Reja: Gidrotexnika inshootlari asoslari to‘grisida qisqacha ma’lumotlar va ularga bo‘lgan talablar
Asoslarni tanlash. Ularni yaxshilash usullari
Download 174.59 Kb.
|
1-маъруза (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Har xil tarkibdagi moddalar va suyuqliklar yuborish
2. Asoslarni tanlash. Ularni yaxshilash usullari.
Barcha gidrotexnika inshootlarining qoyali, yarim qoyali va qoyamas zaminlari ko‘p hollarda alohida zonalar chegarasida yoki muhandislik tadbirlari olib boriladigan massivning butun zonasi bo‘yicha olib boriladi. Bu tarbirlar orqali ularning fizik-mexanik, qurilish-texnik xossalari, ya’ni ularning bir jinsliligi, yuk ko‘tarish qobiliyati va ustivorligi oshadi va deformatsiyalanishi va suv o‘tkazuvchanligi kamayadi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan bunday tadbirlarga qo‘yidagilar kiradi: 1) har xil tarkibdagi moddalar va qorishmalar yuborish; 2) gidrotexnika inshootlari zaminlari va unga birlashgan qirg‘oqlardan grunt suvlarini drenajlar orqali chiqarib yuborish; 3) uncha ustivor bo‘lmagan qiyaliklarni ankerlar, metall, betonlar, ankerlar uchun mo‘ljallangan kuchaytirilmagan trosslar bilan mustahkamlash; 4) yirik ariqlarni va tektonik zonalarni beton bilan berkitish. Har xil tarkibdagi moddalar va suyuqliklar yuborish –bu to‘g‘on ostida va uning birlashgan qirg‘oqlaridagi filtratsiyaga qarshi, hamda uning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshiruvchi va zaminning defformatsiyalanishini kamaytiruvchi eng samarali va tejam usuldir. In’eksiya qilish usullari bir necha xil bo‘lib, asosan qorishmaning turi bo‘yicha farqlanadi. Amalda gruntni qotirish (yaxshilash) uchun sementlash, silikatlash, elektroqimyoviy, yelimlash, bitumlash, mumlash, issiqlik ta’sir ettirish usullari mavjud. Gruntlarni sementlash oldindan tayyorlangan chuqurlikka maxsus moslama tushirilib, uning yordamida bosim ostida grunt g‘ovaklariga suyuq sement qorishma yuborishga asoslanadi. Qorishma grunt g‘ovaklarida tezda qotib, zarralarni o‘zaro yaxlitlaydi va grunt mustahkamligining oshiradi, suv o‘tkazish qobiliyatini kamaytiradi. Mazkur usuldan zarrachalar o‘lchamlari sement zarrachalaridan 4 marta yirik bo‘lgan gruntlarda foydalanish yaxshi natija beradi. Sementlash yordamida filtratsiya koeffitsienti > 80 m/sut bo‘lgan o‘rta va yirik qumlar, tosh-shag‘allar va seryoriq qoyatosh gruntlar qotiriladi. Qorishma tarkibidagi sement va suv miqdori gruntlarning filtratsiya koeffitsientiga bog‘liq ravishda 1:0,4 dan 1: 10 gacha, chuqurliklararo masofa 1,0 dan 3,0 metrgacha o‘zgarishi mumkin. senmentlash yordamida qotirilgan gruntlar mustahkamligi 3,5 MPa va undan yuqori bo‘lishi mumkin. Silikatlash namligi kam va suvga to‘yingan qumlar, lyossli cho‘kuvchan gruntlar va ba’zi bir turdagi ko‘tarma gruntlar uchun qo‘llaniladi. Bu usulda quduq ichiga tushirilgan moslama orqali bosim ostida natriy silikat (suyuq shisha) yuboriladi, u gruntdagi bo‘shliqlarni sementlaydi va zarrachalar orasidagi bog‘lanishlarni mustahkamlaydi. quduq chuqurligi 15 m gacha bo‘lishi mumkin. Filtratsiya koeffitsienti 2…80 m/sut li qumli gruntlarda ikki qorishmali usul qo‘llaniladi. Bunda oldin natriy silikat Na2O x nSiO2, so‘ngra xlor kalsiy tuzlari SaSl tuzlari qorishmasi yuboriladi. Bu ikkala modda aralashmasi grunt bo‘shliqlarida tez qotuvchan xususiyatga ega bo‘lgan, qattiq modda gidrogel kislotasini nSiO2 mH2O hosil qiladi. Silikatlash natijasida qumli grunt 1,5…5 MPa mustahkamlikka ega bo‘ladi. Namligi kam bo‘lgan cho‘kuvchan lyossli gruntlarni (filtratsiya koeffitsienti 0,1…2 m/sut) silikatlashda zichligi 1,13 g/sm3 li faqat suyuq shisha qorishmasi ishlatiladi. Lyossli gruntlar qotirilgandan so‘ng 1,6…2 MPa mustahkamlikka ega bo‘ladi, cho‘kishlar sodir bo‘lmaydi va suv o‘tkazmaydi. Gruntlarni qotirish radiusi gruntlarning filtratsiya koeffitsienti va qorishmaning yopishqoqligiga bog‘liq bo‘lib, yirik va o‘rta qumlarda 1 m va mayda, changsimon qumlarda va cho‘kuvchan gruntlarda 0,3…0,4 m bo‘ladi. qotirish radiusini oshirish uchun gazli selikatlash qo‘llaniladi. quduqlarga tushirilgan moslamalar orqali ketma-ket suyuq shisha va korbanat angidrid gazi yuboriladi. qotish reaksiyasi 2…3 min. tashkil etadi. Elektroqimyoviy qotirish usuli suvga to‘yingan gilli gruntlardagi suvning elektroosmatik harakatiga asoslangan. Ma’lumki, gilli grunt zarralarini ko‘p miqdordagi suv pardalari o‘rab turadi. Bu pardalarda doimo turli kimyoviy jarayonlar yuz berib, tabiiy bosimlar ta’sirida gillar asta-sekin yumshoq holatdan yarim qattiq, so‘ngra qattiq holatga o‘zgarib turadi. Agar gilli gruntga o‘zgarmas elektr toki orqali ta’sir etish bilan bir vaqtda metallga ekvivalent bo‘lgan tuz eritmali suv yuborilsa, yuqoridagi jarayon jadallashadi. Unda musbat ko‘rsatkichdan (anod) manfiy (katod) tomon sari suv harakati boshlanadi. Shu bilan birga muallaq holatdagi mayda zarralarning oqib kelishi natijasida musbat o‘tkazgich atrofidagi suvning quyqalanish holatini kuzatish mumkin. Bunday holat suv pardasi qatlamida moddalar o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu esa vaqt o‘tishi bilan gillarning qotishiga olib keladi. qotirilgan gruntning siqilishga mustahkamligi 4MPa ga bo‘lishi mumkin. Yelimlash usulida quduqlarga tushirilgan moslama orqali karbomid, fenolformaldegit va tarkibida qotiruvchi moddalar bo‘lgan turli xil sintetik yelimlar aralashmasi yuboriladi. Ular qotish natijasida grunt suv o‘tkazmaydigan, sovuqqa chidamli va yuqori mustahkamlikka (bo‘laklashda 1…5 MPa) ega bo‘ladi. Bu usul filtratsiya koeffitsienti 0,2…0,25 m/sut bo‘lgan quruq va suvga to‘yingan, qum tarkibida gilli zararchalar 2% ko‘p bo‘lmagan qumoq gruntlarni qotirish uchun qo‘llaniladi. Bitumlash usuli grunt suvlari harakat tezligi katta bo‘lganda (100m/sut va undan yuqori) va sementlash usulidan foydalanish mumkin bo‘lmagan joylarda qo‘llaniladi. Buning uchun qazilma quduqlar orqali grunt g‘ovaklariga 200 0S atrofida qizdirilgan bitum maxsus moslamalar yordamida yuboriladi. Bu moslamalar, qozondan, nasosdan, uzatuvchi quvurdan va in’ektordan tashkil topadi. Sun’iy mumlar (smolalar) yordamida asosan qumli va lyossli gruntlar qotiriladi. hozirgi davrda korbamid va furfurol kabi mum turlari qurilishda keng qo‘llaniladi. Ular suvda yaxshi eriydi. Gruntga yuborishdan oldin mumlar suv bilan aralashtiriladi, natijada ularning yopishqoqligi kamayib, grunt g‘ovaklariga kirib borish xususiyati oshadi. Gruntga yuborilgan mumning qotish jarayonini tezlashtirish uchun tuz kislotasining 2…5% qorishmasidan foydalaniladi. Bo‘sh gruntlarni issiqlik ta’sirida qotirish o‘ta cho‘kuvchan lyossli va serg‘ovak qumli gilli gruntlarda qo‘llanilishi mumkin. Issiqlik ta’sirida qotirishning ikki xil usuli keng ishlatiladi. Birinchisi issiq gazdan foydalanishga asoslangan bo‘lib, bunda oldindan qazilgan chuqurlarga 600…8000S atrofida issiq havo yuboriladi. Ikkinchi usul bo‘yicha qotirishda, oldindan kovlangan chuqurlarga gazga aylanuvchi suyuq yoki qattiq holdagi yoqilg‘i tushiriladi. Yonish vaqtida hosil bo‘ladigan 10000S atrofidagi issiqlik harorati grunt zararchalarining o‘zaro mustahkam bog‘lanishiga olib keladi. Yonish jarayoni 5 … 10 kun davom etib, 1,5…2,5 m atrofidagi grunt atrofini qamraydi. Shundan so‘ng, hosil bo‘lgan chuqurlik shibbalangan grunt bilan to‘ldiriladi. Download 174.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling