Drenajlar to‘g‘onning turg‘unligini va uning ixcham bo‘lishida, uning tagiga ta’sir qiluvchi filtratsiya bosimni butunlay yo‘qotish yoki qisman kamaytirish uchun xizmat qiladi. Zamindagi drenajlar o‘zi quyiluvchi quduqlar tamoyili asosida ishlaydi. So‘ngra to‘g‘on tanasidan pastki befga chiqarib yuboriladi.
Drenaj quduqlar bir biridan 2…5 m masofada joylashtiriladi va uning diametri 25 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Zamindagi drenaj quduqlar chuqurligi filtratsiyaga qarshi to‘siq parda chuqurligi hamda zamindagi jinsning yoyilish darajasi va suv o‘tkazuvchanligiga bog‘liq. Ularning qiymati filtratsiyaga qarshi to‘siq parda chuqurligining 0,5…0,75 miqdorida qabul qilinadi.
Vertikal filtratsiyaga qarshi elementlarga shpuntlar, to‘siq parda, diafragmalar va tishlar kiradi. Ular inshoot yer osti konturini uzaytiradi va shu bilan birga ularning orqasiga joylashgan flyutbet gorizontal elementlariga ta’sir qiluvchi filtratsiya bosimini kamaytiradi. Shpunt devorlari, suv o‘tkazmaydigan qatlam yuzasi chuqurligiga ko‘ra osiluvchan yoki mukammal bo‘lishi mumkin. Ba’zan shpuntlarni qoqish ba’zi-bir sabablarga ko‘ra noqulay yoki tejamkor bo‘lmasa tishlar, betonli to‘siq pardalar, burobetonli devorlar yoki diafragmalar o‘rnatiladi. Bikr ponur oldidan u bilan zamin orasidagi tirqishlarni berkitish uchun har doim tish yoki shpunt qatori o‘rnatiladi. Yo‘l qo‘yarlik chiqish gradientlarini ta’minlash uchun pastki bef tomonidan tish o‘rnatiladi.
Nazorat savollari:
Tabiiy zaminlar turlari
Har xil tarkibdagi moddalar va suyuqliklar yuborish
Gidrotexnika inshootlari zaminlari
Do'stlaringiz bilan baham: |