Reja: Geografiya ta’limida o‘yinlardan foydalanish


T/r Geografik ob’ektlar


Download 42.67 Kb.
bet5/6
Sana10.10.2023
Hajmi42.67 Kb.
#1697066
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
20. Geografiya ta’limida o‘yinlardan foydalanish

T/r

Geografik ob’ektlar

Shartli belgilar

1

Dayolar




2

Qo‘llar




3

Tog‘lar




4

Tekisliklar




5

Neft konlari




6

Tabiiy gaz konlari




7

Oltin konlari




8

Ko‘mir konlari




9

Marmar konlari





O‘quvchi konturdagi respublikamiz hududida joylashgan yashil doirachalar qadab qo‘yilgan tekislik nomini aytadi. Nom to‘g‘ri aytilsa, doiracha kontur kartadan olib o‘qituvchiga topshiriladi. Topish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. Har bir to‘g‘ri topilgan ob’ekt uchun 1 ball beriladi. To‘g‘ri topilmagan ob’ektdagi doiracha olinmaydi. Keyingi chaqirilgan o‘quvchi ularni topishi mumkin.
Doska yoniga chaqirilgan o‘quvchi haltachadan 5 ta doirachani olib uni aniqlaydi. Navbat bilan boshqa o‘quvchilar ham doska yoniga chiqib doirachalar qadalgan orollarni va boshqa ob’ektlar nomlarini aytishadi. To‘plangan ballar bo‘yicha o‘quvchilar baholanadi. Agar sinfda o‘quvchilar soni juda ko‘p bo‘lmasa, doiralarning soni 5 tadan 10 tagacha ko‘paytirilishi mumkin.
Geografik pochta” o‘yini. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursining II qismida mamlakatimizning iqtisodiy rayonlari o‘rganiladi. Bir nechta iqtisodiy rayon o‘rganilgach, xususan o‘tilgan darslarni takrorlash, o‘quvchilarning bilimlarini tekshirish maqsadida “geografik pochta” o‘yinini tashkil etish mumkin. Buning uchun ramkaga kattaligi 16x11 sm bo‘lgan 3 ta konvert haltachalari yopishtiriladi. Ularga shu kunga qadar o‘tilgan iqtisodiy rayonlar –Toshkent, Mirzacho‘l va Farg‘ona iqtisodiy rayonlari nomlari yozib qo‘yiladi. O‘yinni o‘tkazish uchun 30 ta kartochka tayyorlanadi. Kartochkaga biror hayvonning rasmi chiziladi yoki yopishtiriladi. Har bir rasmning tagiga tabiat zonalaridan birining nomi yoziladi. Ulardagi yozuvlarning ko‘plari rasmga mos kelmaydi. O‘yin paytida kartochkalar o‘quvchilarga tarqatiladi. O‘quvchilarning vazifasi rasm bilan yozuvni mos kelishi va kelmasligini aniqlashdir. Qaysi o‘quvchi o‘ziga berilgan kartochkalarni tez va to‘g‘ri ajratsa, g‘olib xisoblanadi. Bu o‘yin o‘quvchilarning hayvonot dunyosini va ularni tabiat zonalar bo‘yicha tarqalishini bilib olishlarida yordam beradi. Bu o‘yinning “geobotanik domino”, “topografik domino”, “geografik domino” shakllarida ham o‘tkazilishi mumkin.
«Shartli belgilar» pochtasi o‘yini.
100x700 sm kattalikdagi ramka yasaladi va unga konvert xaltachari yopishtiriladi. Har bir konvert xaltachalariga turli shartli (geografik, topografik, meteorologik) belgilar chiziladi yoki chizilgan qog‘ozcha yopishtriladi. Konvert xaltachalari kattaligiga mos keluvchi va ularning IIchiga solib qo‘yiladigan kartochkalar olib qo‘yiladi. So‘ngra chaqarilgan o‘quvchiga kartochkalardan bir nechtasi, masalan beshtasi beriladi. O‘quvchi kartochkaga yozilgan shartli belgi nomini ovoz chiqarib o‘qiydi va uni mos keluvchi shartli belgili konvert xaltachaga soladi. Bu ishni qanday bajarilishini sinf o‘quvchilari kuzatib turadilar. Agar o‘qsvchi xato qilsa, boshqa o‘quvchi uni tuzatishi mumkin. Kartochkada yozilgan nom konvert xaltachasiga chizilgan shartli belgiga mos bo‘lishi lozim. O‘yin paytida kim to‘g‘ri va ko‘p ball to‘plasa g‘olib hisoblanadi. O‘rtog‘ining hatosini to‘g‘rilagan o‘quvchiga qo‘shimcha ball beriladi. Bu o‘yinlar turli shartli belgilarni o‘rganib olishga o‘quvchilarni undaydi. O‘yinlar har chorakda bir necha marta takroriy o‘tkazilib, turilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Geografik kartani bilasizmi” o‘yini. O‘yinni o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi chegaralari tushirilgan devoriy kontur karta, shartli belgilar jadvali, kartondan qirqib, turli ranglarga bo‘yalgan doiralar zarur bo‘ladi. Rangli doirachalar respublikamiz hududidagi daryo, ko‘l, tog‘, qazilma konlari va boshqa geografik ob’ektlarni ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Jadval kontur kartaning yoniga osib qo‘yiladi.
Rangli doirachalarning bir qismi magnitli doskaga o‘rnashtirilgan kontur kartadagi geografik ob’ektlarga qadab qo‘yiladi. CHaqirilgan o‘quvchi alohida haltachaga solib qo‘yilgan doirachalardan birortasini oladi. Masalan, u yashil rangli doirachani oldi, deylik. Jadvalda bu rang tekisliklarni bildiradi .

O‘yin ishtirokchilariga teng miqdorda shu iqtisodiy rayonlar hududida joylashgan tog‘liklar, tekisliklar, daryolar, konlar, shaharlar va boshqa geografik ob’ektlar nomlari yozilgan kartachalar tarqatiladi. (2-jadval).





Download 42.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling