Qoyamas zaminlar zarralari bog‘langan (ichki ishqalanish va tishlashish kuchlariga ega) va bog‘lanmagan (faqat ikki ishqalanish kuchlariga ega) jinslar yoki gruntlardan tashkil topadi va ularning yuk ko‘tarish qobiliyati ko‘proq suv o‘tkazuvchanligi va zichligi bilan aniqlanadi.
Zarralari bog‘langan gruntlarga – gil tuproqlar, gilsimon mergel, qumoq, qumoq less tuproqlar; bog‘lanmagan gruntlarga qum shag‘al, ularning aralashmasi va chaqir tosh kabilar kiradi. qoyatoshli va yarim qoyali zaminlarga nisbatan qoyali bo‘lmagan zaminlar ko‘proq bo‘ysunuvchan va kichik mustahkamlikka ega. Qoyamas zaminning bog‘lanmagan va bog‘langan gruntlarga mos ravishda quyidagi fizika-mexanikaviy tavsiflarning
o‘rtachalashtirilgan qiymatlariga tegishli: plastiklik soni 0,01 dan kichik va 0,001 dan katta, hajmiy og‘irligi 1,4-2,1 va 1,1-2,1 t/m3, g‘ovaklik 20-50% va 26-80% ichki ishqalanish koeffitsienti (tg ) 0,4-0,7 va 0,15-0,4, solishtirma tishlashish 0 va 0,005 – 0,05 MPa ( o va 0,05-0,5 kg/sm2). Bog‘langan va bog‘lanmagan gruntlarning siljitishga qarshiligi asosan ularning zichligi – namligi va zarraning shakliga bog‘liq bo‘ladi.
1-jadval.
Gidrotexnika inshootlari zaminlarining sinflanishi (QMQ.2.02.02-98 bo‘yicha)
Zamin gruntlarining sinflanishi
|
Gruntlarning fizik-mexanik tavsiflari
|
quruq gruntning zichligi (massivdagi) , t/m3
|
g‘ovaklik koeffi-sienti (massiv-dagi),
|
Suvga to‘yingan holatdagi jin-siy bloklar-ning bir o‘qli cho‘zilishga qar-shiligi, [ ],MPa
(kg kuch/sm2)
|
Grunt defforma-siyasi modu-li (massiv-dagi),
, 103MPa
(103kg kuch/sm2)
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |