Reja: Fuqarolik jamiyati haqida tushuncha va uning o'ziga xususiyatlari


Download 20.98 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi20.98 Kb.
#1570097
  1   2   3   4
Bog'liq
fuqarolik jamiyati 1


Mavzu: Fuqarolik jamiyati va o'quvchi yoshlarning fuqarolik madaniyati.
Reja:
1. Fuqarolik jamiyati haqida tushuncha va uning o'ziga xususiyatlari.
2. Fuqaroli jamiyati to'g'risda G'arb va Sharq mutafakkirlarning qarashlari.
3. O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish nazariyasi yaratilishi.
4. Fuqarolik jamiyati o'quvchi-yoshlarning fuqarolik madaniyati.
Tayanch tushunchalar: jamiyat, fuqarolik, davlat, fuqarolik jamiyati, asos, belgi, omillar, G'arb mamlakatlari, konsepsiya, O'zbekiston, fuqarolik madaniyati, model, demokratiya, poydevor.
1.1 Fuqarolik jamiyati haqida tushuncha va uning o'ziga xos xususiyatlari.
O'zbekiston Respiblikasi mustaqillikni qo’lga kiritgach xalq va millat orzu-istaklari, umid va ehtiyojlari, manfaatlarini ifodalovchi, mehnatkashlarning huquq va erkinligi hamda mustaqilligini ta'minlovchi asoslangan mamlakat va xalqning milliy ravnaqini rivojlantirishga qodir-fuqarolik jamiyatini barpo etishni strategik maqsad qilib belgiladi. Chunonchi, fuqarolik jamiyati nazariy-metodologik manbalarda ta'kidlanishicha mamlakatning fuqorosiga demokratik prinsiplarga asoslangan erkin iqtisodiy va ijtimoiy siyosiy hayotini qurish imkonini berish kafolatlangan sotsial tizimdir. Fuqarolik jamiyati insoniyatning azaliy maqsadi, orzu-umidi, intilishi va kashfiyoti. Bu jamiyat kishilari har tomonlama barkamol, huquqiy va siyosiy ong bilan qurollangan, axloqiy madaniyatga tayanib yuritadigan bo'lmog'I lozim. Shundagina ular o'z orzu-istaklari maqsadlariga erishib, xohish-irodalari doirasida erkin va farovon yashab, adolatli, huquq ustuvor bo'lgan fuqarolik jamiyatini qurish, uni rivojlantirish baxtiga muyassar bo'ladilar. Biz bu fanda fuqarolik jamiyatining mazmuni, mohiyatini, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy xususiyatlarini to'liq va atroflicha yoritishdan yirq bo'lgan holda, uning mohiyatini, asos belgilari va o'ziga xos xususiyatlarini qisqacha bayon qilishni maqsad qilib belgiladik. Fuqarolik jamiyatining mohiyati va uning belgilari hamda o'ziga xos xususiyatlari, ushbu jamiyat tushunchasi g'oyalar va qarashlarda o'z ifodasini topgan. Fuqarolik jamiyatini barpo etish, unda erkin, mustaqil, ozod shaxs, fuqaro jamiyatida yashash, o'z qobiliyati, bilishi, iqtidorini, imkoniyatini to'liq namoyon etishi huquqiga ega bo'lgan kishilik jamiyatining har bir iqtisodiy-tarixiy davrdagi ilg'or kishilarning orzu-umidi muddaosi bo'lgan.
Shu o’rinda e'tirof etish joizki, fuqarolik jamiyatining ba'zisi va mazmun-mohiyatini asoslashga qarashlar, uning iqtisodiy-huquqiy, ma'naviy-madaniy xususiyatlarini izohlashga bo'lgan qarashlar, intilishlar turlicha bo'lgan. Bu birinchidan, o'sha davrning hukmron g'oyalar, qarashlar mazmunida fuqarolik jamiyati to'g’risidagi talqin bir g'oyaga huquq ustuvorligi, adolat hukmronligi, fuqaro erkinligi va uning o'z xatti-harakati uchun javobgarlik, ma'suliyatini his qilishga asoslangan. Shu bois bu jamiyatda fuqarolarning ijtimoiy faolligi, axloqiy-huquqiy bilimdonligi, siyosiy va ma'naviy faolligi muhim ahamiyat kasb etib, fuqarolik jamiyatining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy rivojini ta'minlashga xizmat qilgan.
Ma'lumki fuqarolik jamiyatida davlat o'z vazifalarini qat’iy va belagilab qo'yishi asosida fuqarolarning hayot kechirishi, faoliyat yuritishi kerak bo'lgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va ma'rifiy huquq va erkinliklarni yo'lga qo'yadi. Bunda haqiqiy demokratik adolat hukmronlik qiladi. Bunda davlat hokimyatidagi demokratiya, jamiyatda vujudga kelgan muayyan nodavlat tashkilotlar, jamg'armalarning rivojlanishiga keng yo'l va imkoniyatlar yaratib beradi. Natijada davlatda turli ijtimoiy tuzulmalar yaratilib, davlat va fuqaro xavfsizligi, tartib-intizom, tashqi siyosat, qonunlar qabul qilish va ularning bajarilishini nazorat qilish jamoa tashkilotlari orqali amalga oshadi. Bunda fuqaroning huquq va erkinliklarini oliy qadriyat hisoblanib, ularni amalga qo'llash uchun imkoniyatlar yaratiladi.
Manbalarda ta'kidlashicha fuqarolik jamiyatida fuqarolarning huquqi, erkinliklari, manfaatlari davlat tomonidan ta'minlanadi. Shuning uchun bu jamiyatda uning mehnatkashlari va a'zolari ,,fuqaro'' , ularning huquq va erkinliklari ,,fuqaro huqulari'' nomi bilan yuritiladi. Shunga binoan fuqarolik jamiyati ijtimoiy qurilishning real shakli sifatida ya'ni tub munosabatlarning yaxlit tarzida amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi hal qiluvchi bosqichini tashkil qiladi.
Fuqarolik jamiyati – insoniyat sivilizatsiyasining nodir nashriyoti bo'lib, unda xususiy mulkchilik ustuvor ahamiyat kasb etadi. Zero, inson mulk egasi bo'lib, unga o'z ixtiyori doirasida hukmronlik qilish huquqiga ega bo'lgan taqdirdagina davlat qonuniyatida o'zini mustaqil manfaatdor shaxs sifatida his qiladi va qonun asosida ish yuritib, o'z istagan faoliyat bilan shug'ullanishi, kasb egasi bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu esa uning ixtiyoriy ravishda ijtimoiy-iqtisodiy talab hamda ehtiyojlar asosi moddiy va ma'naviy boyliklar yaratishni qo'lga kiritadi. Bu o'z navbatida iqtisodiy taraqqiyot jarayonida xususiy mulk kengaytirilishi, mulkdorlarning mavqei va huquqlarini mustahkamligi uchun zamin yaratadi.
Fuqarolik jamiyati tushunchasi turli olimlar, nazariyotchilar tomonidan turlicha talqin qilingan va unga turlicha izoh hamda ta'riflar berilgan. Buning boisi shundaki, fuqarolik jamiyati tushunchasining etimologiyasi, davr, qarashlar, ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyoj va talablar bilan bog'liq. Uzoq tarixiy rivojlanishi natijasida fuqarolik jamiyati tushunchasi shakllanib, davrga hamohang tus oldi va yangi mazmun-mohiyat kasb etib berdi. Ularning barchasida fuqarolarning ijtimoiy faolligi, inson huquq va erkinliklarining ta'minlanishi, xususiy mulkning xilma-xil bo'lishi, uning asosida mehnat va erkin tadbirkorlikni yo'lga qo'yilishi, o'z-o'zini boshqarishning ustuvor yo'nalishi kasb etishi, mafkuraviy qarashlar xilma-xilligiga erkinlik berilishi madaniylashgan huquqiy hokimyat faoliyatining maydonga kelishi kabilar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda jamiyat huquqiy davlat bilan hamkorlik, hamjihatlikda faoliyat olib boradi.
Ilmiy-ijtimoiy ta'limotning ta'kidlashicha fuqarolik jamiyatini shakllantiruvchi omillarga fuqarolik jamiyatining institutlari, tashkilotlar, guruhlar, ayrim jamoalar kiradi. Chunki ular fuqarolarning mavjud qonunlarga ifodalangan huquqlarni, me'yorlarni tan olish, ular asosida faoliyat yuritishni ta'minlashga xizmat qilib, har bir insonga iqtisodiy va siyosiy bilimlar asosida o'zi yashayotgan hududda hokimyatni anglash va unga ijobiy munosabat bildirishni tarbiyalashga xizmat qiladi. Fuqarolik jamiyati inson manfaatlarini ta'minlashga yo'naltirilgan, konstitutsiyaviy me'yorlar, qonunlarga asoslanuvchi adolatli, o'z fuqarolariga saodatbaxsh hayotni yaratib beruvchi ijtimoiy-siyosiy tizim. U quyidagi g'oyalar va tamoyillarga tayanibish tutadi. Erkin, mustaqil, baxtli hayot kechiruvchi fuqarolar uyushmasidan iborat bozor iqtisodiyotiga asoslangan, xususiy mulkchilikning turli shakllarini o'zida mujassamlshtirgan; fuqarolarning huquqlari va erkinliklari qonun bilan himoyalangan siyosiy va mafkuraviy hamda ko'p partiyaviylik; tadbirkorlik, ishbilarmonlik, tashabbuskorlikni qo'llab quvvatlovchi va rivojlantiruvchi; o'zini o'zi boshqarish va o'zini o'zi takomillashtirishga yo'naltirilgan va hokazo.
Shunday qilib, fuqarolik jamiyati o'z haq-huquqini anglagan, yuksak ma'naviyatli, erkin mustaqil fikrlaydigan barkamol shaxslar jamiyatidir. Yuksak ma' naviyatning birinchi belgisi, bu jamiyat kishilarning erkinligidir ya'ni jamiyatning har bir a'zosi o'zini ozod, hur ijtimoiy himoyalangan his etish kabi fuqarolik madaniyatiga ega bo'lish demakdir. Chunonchi, Sh.Rizaev ta'kidlaganidek, “fuqaro" tushunchasi bilan “erkinlik" o'zaro hamohang va ma'nodosh. Chunki “fuqaro" tushunchasining o'zi, tarixan olib qaraganda, hurriyat va erkinlik, teng huquqlilik uchun kurash jarayonida paydo bo'lib qaror topgandir. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyati qullik va mutelikni, har qanday irqiy, milliy kamsitishlar, ijtimoiy ayirmachiliklarni rad etadi.
Bugungi kunda biz qurayotgan fuqarolik jamiyati xalqning maqsad muddaolari, orzu-intilishlari, uning kelajak farovon va ozod hayotini ifodovchi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barpo etish yo'lida mehnat qilayotgan fuqarolik jamiyatidir.
Biz yangi O’zbekiston barpo etish yo'liga kirdik. Yangi O’zbekiston ijtimoiy guruh, davlat, xalq, ayrim insonlar va jamiyat ehtiyojlari, maqsad muddaolarini ifodalovchi ijtimoiy kuch sifatida u fuqarolik jamiyatini qurish uchun inson ruhiyatini ko'taradi, unga suyanch va tayanch bo'ladi. Hayot sinovlariga bardosh berishga o'rgatadi, millat, jamiyat va davlatda sodir bo'ladigan tarixiy va ma'naviy muammolarni to'g'ri anglashga da'vat etadi. “U insonga faqat moddiy boyliklar va ne'matlar uchun emas, avvalo, Alloh taolo ato etgan aql-zakovat, iymon-e'tiqod tufayli yuksak ma'naviyatiga erishish uchun intilib yashash lozimligini anglatdigan bu murakkab va tahlikali dunyoda uning taraqqiyot yo'lini yoritadigan mayoqdir" (74,6).
O’zbekiston Respublikasida barpo etilayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati insoniyat sivilizatsiyasining ilk davridanoq “ ideal davlat”, “davlatparvar jamiyat”, “ideal shaxs” tarzida talqin qilinib, uni mazmunan va mohiyatan shakllanganligi asoslab berishga xizmat qilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va tarixiy davrlarda shakllanib, takomillashib borgan fuqarolik jamiyati muayyan o'ziga xos xususiyatlarini kasb etgan. Bu xususiyatlarini akademik M.Sharifxo'jaev “O’zbekistonda ochiq fuqarolik madaniyatining shakllanishi" kitobida quyidagi tavsiflanadi:
Odamlarning jamiyatda ijtimoiy faolligi ma'lumki, mamlakatning barcha sohasidagi mehnatkashlari jamiyatining iqtisodiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy, ma’naviy, huquq-harbiy ishlarda faol, ongli ishtirok etgan taqdirdagina jamiyat rivojlanishida tezlashadi, kuch-quvvat oladi, dunyo hamjihatligida o'ziga munosib o'ringa ega bo'ladi. Darhaqiqat, ijtimoiy jihatdan yetuk, iqtisodiy-madaniy dunyoqarashi keng, o'z haq- huquqini to'la anglagan odamgina, o'z aqliy zakovati va ma'naviy-axloqiy salohiyati yordamida o'z kuchi va imkoniyatlarini to'la ishga solib, jamiyat hamda davlat ravnaqini tezlashtirishga yordam beradi.
Jamiyatda insonning ijtimoiy faolligi, birinchi navbatda, uning shaxsiy intilishi, maqsad-muddaolarini amlaga oshishiga, yetuklik darajasiga ta'sir etib, ikkinchi navbatda, uning fuqarolik burchi, ma'suliyatli, majburiyatni to'g'ri anglashga, qonunchilikka to'g'ri amal qilishiga hamda ularni ijtimoiy hayotda moslanuvchanlikka murosasiz bo'lishga undaydi. Mehnatkashlarning ijtimoiy faolligi bu: a) faol tafakkur; b) faol e'tiqod; v) faol dunyoqarash va ijodiy faoliyat demakdir. Milliy mustaqillik fuqarolarda bunday xususiyatlarining shakllanishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berdi. Fuqaro o'z qobiliyati, bilimi, iqtidorini ishga solib, o'z aqliy zakovati va ma'naviy-axloqiy salohiyati hamda fuqarolik burchini takomillashtira oladi. Zero, faqat ma'naviyati yuksak, umuminsoniy qadriyatlar bilan boyigan mamlakatlarda, bunday huquqiy amaliyot qaror topadi. Shuning uchun bugungi kunda Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek,” Yoshlarimizni zamonaviy bilim va tajriba, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo'lgan insonlar etib voyaga yetkazish eng muhim vazifadir".
Fuqarolarning ijtimoiy faolligi ularning siyosiy madaniyati, huquqiy bilimdonligi, axloqiy savodxonligi, ma'rifiy zakovatini ham nazarga tutadi. Siyosiy madaniyat fuqarolarning ijtimoiy guruhlarga, tabaqalarga, mamlakatlarda mavjud partiyalarga, ichki va tashqi siyosatiga, jamoat tashkilotlariga, ommaviy axborot vositalariga bo'lgan faol munosabatini anglatsa, huquqiy bilimdonlik mavjud qonunlar mazmunini teran bilishni, haq-huquqlarini chuqur anglash va ularga rioya qqilishni talab etadi. Axloqiy bilimdon jamiyatdagi axloqiy normalarni, axloqiy burch va ma'suliyatni, axloqiy ong va tafakkur egadi bo'lish bilan izohlanadi. Ko'rinib turibdiki, fuqarolarning ijtimoiy faolligi, birinci navbatda, ongga, dunyoqarashga ta'sir etib, jamiyatdagi o'rnini to'g'ri anglashga, burch va ma'suliyatini to'g'ri tushunib, uni jamiyat manfaatlari bilan uyg'unlashtirishga, vatanparvarlikka, qay darajada erkin va ijodiy fikr yuritishga va ayni paytda ijtimoiy faollik, ma'lumotni aniq his qilishga ham da'vat etuvchi kuchdir. Fuqarolarning faolligi bu: a) faol tafakkur; b) faol e’tiqod; v) faol dunyoqarash va faoliyat demakdir. Barpo etilayotgan Yangi O’zbekiston fuqarolarning bunday xususiyatlarini shakllantirish va amalga oshirish hamda o'z imkoniyatlarni to'la namoyon etish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Fuqaro o'z qobiliyat, bilim, iqtidorini to'la namoyon etib, o'z ma'naviyatini, fuqarolik madaniyatini takomillashtirish imkoniyatiga ega fuqaro bu shart-sharoitlardan foydalanmay, men uchun boshqalar o'ylasin desa, u ma’naviy qashshoqlashadi. Chunonchi, faqat ma’naviyati yuksak millat umuminsoniy qadriyatlar ijtimoiy faollik bilan boyigan mamlakatlardagina bunday axloqiy, huquqiy, amaliyot qaror topadi. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyati faol, erkin, ozod fuqarolarga ehtiyoj sezadi.

Download 20.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling