Reja Generator kuchlanishini sozlash


kuchlanish regulyatori bilan jihozlangan 32.3701 generatori


Download 375.4 Kb.
bet4/9
Sana25.10.2023
Hajmi375.4 Kb.
#1720132
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mavzu regulyator

kuchlanish regulyatori bilan jihozlangan 32.3701 generatori (2.14-rasm). Generator qurilmasi bort elektr tarmog’i nominal kuchlanishi 12V bo’lgan avtomobillarda ishlatiladi.

Generator qurilmasi quyidagi tartibda ishlaydi. Yondirish kaliti S buralganda, akkumulyator batareyasining kuchlanishi uning «+» chiqishidan kuchlanish regulyatorininig «-» chiqishiga uzatiladi. R1, R2, R3, R4 qarshiliklardan tashkil topgan kirish bo’lgichining qiymati shunday tanlanganki, akkumulyator batareyasining kuchlanishi VT1 tranzistorni ochish uchun yetarli bo’lmaydi. Shuning uchun VT1 (КT315B) va VT3 (КT3107V) tranzistorlari yopiq holda, VT4, VT5 tranzistorlari esa ochiq bo’ladi. Bu tranzistorlarning toki quyidagi yo’nalishda oqadi: generator «+» chiqishi - VT5 tranzistorining emitter- bazasi - VT4 tranzistori emitter – bazasi - R14 qarshilik - R13 - qarshilik - R12 qarshilik - «-» chiqishi. S2 kondensatori plastinkalari orasida potensiallar farqi nolga teng bo’ladi. Shuning uchun bu zanjirda tok bo’lmaydi va VT2 tranzistori yopiq holda bo’ladi. Bu paytda VT5 tranzistori emitter-kollektoridagi va chulg’amdagi qarshilikni hisobga olmaganda, generatorning uyg’otish chulg’amidan tok qarshiliksiz o’tadi. Dvigatel o’t oldirilgach, rotor aylanishlar chastotasi ortganda generatorning «+», «-» chiqarishlari regulyatorning mos chiqarishlariga ulanganligi uchun R1, R2, R3, R4 bo’lgichga kelayotgan kuchlanish ham ko’tariladi. Кuchlanish tranzistor VT1 ni ochadigan qiymatga erishgach, VT3 tranzistori ham ochiladi. VT3 tranzistori kollektor va emitterida kuchlanish keskin kamayib, VT4, VT5 tranzistorlarini yopilishiga olib keladi. Bunda VT5 tranzistorining kollektor- emitter uchastkasida kuchlanish keskin tushadi, S2 kondensator - R9 qarshilik - VT2 (КT3615) tranzistori emitter-bazasi zanjiri bo’ylab VT2 himoya tranzistorini ochuvchi va VT4, VT5 tranzistorlarini yopuvchi tok o’tadi. Uyg’otish chulg’ami zanjirida tok va kuchlanish pasayadi. Shunga mos ravishda generator qurilmasining ishlab chiqargan kuchlanishi ham pasayadi. Кuchlanish sozlanadigan miqdorgacha pasayganda VT1 tranzistori yopiladi. VT1 tranzistori yopilgach, VT3 boshqaruv tranzistori ham berqiladi. Oqibatda VT4,VT5 tranzistorlari ochiladi. VT2 himoya tranzistori yopilganda S2 kondensator VD2 diod - R11 cheklovchi qarshilik - VT5 kuch tranzistor kollektor-emitteri zanjiri bo’yicha razryadlanadi. Bu paytda VT5 kuch tranzistorini zudlik bilan ochuvchi, VT3 boshqaruv tranzistorining bazasiga R10 qarshilik orqali musbat potensial beriladi. Кeyin sozlash jarayoni yuqorida aytilgan ketma-ketlikda takrorlanib, sozlanadigan kuchlanish avtomatik ravishda belgilangan qiymatda ushlab turiladi.



Download 375.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling