Reja: Geografiya ta’limida o‘yinlardan foydalanish
Download 42.67 Kb.
|
20. Geografiya ta’limida o‘yinlardan foydalanish
2-ilova. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni o‘quv materialiga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish va tarbiyalashning samarali vositalaridan biri – didaktik o‘yinlar hisoblanadi. O‘yinli texnologiyalar o‘quvchilarni qiziqtirib o‘qitish va bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishga, fikrini erkin bayon etishga imkoniyat yaratadi. Geografiya darslarida foydalaniladigan o‘yinlar o‘quvchilarning amaliy faoliyatida bilim va malakalarni, mehnat ko‘nikmalarini rivojlantiradi, mustaqillik, iroda, ma’naviy-estetik dunyoqarashni shakllantiradi, hamkorlik, diqqat, xotira, nutq, tafakkur, solishtirish, ijodiy qobiliyat kabi xususiyatlarni rivojlantiradi. O‘quv jarayonida o‘yinli texnologiyalardan foydalanish orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: O‘yin faoliyati orqali shaxsning o‘qishga, mehnatga bo‘lgan qiziqishi ortadi; O‘yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya’ni, kommunikativ – muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi; SHaxsning o‘z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi; Hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni engish va mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi; O‘yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi; Shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlanadi; O‘yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko‘zda tutiladi Insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga e’tibor qaratiladi; Download 42.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling