Reja: Gidrotexnika inshootlari asoslari to‘grisida qisqacha ma’lumotlar va ularga bo‘lgan talablar


Gidrotexnika inshootlari zaminlari


Download 174.59 Kb.
bet2/8
Sana14.07.2023
Hajmi174.59 Kb.
#1660238
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-маъруза (5)

Gidrotexnika inshootlari zaminlari – inshoot tagida joylashgan va uning barcha yuklanishlarini qabul qiladigan grunt massivi(yaxlit joy)ning bir qismidir. Zaminlar inshootning normal foydalanish yaroqliligini ta’minlash lozim: ular mustahkam, ustivor, ruxsat etiladigan, chegaralarda deformatsiyalanishi, suv dimlovchi inshootlar zaminlari esa bundan tashqari, kam suv o‘tkazadigan bo‘lishi kerak.
Zaminlar tabiiy va sun’iy turlarga bo‘linadi. Tabiiy zaminlar gruntlari tabiiy holda qo‘yiladigan talablarni qoniqtiradi. Sun’iy zaminlarda esa ushbu talablarga javob bera olishi uchun ularning gruntlari sun’iy ravishda yaxshilanadi.
Gruntlar gidrotexnika inshootlar zamini sifatida fizik, fizika-kimyoviy va fizik-mexanik xossalari ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi.
Tarkib topgan jinslar turiga ko‘ra, (QMQ.2.02.02-98 bo‘yicha) gidrotexnika inshootlarining qoyali, yarim qoyali va qoyamas zaminlar gruntlari bilan farqlanadi (1-jadval).
Qoyali zaminlarga mustahkam tog‘ jinslaridan iborat, zarralari o‘zaro qattiq kristallashgan va sementlangan bog‘liqlikka va kuchsiz deformatsiyalanishga ega gruntlar kiradi. Bunday zaminlarga asosan jipslashgan yaxlit holatdagi magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog‘ jinslaridan tashkil topadi. Qoyali gruntlarning mustahkamligi ularni tashkil etuvchi zarralarning mustahkamligiga yaqin, teng yoki undan katta ham bo‘lishi mumkin. Qoyali zaminlarning xajmiy og‘irligi odatda 2,5…3,1 t/m3 atrofida bo‘ladi, g‘ovakligi 1% dan oshmaydi va bir o‘qli siqilish va cho‘zilishda suvga to‘yingan holati uchun muvaqqat qarshiligi tegishli ravishda 5 va 1 MPa (50 va 10 kg/sm2) dan katta bo‘ladi, shunga ko‘ra va deyarli zichlanmasligi sababli, qoyali gruntlar mustahkam zamin hisoblanadi.
Yarim qoyali zaminlarga qattiq kristallashgan yoki qoyali jinslarga nisbatan biroz kuchsizroq plastik kolloidli bog‘langan, shuningdek, shamol yemirilishidan hosil bo‘lgan va bo‘laklangan qoyali jinslar va alevrolit, mergel, bo‘r singari cho‘kindi jinslar hamda oxaktosh, dolomit, tuf va gipslarning ayrim turlari kiradi. Yarim qoyali zaminlar hajmiy og‘irligi 2,2 da 2,65 t/m3 gacha, g‘ovakligi 20 % gacha bo‘lishi, shuningdek, suvga to‘yingan holatida bir o‘qli siqilish va cho‘zilishda muvaqqat qarshiligi tegishli ravishda 5 va 1MPa (50 va 10 kg/sm2) dan kichik qiymatni tashkil etishi bilan tavsiflanadi.

Download 174.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling