Reja: Gidrotexnika inshootlari asoslari to‘grisida qisqacha ma’lumotlar va ularga bo‘lgan talablar


Download 174.59 Kb.
bet5/8
Sana14.07.2023
Hajmi174.59 Kb.
#1660238
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-маъруза (5)

Bog‘langan qoyamas gruntlar. Bu gruntlarning xossalari asosan ularning tarkibidagi qattiq zarralarning miqdori va o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi. Qattiq bo‘laklar va zarralar kattaligiga qarab quyidagicha farqlanadi: tosh yoki shag‘al ( mm), qum (2mm 0,05 mm), chang (0,05mm 0,005 mm) va gil tuproqlar ( 0,005mm). Ushbu gruntlardan iborat bo‘lgan zaminlar ikkita, ya’ni tabiiy va sun’iy mustahkamlangan turlarga bo‘linadi.



1-rasm. Tabiiy zaminlar turlari:
a- bitta jinsli va bir xil gruntli zamin; b,d- qatlamli joylashgan bir necha xil gruntli zaminlar.

Tabiiy zaminlar bir jinsli, bitta turdagi gruntdan (1-rasm, a) va qatlamli (1-rasm, b,d) joylashgan bir necha xil gruntdan iborat bo‘lishi mumkin.




Yirik bo‘lakli, qumli va gil tuproqli gruntlar.
Qattiq zarralarni yuqoridagi o‘lchamlari bo‘yicha farqlash faqat bir xil nomli zarrachalardan tashkil topgan gruntlarning o‘ziga xos tomonlari va xossalari mavjudligiga asoslangan. Masalan, tarkibi faqat tosh yoki shag‘aldan tashkil topgan grunt qattiq skeletga va yuqori mustahkamlikka ega, o‘ta suv o‘tkazuvchan, suvning kapillyar ko‘tarilishi ularda kuzatilmaydi.
Zarralari kuchsiz bog‘langan gruntlar o‘z navbatida yirik bo‘lakli, qumli va gil tuproqli gruntlarga bo‘linadi.
Yirik bo‘lakli gruntlarning tarkibida har xil o‘lchamga va shaklga ega bo‘lgan qattiq elementlar bo‘lishi mumkin. Lekin, ular massasining yarmidan ko‘prog‘ini o‘lchamlari 2 mm dan katta bo‘lgan tosh yoki shag‘al tashkil etishi kerak. Yirik bo‘lakli gruntlar dastlabki tog‘ jinslarining harorat, suv, shamol singari fizikaviy omillar ta’sirida yemirilishidan hosil bo‘lgan. Bosim ta’sirida kam siljishi, yuqori mustahkamlik va katta suv o‘tkazuvchanlik ularning o‘ziga xos xususiyatlari hisoblanadi. Yirik bo‘lakli gruntlarning xossalari ularning tarkibida ko‘pincha mavjud bo‘ladigan qum, chang va gil zarrachalarining miqdoriga ham bog‘liqdir. Bu zarrachalar miqdorining oshib borishi grunt suv o‘tkazuvchanligining kamayishiga olib keladi.

Download 174.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling