Reja: G’alla yig’ishtirish texnologiyasi


Agar uchinchi texnologiyadan foydalanilsa


Download 1.1 Mb.
bet2/6
Sana10.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1186645
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Don ekinlari hosilini yig`ishtirish va qabul qilish

Agar uchinchi texnologiyadan foydalanilsa:
1. Urilgan g’alla olib ketilganidan sung, dalani takroriy ekin ekishga tayyorlashni 15...20 kun ertarok boshlash mumkin.
2. Don dumbullik davrida boshokdan tuqilishi oz bo’ladi, demak, nobudgarchilik keskin kamayadi.
3. o’allani kombaynda emas, nisbatan arzonrok bo’lgan urgich yordamida urish mumkin.
4. Hosil kuritilgandan sung, garamlangan g’alla ni xirmonda kuzda muayyan fursatda (iyul -sentyabr oylarida) statsionar kombaynda yanchish mumkin. Statsionar kombaynni uzluksiz ishlati­lishi e`tiborga olinsa, xujalikdagi kombaynlarning soni ham keskin kiskaradi. Kombaynlardan tukiladigan don esa xirmonda koladi, demak, don nobudgarchiligi kamayadi.
G’alla urgichlarda urilib, sungra tirkalma-yigishtirgich yordamida tezda daladan olib chikib ketilib, xirmonda maxsus tayyorlangan joyga uyumlanadi.
Xirmonga keltirilgan g’alla ning eni 4,0...5,0 m, balandligi 3,0...4,0 m, buyi esa cheklanmagan hol da garam shaklida tuplanishi kerak. Iyun -iyul oylarida havoning tabiiy harorati yuqori, namligi past bo’lganligi sababli don yanchish uchun tez yetiladi.
Agrotexnik talablar. Ikki fazali yigish usulidan foydalanish uchun balandligi 60 sm, zichligi har bir m2 ga kamida 250—300 tup o’simlik ekilgan dala ajratiladi. Bunday usul bilan urilgan ekin massasi tezroq shamollab kurishi uchun anKiz balandligi 12....25 sm, har metr uyumdagi g’alla ning massasi kamida 1,5 kg, qalinligi 15...20 sm, kengligi esa 1,4...1,6 m bo’lishi kerak, aks hol da uni yigishtirgich bilan yigib olish kiyinlashadi. Urgich tik turgan ekinni urganda, don isrofgarchiligi 0,6 % dan, yotib kolgan ekinni urganda esa 5% dan oshmasligi kerak.
Yigishtirgich o’rnatilgan kombayn bilan kator uyumlarini yigib olishda don isrofgarchiligi 1% dan oshmasligi lozim. o’allani bir fazali usul bilan urib-yigib olganda, don isrofgarchiligi 1% gacha, yotib kolgan g’alla ni yigishtirishda esa 1,5% gacha yo’l kuyiladi. Kombayn yanchish apparatida boshoklarning chala yanchilishi natija­sida bo’ladigan don isrofgarchiligi g’alla uchun 1,5% va sholi uchun 2% dan oshmasligi kerak. Urug’lik donning shikastlanishi 1%, ozikbop don uchun 2%, dukkakli va yirik don uchun 3%, sholi uchun 5% dan oshmasligi kerak.
G’alla kombaynining umumiy tuzilishi
Har qanday g’alla kombayni urgich, yanchish apparati, somon elagich, don tozalagich, don bunkeri va somon tuplagich kabi qismlardan iboratdir. g’alla kombaynining texnologik ish jarayoni kuyidagi tartibda bajariladi (113- rasm).

113-rasm. G’alla kombaynining umumiy sxemasi
Bulgich 2 kombayn kamrov kengligiga teng keladi­gan g’alla ni urilmagan daladan urgichga ajratib beradi. Urgich motovilosi 3 ning parraklari poyalarni tuplab, urish apparati 1 ga engashtirib beradi. Urish apparati 1 ning segmentlari urgandan sung, poyalar urgich tubiga tushadi. Urilgan g’alla ni shnek 4 kurakchalari yordamida ikki chetdan urtaga surib, tuplab, moslanuvchan transportyor 5 ga uzatadi. Transportyor esa g’alla ni qabul biteri 6 ga yetkazadi. Biter g’alla ni yanchish apparatining barabani 7 bilan uning tagligi (deka) 25 orasidagi tirkishga uzatib beradi. Baraban g’alla ni katta tezlikda tor tirkihdan sikib olib utayotib, taglik ustida intensiv ravishda sidirib yanchadi. Natijada donning 80...85%i boshoklardan ajralib, aralashma hol ida taglik teshik­laridan utib, suruvchi transport taxtasi 24 ga tushadi.
Yanchilgan somon don qoldiqlari bilan birgalikda baraban tagidan otilib chiqayotib kaytaruvchi biter 11 ga uriladi, natijada don qoldiqlarining bir qismi ajralib tushadi. Somon elagich 14 ning somonni silkitib orqa tomonga surishida don va boshok qoldiqlari­ning kolgan qismi ham elanib, ajralib pastga, transport taxtasiga tushadi. Elangan somon tuplagich 16 da zichlanib tuplanadi.
Transport taxtasining ilgarilanma-kaytarma harakati natijasi­da uning ustiga tushgan don aralashmasi galvirlarga surib kelti­riladi. Transport taxtasining taroksimon qismi don va chorini ustki galvir 19 sirtining birinchi yarmiga bir tekis taksimlab tushiradi. Ustki 19 va pastki 20 galvirlar donni elash uchun tebranma harakat kiladi. Ustki galvirning kuzlaridan don va mayda xas-chuplar pastga tushadi, chorining yirigi ustki galvirning uzaytir­gichida qo’shimcha elanadi va undan boshoklar ajratib olinib, pastga — boshoklar shnegi 18 ga tushiriladi. Bu shnek boshoklarni kombaynning chap chetiga surib, boshoklar elevatori 21 ga yunaltiradi. Elevator boshoklarni kayta yanchish uchun kaytaruvchi biter 11 ning ustiga eltadi. Pastki va ustki galvirlar ustidagi chorining yengil bulaklari pastdan yuqoriga ventilyator 23 ning havo okimi ta`sirida uchirilib, somon tuplagichga yetkaziladi. Pastki galvirdan tushgan don elevator 12 yordamida don bunkeriga tushadi. Bunker tulgach, undagi don maxsus shnek 10 yordamida transport vositasiga orti-ladi.
O’rgichlar. Urgichlar boshokli va dukkakli ekinlarni urish uchun mo’ljallan­gan bo’lib, ular kuyidagi turlarga bulinadi: katorga uyumlovchi va kombayn urgichi.
Katorga uyumlovchi urgichlar traktorga o’rnatilgan bo’lib, g’alla ni dumbul davrida urib, uyumlab, katorga angiz ustiga yotkizib ketadi. Katorga uyumlovchi urgichlarning tirkalma va osma xillari bo’ladi. Ayrim osma urgichlar faqat traktorlarga o’rnatilsa, boshkalari esa uziyurar shassilarga va kombaynlarga o’rnatiladi.



114-rasm. Kombayn o’rgichi.
Kombayn urgichi kombaynga uziga o’rnatildi. Urgichning (114-rasm) korpusi 1 ga urish apparati 3, motovilo 4 o’rnatiladi. Urgichni aynan yer rel yefiga moslab yurituvchi tayanch boshmok 2, osish moslamasi 11, kompensatsion prujinalar 10 va shnek 9 ko’rinishi­dagi transport vositasi kabilar o’rnatilgan.
O’rish apparatlari
Urish apparatlari tirakli va tiraksiz qirqish printsipiga asoslangan.
Tiraksiz o’rish (qirqish) apparatlari rotatsion-diskli va rotatsion-barabanli (115- rasm) bo’lishi mumkin. Bu apparatlarning qirqish elementlari — pichoq 2 va 3 lar sharnir yordamida disk 1 va baraban 4 ga biriktirilgan.
Bunday apparatlarda katta tezlik bilan harakatlanayotgan pichoqlar zarbasi ta`sirida poyalar uzib olinadi. Disk yoki baraban bilan aylanma harakati natijasida pichoqning chizikli tezligi 50....60 m/s bo’lishi talab qilinadi. Bunday apparatlar bilan ishlaydigan urish mashinalarining tezligini oshirish imkoniyati mavjud. Ularning tuzilishi sodda bo’lib, puxta ishlaydi, ammo poyalarni maydalab yuboradi, shuningdek, ko’p energiya sarflaydi. Poyalar qo’shimcha maydalanishi sababli kuprok isrofgarchilikka yo’l kuyiladi.

115- rasm. Tiraksiz o’rish (qirqish) apparati.
Rotatsion-diskli (115- a rasm) apparatlar gazonlarni o’radigan maxsus urish mashinalarida ishlatiladi.
Rotatsion-barabanli (115-b rasm) qirqish apparatlari esa silosga uradigan kombaynlarda ishlatiladi.
Tirakli urish apparatlari segment-barmokli va ikki segmentli bo’ladi. Bunday apparatlarda poya kuzgalmas barmok tigi 1 bilan kuzgaluvchan segment tigi 2 orasida sikilib, oddiy kaychi kirkkandagidek kesiladi (116- rasm).

116- rasm. Tirakli urish apparati.
Kombayn urgichlarida segment-barmokli (116- a rasm) va ikki segmentli (116-b rasm) urish apparatlaridan foydalaniladi.
Segment-barmokli urish apparatlari tiraksiz urish apparatlariga karaganda o’simlik poyalarini maydalab yubormaydi va isrof kilmaydi, energiyani ham kam sarflaydi. Lekin segmentning ilgarilama-kaytarma harakatidagi inertsiya kuchining o’zgaruvchanligi tufayli urish mashinalari tezligini oshirish imkoniyati kamrok bo’ladi. Barmoksiz, ikki segmentli apparatlar bir tomonga yotib kolgan g’alla ekinlarini yoki aykash bo’lib kolgan sholi va dukkakli ekinlarni urishda kullaniladi. Ikki segmentli urish apparatlarida faqat past­ki segmenti yoki ham pastki, ham ustki segmentlari kuzgaluvchan (bir-biriga karama-qarshi harakatlanadi) bo’lishi mumkin (205-rasm). Ikkala segment harakatlanganda har bir segment uradigan maydon, bir segmenti harakatlanadigan apparat uradigan maydonga nisbatan ikki marta kam bo’ladi. Bu holda segmentga bo’lgan qarshilik kuchining miqdori kamayadi. Shu sababli bunday apparatlar o’rnatilgan urgichlarni yuqori tezlikda ham ishlatish mumkin.
Segment-barmokli apparat turlari. Segment-barmokli urish apparatlari kuyidagi geometrik va kinematik parametrlar bilan tavsiflanadi: segmentlar orasidagi masofa t, barmoklar orasidagi masofa t0, segmentning katnash yuli S (segment bir chetdan ikkinchi chetga siljigandagi bosgan yuli). Yuqoridagi ko’rsatkichlarga bog’liq hol da:
— segmenti bir katnashda bir joydagi ekinni uradigan baland uruvchi apparat (117- a rasm) tavsifi kuyidagicha ifodalanadi:

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling