Reja: Gidrotexnika inshootlari asoslari to‘grisida qisqacha ma’lumotlar va ularga bo‘lgan talablar


Download 174.59 Kb.
bet1/8
Sana14.07.2023
Hajmi174.59 Kb.
#1660238
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-маъруза (5)


1-Ma’ruza:
Mavzu: Gidrotexnika inshootlari asoslari to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar va ularga bo‘lgan talablar. Asoslarni tanlash. Ularni yaxshilash usullari.


Reja:



  1. Gidrotexnika inshootlari asoslari to‘grisida qisqacha ma’lumotlar va ularga bo‘lgan talablar

  2. Asoslarni tanlash. Ularni yaxshilash usullari.

Tayanch so‘z va iboralar: zamin, jins, grunt, inshoot, koyali zamin, yarim qoyali zamin, koyamas zamin, bog‘langan gruntlar, bog‘lanmagan gruntlar, gil, plastik, oquvchan, lyoss, sementlash, silikatlash, filtratsiya, elektroqimyoviy qotirish, yelimlash, bitumlash,sun’iy mumlar, drenaj.



  1. Gidrotexnika inshootlari asoslari to‘grisida qisqacha ma’lumotlar va ularga bo‘lgan talablar.

Ma’lumki, insonning texnikaviy qurilish faoliyati obektlaridan biri bo‘lib hisoblanadigan va inshootlarni bunyod etish uchun xizmat qiladigan tabiiy holatdagi zaminlar ixtiyoriy tog‘ jinslaridan tashkil topgan gruntlardan iborat bo‘ladi.


Gruntlar tog‘ jinslarining fizik (harorat, shamol, suv va b.q.), kimyoviy va qisman biologik ta’sirlari ostida o‘z tuzilishini o‘zgartirib (yemirilib) borishi natijasida hosil bo‘ladi. Ular, odatda uch fazali tizim sifatida, ya’ni qattiq mineral zarralar, suyuqlik (suv) va gaz (asosan havo)dan tashkil topgan deb qaraladi.
Gidrotexnika inshootlar zaminlari O‘zbekiston Respublikasining shu sohaga oid tegishli me’yoriy hujjatlari, shu jumladan, qurilish me’yorlari va qoidalari QMQ 2.02.02 – 98 asosida loyihalanadi. Unga, ko‘ra, inshootlar zaminini quyidagilar: 1) qurilish uchun muhandislik-geodezik, muhandislik-geologik va muhandislik-gidrometorologik izlanishlar natijalari; 2) inshootning vazifasi, konstruktiv va texnologik xususiyatlarini ifodalaydigan ma’lumotlar, poydevorlarga tushadigan yuklamalar va undan foydalanish sharoitlari; 3) gruntlarning mustahkamlik va deformatsiyalanish ko‘rsatkichlaridan hamma poydevorlar yoki boshqa yer osti konstruksiyalari materiallarining fizik-mexanik xossalaridan eng to‘liq foydalanishni ta’minlaydigan variantni qabul qilish uchun loyiha yechimlarining mumkin bo‘lgan variantlarini texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida loyihalash lozim.

Download 174.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling