Reja: gatda axborotlar va ma’lumotlar


Rastr ma’lumotlarni kiritish uslublari


Download 133.98 Kb.
bet11/13
Sana18.06.2023
Hajmi133.98 Kb.
#1585086
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Geografik axborot tizimlaridan foydalanish orqali baxolash

Rastr ma’lumotlarni kiritish uslublari. Ayrim holatlarda rastr ma‟lumotlarnng kiritilishi haligacha qoplama to„rlardan foydalanib amalga oshiriladi, bunda atributlar ketma-ketlikda, navbat bilan kiritiladi. Skanerlardan keng ko„lamda foydalanish imkoniyatlari ushbu nisbatan qiyin kiritish uslubini amaliyotdan siqib chiqargan, biroq bu uslubdan foydalanish rastr yacheykalarini kiritish uchun foydalaniluvchi raqamli shaklga o„tkazish dasturlarida qo„llaniluvchi turli xil uslublardan juda yaxshi foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, oldingi davrlarda ko„pincha rastr ma‟lumotlarning raqamli shaklga digitayzer yordamida o„tkazilishidan ham keng foydalanilgan, bunda digitayzer yordamida xosil qilingan vektor ko„rinishidagi ob‟ekt konturi raqamli shaklga o„tkaziluvchi dastur piksellari orqali to„ldiriladi.
Eng avvalo, rastrning har bir yacheykasining qanday maydonni egallashi kerakligi masalasiga oydinlik kiritib olish talab qilinadi. Bu masalani hal qilish ma‟lumotlarni raqamli shaklga o„tkazishga kirishishdan yoki qoplama to„rni joylashtirishdan oldin hal qilinishi talab qilinadi, ya‟ni raqamli shaklga o„tazish dasturiga yacheykaning o„lchamlari haqida ma‟lumot berish yoki operatorga to„rlar kvadratlari o„lchamlari haqida ma‟lumot berish amalga oshiriladi. Bundan tashqari, biz amalga oshirilishi belgilangan jarayonni qisqartirish imkonini beruvchi, qaysidir kodlash (guruh yoki blok tavsifida kodlash) uslublarining ishni bajarish uchun yaroqliligi masalasini hal qilishimiz talab qilinadi. Bunda ma‟lumotlarni siqish uslublari ushbu ma‟lumotlarning hajmini kamaytirish uchun yaxshi ta‟sir ko„rsatadi, ushbu uslublardan foydalanish ma‟lumotlarni kiritish jarayonida kiritish vaqtini qisqarish nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Digitayzer yordamida ma‟lumotlarni kiritish mumkin bo„lmagan yoki digitayzer va tugmachalar to„plami (klaviatura) yordamida kiritish mumkin bo„lgan rastr tavsifiga ega ayrim GAT tarkibida ma‟lumotlarni zanjir shaklida yoki atributlar bloklari shaklida kiritish imkonini beruvchi buyruqlar mavjud hisoblanadi.
Ma‟lumotlarni kiritish uslubini tanlash orqali, siz rastrning har bir yacheykasi tarkibida turli xil mavzular qanday darajada ifodalanganligi masalasini hal qilishingiz talab qilinadi. Rastrning ruxsat etilish qiymatidan tashqari, bu masala ham siz qaror qabul qilishingiz zarur bo„lgan, nisbatan muhim ahamiyatga ega bo„lgan masalalardan biri hisoblanadi. Bu masalani nisbatan batafsil holatda qarab chiqamiz. Rastr ma‟lumotlarni kiritish uchun nisbatan skanerlardan keng ko„lamda foydalaniladi. Biroq, qayd qilish kerakki, skaner bilan kiritish jarayonida mavzularga oid ma‟lumotlar rastr GAT tarkibida avtomatik tarzda mavzularga oid ma‟lumotlarga aylantirilmaydi. Gap shundaki, xarita tarkibida bir jinsli tavsifda bo„yalgan sohalar skaner orqali o„qilganidan keyin, qochib bo„lmaydigan tarzda qiymatlarning ma‟lum darajada o„zgarishiga olib keladi, bu holatga ko„plab omillar sabab bo„lishi mumkin: jumladan, xaritaning bo„yalishining bir jinsli tavsifga ega emasligi, ko„z bilan ko„rish qiyinligi, skanerda yorug„lik nuri berilishining bir jinsli tavsifga ega emasligi, xaritalarning eskirganligi va boshqa sabablar ta‟sir ko„rsatishi mumkin. Bundan tashqari, odatda mavzularga oid xaritalar ofset uslubida nashr qilinadi, ya‟ni bu uslub rang tonlarning va bo„yoqlar berilishining aralash tavsifga egaligi namoyon bo„lishini anglatadi.

Download 133.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling