Reja: Geografiya ta’limida o‘yinlardan foydalanish


-ilova. Geografiya ta’limida foydalaniladigan o‘yinlar


Download 42.67 Kb.
bet4/6
Sana10.10.2023
Hajmi42.67 Kb.
#1697066
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
20. Geografiya ta’limida o‘yinlardan foydalanish

3-ilova.
Geografiya ta’limida foydalaniladigan o‘yinlar
«Kartografik loto» o‘yini.
O‘zbekiston Respublikasi kontur kartasida 4 qator ajratiladi:
1. 37 o – 39 o shim. kengliklar;
2. 39 o – 41 o shim. kengliklar;
3. 41 o – 43 o shim. kengliklar;
4. 43 o – 45 o shim. kengliklar.
Har bir qatorda besh geografik ob’ektga savol alomati qo‘yiladi. Karta bo‘yicha jami 20 ta ob’ektga savol alomati qo‘yilgan bo‘ladi. SHunday tartibda har xil variantlarda kontur karta tayyorlanadi. 2x1 sm kattalikda qog‘oz qirqilib, unga savol alomati qo‘yilgan ob’ektlarning nomi va nomeri yozib qo‘yiladi. O‘yin vaqtida o‘qituvchi yoki boshqaruvchi xaltachadan qog‘ozchalarni olib undagi ob’ektlarning nomlarini o‘qiydi. O‘quvchilar esa aytilgan geografik nomni kontur kartadan savol alomati qo‘yilgan ob’ektlar bo‘yicha topib, uni nomer yozilgan qog‘ozcha bilan yopadilar. Kim birinchi bo‘lib so‘roq alomati qo‘yilgan ob’ektlarni to‘g‘ri topsa, yani to‘g‘ri «yopsa» o‘yin g‘olibi hisoblanadi.
«Zoogeografik domino» o‘yini.
O‘yinni o‘tkazish uchun 30 ta kartochka tayyorlanadi. Kartochkaga biror hayvonning rasmi chiziladi yoki yopishtiriladi. Har bir rasmning tagiga tabiat zonalaridan birining nomi yoziladi. Ulardagi yozuvlarning ko‘plari rasmga mos kelmaydi. O‘yin paytida kartochkalar o‘quvchilarga tarqatiladi. O‘quvchilarning vazifasi rasm bilan yozuvni mos kelishi va kelmasligini aniqlashdir. Qaysi o‘quvchi o‘ziga berilgan kartochkalarni tez va to‘g‘ri ajratsa, g‘olib xisoblanadi. Bu o‘yin o‘quvchilarning hayvonot dunyosini va ularni tabiat zonalar bo‘yicha tarqalishini bilib olishlarida yordam beradi. Bu o‘yinning “geobotanik domino”, “topografik domino”, “geografik domino” shakllarida ham o‘tkazilishi mumkin.
«Shartli belgilar» pochtasi o‘yini.
100x700 sm kattalikdagi ramka yasaladi va unga konvert xaltachari yopishtiriladi. Har bir konvert xaltachalariga turli shartli (geografik, topografik, meteorologik) belgilar chiziladi yoki chizilgan qog‘ozcha yopishtriladi. Konvert xaltachalari kattaligiga mos keluvchi va ularning IIchiga solib qo‘yiladigan kartochkalar olib qo‘yiladi. So‘ngra chaqarilgan o‘quvchiga kartochkalardan bir nechtasi, masalan beshtasi beriladi. O‘quvchi kartochkaga yozilgan shartli belgi nomini ovoz chiqarib o‘qiydi va uni mos keluvchi shartli belgili konvert xaltachaga soladi. Bu ishni qanday bajarilishini sinf o‘quvchilari kuzatib turadilar. Agar o‘qsvchi xato qilsa, boshqa o‘quvchi uni tuzatishi mumkin. Kartochkada yozilgan nom konvert xaltachasiga chizilgan shartli belgiga mos bo‘lishi lozim. O‘yin paytida kim to‘g‘ri va ko‘p ball to‘plasa g‘olib hisoblanadi. O‘rtog‘ining hatosini to‘g‘rilagan o‘quvchiga qo‘shimcha ball beriladi. Bu o‘yinlar turli shartli belgilarni o‘rganib olishga o‘quvchilarni undaydi. O‘yinlar har chorakda bir necha marta takroriy o‘tkazilib, turilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Geografik kartani bilasizmi” o‘yini. O‘yinni o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi chegaralari tushirilgan devoriy kontur karta, shartli belgilar jadvali, kartondan qirqib, turli ranglarga bo‘yalgan doiralar zarur bo‘ladi. Rangli doirachalar respublikamiz hududidagi daryo, ko‘l, tog‘, qazilma konlari va boshqa geografik ob’ektlarni ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Jadval kontur kartaning yoniga osib qo‘yiladi.
Rangli doirachalarning bir qismi magnitli doskaga o‘rnashtirilgan kontur kartadagi geografik ob’ektlarga qadab qo‘yiladi. CHaqirilgan o‘quvchi alohida haltachaga solib qo‘yilgan doirachalardan birortasini oladi. Masalan, u yashil rangli doirachani oldi, deylik. Jadvalda bu rang tekisliklarni bildiradi .




Download 42.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling