Reja: “Folklor va o‘yinlar asosida bolalar ijodkorligini rivojlantirish” modulining mazmun va mohiyati


Download 210.3 Kb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi210.3 Kb.
#1522872
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7. bolalarni folklor qoshiqlari

Topishmoqning paydo bo‘lishi haqida folklorshunoslikda anik daliliy ma’lumotlar yuk. Ayrim olimlar uning qadimiy ekanini qayd qiladilar. Ammo maqollar namunalari ko‘plab keltirilgan “Devonu lug‘otit turk” asarida topishmoq matni uchramaydi. “Tabzug” so‘zi topishmoq ma’nosini ifodalashi aytiladi xolos. Topishmoq hajman, shaklan maqolga o‘hshaganligi uchun bu ikki janrning vujudga kelish vaqti ham bir hil bo‘lishi kerak, degan taxmin bildirilgan.2
“Qoni bor,
Joni yuk” (Tarvuz).
“Uzun-uzun uz keldi,
Uzun bo‘yli qiz keldi.
Qoshi qaltirab keldi,
Ko‘zi yaltirab keldi” (yomgir). yoki
“Uzun-uzun iz ketdi,
Uzun bo‘yli kiz ketdi.
Toshga tegdi tark etdi,
Sirgalari yark etdi” (suv)
Ikki singil,
Og‘ir - yengil” (tarozi)

Nazorat savollari
1.“Folklor va o‘yinlar asosida bolalar ijodkorligini rivojlantirish” modulining mazmun va mohiyati nimalardan iborat?
2. Bolalar folklorining turlari va ulardan samarali foydalanish usullarini sanab bering.


3.O‘zbek xalq o‘yin-qo‘shiqlari va folklor namunalarni bayram ertaliklarida qo‘llash
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga folklor asarlardan foydalanishda yoshiga qarab guruhlarga bo‘linadi. Katta va tayyorlov guruhlarida xalq og‘zaki ijodining xilma-xil qo‘shiqlar, eng qadimiy folklor ashulalari o‘rgatiladi.
O‘zbekiston bolalar fol’klori namunalari to‘plam xolida 1932 yildan nashr yetila boshladi. Bolalar qo‘shiqlarining ko‘plari yil fasllari bilan boglik. "Boychechak", "Oftob chiqdi olamga", "Chittigul", "Laylak keldi, yoz bo‘ldi", "Qurbaqa", "Qaldirg‘och" kabi qo‘shiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq ko‘chalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomg‘ir yog‘ishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bog‘liq.
Kattalar tomonidan yaratilgan alla, ovunmachoq va erkalamalar onalar mehr-muhabbati bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularda go‘dakning istiqboliga orzu umidlar, bola yashayotgan muhitda o‘z ifodasini topadi. Bularga bolani belash, o‘tqazish, sakratish, o‘ynatish va ovutishlarda “Toy-toy”, "Bordibordi" va boshqa ovunmachoqlar kiradi.
Bolalar folklor qo‘shiqlarining ko‘plari yil fasllari bilan bog‘liqli bolalarning tabiatni anglashga va bog‘lashga hizmat qiladi. "Boychechak", "Oftob chiqdi olamga", "Chittigul", "Laylak keldi - yoz bo‘ldi", "Qurbaqa", "Qaldirg‘och" kabi qo‘shiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq ko‘chalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomg‘ir yog‘ishi, quyoshninig olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat xodisalari bilan bog‘liq.
"Bu bog‘chada olicha", "Zuvzuv borag‘on", "Chamandagul", "Oq sholi, ko‘k sholi" va boshqa qo‘shiqlar turli davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va san’at bilan bog‘liq mehnat jarayonlari, kattalar xatti-harakatlariga taqlid aks etadi.
Bolalarning xalq og‘zaki ijodining folklor o‘yin turlaridan, masalan: ”Podachi saylash” “Poda tup o‘yini “ “Chavgon termasi” “Kurash” “Majnuntol” “Topron” “Sangina bola” “Besh qarsak”, kabi o‘yinlar o‘ynaladi. Bu o‘yinlar bolalarni qiziqishini oshiribgina qolmay balki milliy urf-odatlarimizning qadriyatlarimizni o‘rgatadi. Bolalar o‘yin davomida bir-biriga bo‘lgan hurmatlarini his qilishadi. Masalan: “Kurash” o‘yinida, bolaning epchilligi chaqqonligi inobatga olinib bir-biriga navbat berib chiqishadilar.
Folklor musiqasining milliy urf-odatlarimiz, marosimlarimizning ohanglardagi ko‘rinishi desak bo‘ladi, bu namunalar xalqimizning kundalik hayoti mashg‘uloti va milliy qadriyatlar bilan chambarchas bog‘liqdir .Ularni asrash va kelajak avlodga to‘laqonli yetkazish maqsadida maxsus folklor ansambllar tashkil etish joriy etildi.
MTTda bolalarning ta’lim va tarbiyasida milliy o‘yinlarimizning axamiyati xam beqiyosdir. Bolalar milliy o‘yinlarimizni o‘ynash bilan xam jismonan, xam ma’nan rivojlanib milliy qadriyatlarimizga, urf odatlarimizga va ananalarimizga g‘urur va mexr-muhabbat ruxida ulg‘ayadilar.
Milliy o‘yinlarimiz: “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Kim oladi shuginani”, “Arqon tortish”, “Mushtmi shapaloq”, “Chikki”, “Yelkaga chiq” kabi o‘yinlarimiz aynan biz o‘ylagan maqsad sari etaklaydi. Masalan: “Arqon tortish” o‘yinida bolalar jamoa bo‘lib mexnat qilishga o‘rganadilar, jismonan kuchga to‘ladilar. “Mushtmi shapaloq” o‘yinida bolalar o‘zlarining xotiralarini mustaxkamlaydilar. Tashqaridan beriladigan ta’sirni anglab olish ko‘nikmasini o‘zlarida mujassam qiladilar. Mazkur o‘yinning matnidagi so‘zlari o‘yin mazmunini ifodalaydi:

Bizga o‘rtoq qaramay turgin,


Sochsiz boshing taramay turgin,
Do‘stim sensan usta tapoloq
Qani topchi, mushtmi shapaloq.

Topqirlikka fursat yetdi


Kim tushirdi ko‘rsat endi.
Topolmasang lab burasan
Yana joyinga turasan.
O‘yinimiz qizib borar
Shu jo‘ramiz bezib borar
Uning ko‘ngli vayron bo‘ldi
Topolmasdan xayron bo‘ldi.

Shapoloqning zarbi qattiq


Yigitlikning dardi qattiq
O‘ynaganning ko‘ngli to‘lar
Sog‘lom bo‘lar bardam bo‘lar.

O‘yin qoidasi: bitta bola jamoadan oldinga chiqib o‘ng kaftini qulog‘iga qo‘yadi, chap qo‘l kaftini o‘ng qo‘ltiq orqasiga qo‘yadi. Orqaga qaramay turadi orqada turgan jamoadan bir bola sezdirmasdan chap qo‘l kaftiga oxista uradi va orqaga tisarilib o‘rniga turib oladi. Zarb olgan bola orqaga qayrilib kim shapaloq yoki musht tushirganini topib olish kerak bo‘ladi. Agar topsa topilgan bola uning o‘rniga turadi. Agar topolmasa o‘zi joyida qoladi. Shu zailda o‘yin davom etadi.


“Yelkaga chiq” o‘yini ota-onalar bilan birgalikda bajariladi. Ikkita ota-ona bolalarini yelkasiga chiqarib bir-birlariga yaqinlashadilar, yelkada turgan bolalar qo‘llaridan ushlashib bir-birlarini tortib tushirib olishlari kerak bo‘ladi.

Yelkaga chiqarish uchun aytiladigan qo‘shiq


O‘zbekning mard bolasi yelkaga chiq,yelkaga
Qandak o‘rik donasi yelkaga chiq yelkaga
Yigitlar shastin ko‘ring yelkaga chiq yelkaga
Ammasi-yu-xolasi yelkaga chiq yelkaga.
Lolazor avlon ekan yelkaga chiq yelkaga
Xalqiga kayvon ekan yelkaga chiq yelkaga
Yelkasidan tushirgan yelkaga chiq yelkaga
Xaqiqiy polvon ekan yelkaga chiq yelkaga.

Yelkaga chiqqandan so‘ng aytiladigan qo‘shiq


Bilagingni pishirvol tortib yelkadan tushir
O‘pkalaring shishirvol tortib yelkadan tushir
Chaqqonliging ko‘rsatib tortib yelkadan tushir
O‘rtog‘ingni tushirvol tortib yelkadan tushir

Bu o‘yin shart o‘yini tortib yelkadan tushir


Xaqiqiy sort o‘yini tortib yelkadan tushir
Yigit uchun eng sara tortib yelkadan tushir
Xaqiqiy mart o‘yini tortib yelkadan tushir.

Podachi saylash” marosimi


(Podachi saylash marosimida, qishloq axlining mol qo‘ylarini insofli, xalol va tus tugal boqadigan hamda elga vijdonan xizmat qiladigan bo‘z jigitlardan saylanadi. Saylanadigan podachi moltoyoqning ulug‘ligi, cho‘ponlik kasbining ota bobolarimizdan buyuk meros ekanligini xis qila bilishi kerak.Qishloq ahli saylangan podachining jismonan va ma’nan sog‘lom ekanligiga ishonch xosil qilishi kerak. Shundan keyin yangi podachi chonoch va mol tayoqni tantanali ravishda qabul qilib oladi. )


Jamoa: - Qorlar erib adirlarda boychechaklar ko‘rindi,


Qo‘radagi qo‘y-qo‘zilar qirga qarab o‘rindi,
Bovom momom tetikligi gaplaridan bilindi.

Bovo: - E barakalla. Qani jigitlar bu jilg‘i podani


kim boqadi.

Cho‘pon: - Men bog‘aman bu jilg‘i podani.


Bovo: - Bohorning jomg‘iri bor, jozning jazirama issig‘i bor,


qani jigitlar bu jilg‘i jong‘i podachini bir
guvullatinglar qani .

Jamoa: - Ho ola qoyt, qoyt guv-guv,


Govmish qoyt, qoyt guv-guv,
Govmish hecham qoytmaydi,
Qoytarg‘aning ko‘raychi.

Molboqar lov-lov podachi


Kun chiqmayin haydachi,
Molboqar lov-lov podachi
Kun botmayin qoytarchi.

Ho ola qoyt, qoyt guv-guv,


Gavmish qoyt, qoyt guv-guv,
Gavmish hecham qoytmaydi,
Qoytarg‘aning ko‘raychi.

Cho‘pon: - Ovmin ovmin ozonda, ovqat pishsin qozonda,


Ertaozon turayin, gupillatib urayin.

Bovo: - Qani podachiday elga jog‘ib, iyni boshingni qog‘ib,


bir dirillab berchi.

Jamoa: - Ko‘k terak, terak bo‘ldi, hammaga kerak bo‘ldi,


Podachining moqomi sayilga kerak bo‘ldi,
Dukur dukur o‘ynasango dirilla,
Badanlaring qog‘oz bo‘lib pirilla,
Bog‘da uzum g‘o‘rasi-yo dirilla,
Samarqandning bolasi-yo pirilla,
Eshilib o‘ynayotgan-o dirilla,
Shu bovomning bolasi-yo pirilla,
Ox-xo dirilla, ox-xo pirilla
Dirilla-ho dirilla, pirilla-ho pirilla.
Bovo: - E qorey. qani Mirza moltayoqni ob kel. Bu jilg‘i sening
xaqqing har ro‘zg‘orning himmati, birov bir qadoq un,
birov bir pishim moy berar rozi bo‘b olg‘in.
Mirza chonachni ob kel, chonachingning to‘lg‘oni, ro‘zg‘aringning
but bo‘lg‘oni. O‘tgan jili Toyir podachining dastidan
podachini almashtiruvdik, tag‘in sen ham nafsingdan osilib
jong‘o tuvg‘on siyirlarni emib qo‘ymag‘in. Mirza non bilan
belbovni ob kel. Oshololini peshinda Mirzaning o‘zi
jetkazadi. Qani hayda podangni.

Cho‘pon: - Gavmushim bor oq qoshqa, sut qaymog‘i bir boshqa,


Qorinlari qozonday, kipriklari so‘zonday.

Jamoa: - Cho‘pon-cho‘liq podachi qo‘ltig‘ida chonachi,


O‘ttiz uydan osh olib,hayda moling podachi,
Podachi pormanochi.
Samarqand bog‘lari” Lapar

Samarqandning osmoni,


Yulduzlarga to‘ladur,
Sayilda o‘ynab kulgan,
Yil o‘tguncha kuladur.
Naqorat
Hoy ammalar, xolalar,
Qizaloqlar bolalar,
Temur bobom bog‘ida,
Ochilibdi lolalar,
Ulug‘bekning bog‘ida,
Ochilibdi lolalar.

Samarqandning bog‘ida,


Temur bobom izi bor,
Sayilda o‘ynang degan,
Mangu aytgan so‘zi bor.

Naqorat
Hoy ammalar, xolalar,


Qizaloqlar bolalar,
Temur bobom bog‘ida,
Ochilibdi lolalar,
Ulug‘bekning bog‘ida,
Ochilibdi lolalar.

Alla” xalq qo‘shig‘i oldidan erkalash


Momo: - Qo‘qimli jayda qo‘zi o‘ynaydi,


Toqron jayda tozi o‘ynaydi.
Qani xolajoni nebaramni bir erkalab bering
Amma: - Polvonjonim qani,
Arpa bug‘doy noni,
Hamma jomon ko‘rsayam,
Ammasining joni.

Momo - Qani kelin nevaramga bir alla aytib uxlating.


Alla” xalq qo‘shig‘i
Alla bolam allayo,
Qo‘zichog‘im allayo,
Enasining erkasi,
Ovunchog‘im allayo.

Naqorat
Allayo lu lu lu lu alla,


Allayo lu lu lu lu alla
Oppoqqina qo‘lingdaney,
Enajoning aylansin,
Munchoqdayin ko‘zingdaney,
Otajoning aylansin.

Naqorat
Allayo lu lu lu lu alla,


Allayo lu lu lu lu alla.



Download 210.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling