Yigitlar: -Momoni avaylaylik, boshiga kadi boylaylik,


Kadisini ichiga tuxum va qurut joylaylik.

Hamma: -Osh kadi, palov kadi, dastor kadi, nos kadi,


Yemoq uchun, ilmoq uchun, chekmoq uchun, soz kadi.
Yigitlar: -Kadichi momo iylaydi, bizlarga hech qiymaydi,
Kadisin olib qochsak, orqamizdan quvlaydi.

Hamma: -Osh kadi, palov kadi, dastor kadi, nos kadi,


Yemoq uchun, ilmoq uchun, chekmoq uchun, soz kadi.

“Podachi tayinlash marosimi”


Chupon chulik podachi xo-o-o tuyogingni xaydachi


Chupon chulik podachi xo-o-o tuyogingni xaydachi
Chupon chulik podachi kultigida chonochi
Uttiz uydan osholali korni tuymas podachi

Podachi pormonochi


Gavmishim bor ok koshka sut kaymogi bir boshka


Korinlari kozonday kipriklari suzanday
Onkillogon ovozi mulla aytgan ozonday
Chupon chulik podachi kultigida chonochi
Uttiz uydan osholali korni tuymas podachi



Download 210.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling