Reja Generator kuchlanishini sozlash
RR380 kuchlanish regulyatorli G221 generatori
Download 375.4 Kb.
|
3-mavzu regulyator
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.13-rasm. RR380 kuchlanish regulyatoriga ega G221 generatori sxemasi.
RR380 kuchlanish regulyatorli G221 generatori (2.13-rasm). Generator qurilmasi nominal kuchlanishi 12 V bo’lgan iste’molchilarni energiya bilan ta’minlaydi.
Akkumulyatorlar batareyasini zaryadlashni nazorat qilish uchun sxemaga RC702 relesi va N nazorat chirog’i ulangan. Dvigatel ishlab turganda bu chiroq yonib tursa, generator qurilmasining nosozligini bildiradi.RS702 relesi chulg’ami stator chulg’amining nol nuqtasi va generatorning musbat chiqishi orasiga ulangan. Qisqacha aytganda bu rele generatorning bitta fazasidan ta’minlanadi. 2.13-rasm. RR380 kuchlanish regulyatoriga ega G221 generatori sxemasi. Dvigatel ishlamaganda va yondirishni ulagichi S qo’shilgan vaqtda nazorat lampasi yonib turadi. U batareyadan RS702 relesining yopiq kontaktlari orqali ta’minlanadi. Batareyadan kelayotgan tok generator to’g’rilagichi tufayli rele chulg’amiga o’tmaydi. Generator ishlayotganda rele kontaktlari uzilib, nazorat lampasini ta’minlash zanjiridan ajratadi. Agar lampa generator ishlab turganda ham yonsa, bu generator qurilmasi yoki RS702 relesining nosozligidan dalolatdir. RR380 kuchlanish regulyatori vibrasiyali va ikki pog’onada ishlaydi. U ikki juft К1 va К2 kontaktlarga ega. К1 kontaktlar generator «+» chiqishi va Sh nuqta orasiga, К2 kontaktlari ikkinchi pog’ona bo’lib, Sh chiqishi va korpus orasiga ulangan. Regulyatorning OO asosiy chulg’ami korpusi va Rt qarshilik orqali «+» chiqish orasiga ulangan. Rd qo’shimcha qarshilik ikkita parallel ulangan qarshiliklardan iborat. Rd qarshilik bilan ketma-ket Dr drossel ulangan. Butun zanjir К1 kontaktlarga parallel bog’langan. Drossel kontaktlarning ish sharoitini engillashtirib, ikkinchi pog’onadagi К2 kontaktlardagi tokning o’sish tezligini sekinlatish uchun xizmat qiladi. Regulyatorning temperatura moslashuvi yakorchaga BP bimetall plastinkani osish va regulyatorning asosiy chulg’ami zanjiriga Rt qarshilik ulash vositasida amalga oshiriladi. Regulyator ikki: Sh (67) va «+» (15) chiqarishga ega bo’lib, bo’lar G221 generatorining mos chiqarishlariga bog’langan. Generator ishlamay turganda uyg’otish chulg’ami yondirish ulagichi kontaktlari orqali akkumulyatorlar batareyasidan ta’minlanadi. Uyg’otish tokining yo’li: batareyaning musbat chiqarishi - «+» (15) chiqarishi - birinchi pog’onaning qo’zg’almas ustuni - К1 kontaktlar va rele korpusi - regulyatorning Sh (67) chiqarishi - generatorning Sh (67) chiqarishi - uyg’otish chulg’ami - avtomobil korpusi - batareyaning «-» chiqarishi bo’ylab o’tadi. Generator kuchlanishi batareya kuchlanishidan katta bo’lganda, uyg’otish chulg’ami generatordan ta’minlanadi. Generator kuchlanishi sozlanadigan qiymatga etgancha, regulyatorning OO chulg’ami hosil qiladigan magnit oqimining kuchi yakorchani o’zakka tortishga yetmaydi va К1 kontaktlar yopiq bo’ladi. Uyg’otish toki batareyadan ta’minlanganidek ya’ni regulyator orqali o’tadi. Rotorning aylanishlar chastotasi ortishi bilan generator kuchlanishi ham oshib boradi. Кuchlanish miqdori sozlanadigan qiymatga erishgach, yakorchani o’zakka tortuvchi kuch kontaktlar К1 ni ajrata oladigan darajaga etadi. Кontaktlar К1 ajralganda uyg’otish toki «+» (15) chiqarishdan regulyatorning Sh(67) chikarishiga Dr drossel va Rd qarshilik orqali o’tadi. Natijada uyg’otish toki va generator kuchlanishi pasayadi. Birinchi pog’onaning ishlashi odatdagi kuchlanish regulyatorining ishlashi singari bo’ladi. Farqi shundan iboratki, К1 kontaktlar ajralganda uyg’otish chulg’amining zanjiriga qo’shiladigan Rd qarshilik va Dr drossel qiymati bir pog’onali regulyatorlarnikidan bir necha marta kam. Shunday qilib kontaktlarning ishlash sharoiti ular orqali o’tadigan kuchlanish miqdorini kamaytirish bilan yaxshilanadi. Agar К1 kontaktlar ajralganda rotorning aylanishlar chastotasi ortsa, generator kuchlanishi ham oshaveradi. Bu paytda regulyatorning OO chulg’amidagi tok va yakorchani o’zakka tortuvchi kuch ham ortadi, kontaktlar К2 qo’shiladi. Natijada regulyatorning Sh (67) chiqarishi massaga ulanib, uyg’otish toki nolga tushadi va generator kuchlanishi pasayadi. Кuchlanishning kamayishi regulyatorning OO chulgamidagi tokni kamaytiradi va prujinaning ta’siri ostidagi К2 kontaktlar ajraladi. Jarayon shunday takrorlanaveradi. Ikkinchi pog’onada ishlaganda sozlanadigan kuchlanish bir muncha oshadi. Shunday qilib, generator kuchlanishini rotor aylanishlari o’zgarishining barcha diapazonlarida sozlash RR380 regulyatorining birinchi va ikkinchi pog’onalarining o’zgaruvchan ishi bilan ta’minlanadi. Download 375.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling