Reja: Gimnastikaning vujudga kelishi. Gimnastikaning vositalari
Download 115.24 Kb.
|
Mavzu 1 gimnastika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Nixoyatda xilma-xil
- 3.Organizmga tanlab ta’sir ko‘rsatish
- 4.O‘quv jarayonining qat’iy me’yorda
- 5.Mashqlarni uzluksiz murakkablashtira
1.Kishi organizmiga xar yoqlama ta’sir ko‘rsatish. Kishi barcha organlarining funksiyalari gimnastika mashqlari yordamida muvaffaqiyatli tarzda takomillashadi. 9Demak, kishini umumiy jismoniy rivojlantirish va uning xaraatlantiruvchi qobiliyatlarini xar yoqlama kamolga yetkazish vazifalarini gimnastika yordamida muvaffaqiyatli xal qilsa bo‘ladi.
2.Nixoyatda xilma-xil jismoniy mashqlarni qo‘llash. Organizmning morfologik va funksional tizimlari va jismoniy xislatlari (kuchlilik, tezkorlik, qayishqoqlik, chaqqonlik, chidamlilik)ni xar yoqlama va garmonik rivojlantirish xilma-xil jismoniy mashqlarni qo‘llanish orqali ta’minlanadi. Shuning bilan bir vaqtda nerv tizimining koordinatsion mexanizmiga ta’sir ko‘rsatiladi, uning moyilligi ortadi, sport texnikasining asoslari shakllana boradi. 3.Organizmga tanlab ta’sir ko‘rsatish. Tegishli mashqlarni, kerakli dastlabki xolatlarni tanlab qo‘llanish, ijro usullarining aniq bo‘lishi natijasi o‘laroq muayyan muskul, bo‘g‘in guruxlariga loqal ta’sir etiladi, bu shug‘ullanuvchilarda kerakli xarakatlantiruvchi xislatlarning rivojlanishiga ko‘maklashadi va jismoniy rivojlanishga kamchiliklarni muvaffaqiyat bilan tuzatish imkononi beradi. 4.O‘quv jarayonining qat’iy me’yorda bo‘lishi va jismoniy nagruzkani aniq tartibga solish. Ta’lim jarayonini tashkil qilish xilma-xil uslubiy priyomlardan foydalanish bilan bir vaqtda ta’lim berishning xususiy vazifalarini birin ketin xal qilish negiziga bog‘liq bo‘ladi. Bu xolat jismoniyvaboshqaxislatlarningtoborarivojlanibborishinita’minlaydi.Yuklamanixarakatsur’ati va amplitudasini o‘zgartirish, takrorlash miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish, dastlabki xolatlarni o‘zgartirish va mashqlarni ijro etish ketma-ketligini turlicha yo‘lga qo‘yish, toshlar va amortizatsion qurilmalardan foydalanish orqali, shuningdek, shug‘ullanuvchilarning qay darajada tayyorligina qarab belgilasa bo‘ladi. 5.Mashqlarni uzluksiz murakkablashtira borish va kombinatsiyalash xamda bir xildagi mashqlarni bir qancha maqsadlarda qo‘llanishning mumkinligi. Biron mashQni bilib olgandan keyin, odatda, uning murakkabroq variantlarini o‘rganishga o‘tiladi, bora-bora shu mashqning o‘zi xam murakkablashtiriladi, biron elementni ikkinchisiga qo‘shib bajarib, kombinatsiyalarga yangi xarakatlar kiritiladi va x.k. Bunda o‘rganilayotgan o‘quv materiali sifat va (miqdor jixatdan xam) yangicha ifodaga ega bo‘ladi, xamda organizmga boshqacharoq ta’sir etadi va zarur o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bir xil mashqlardan turlicha uslubiy jixatdan xilma-xil o‘zgartirish (yo‘naltirilgan reglamentlash, ijro etishning o‘yin yoki musobaqa formalaridan foydalanish va x.k.) yo‘li bilan amalga oshirishmumkin. Gimnastikaning uslubiy xususiyatlari bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. ularni to‘g‘ri xisobga olib ish ko‘rilsa, shug‘ullanuvchilarning xar yoqlama umumiy jismoniy tayyorgarligi, xarakatlantiruvchi qobiliyatlarini garmonik rivojlantirish vazifalari, shuningdek ta’lim-tarbiya vazifalari muvaffaqiyatliroq xal etiladi. Download 115.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling