Reja: Gimnastikaning vujudga kelishi. Gimnastikaning vositalari


Gimnastikaning asosiy vositalari


Download 115.24 Kb.
bet5/11
Sana24.01.2023
Hajmi115.24 Kb.
#1114625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu 1 gimnastika

Gimnastikaning asosiy vositalari. Maxsus ishlab chiqilgan xarakat formalari gimnastikaningtipik vositalari (mashqlari) xisoblanadi. Ular yordamida odamning xayotiy muxim xarakatlantiruvchi qobiliyatlari takomillashtiriladi. Ko‘p mashqlar odamlarning mexnat xarbiy va turmush faoliyatidan (yurish, yugurish, tirmashibchiqish, sakrash, emaklash, muvozanat saqlash,uloqtirish,to‘siqlardanoshibo‘tish,yuktashishva v,k.) olingan.7Jismoniy tarbiya amaliyoti xaqidagi ilmiy bilimlar rivojlana borgan sayin bir butun xarakatlantiruvchi faoliyatdan ajratib olingan elementar xarakatlardan iborat mashqlar paydo bo‘la boshladi. Bu mashqlar asosan xarakat asoslarini o‘rgatish uchun, jismoniy xislatlarni rivojlantirish va turli pedagogik vazifalarni xal etish uchun qo‘llaniladi.Tananing ayrim a’zolariga mo‘ljallangan xamda turli gimnastika asboblarida ijro etiladigan mashqlar shular qatorigakiradi. Gimnastika mashqlari pedagogik vazifalarga xamda xarakatlantiruvchi faoliyat strukturasiga muvofiq tarzda quyidagi asosiy guruxlarga bo‘linadi:
1. Saf mashqlari--safda birgalikda bajariladigan, shug‘ullanuvchilarda uyushqoqlik va intizomni, jamoa bo‘lib xarakat qilish malakalarini, qad qomatni (safdagidek, qomat tutishni) tarbiyalashga, shuningdek, ritm va sur’at xissini tarbiyalashga yordamlashadigan xarakatlardir. Saf mashqlaridan bir tomondan jismoniy xarakat mashg‘ulotlarini (ayniqsa mashg‘ulotning jamo shakllarida) oqilona uyushtirish usuli sifatida foydalaniladi, ikkinchi tomondan esa undan inson organizmini shakllantiradigan va rivojlantiradigan, uyushgan xatti-xarakat ko‘nikma va malakalarni tarbiyalaydigan muayyan xarakatlantiruvchi faoliyat sifatidafoydalaniladi.
2. Umumrivojlantiruvchi mashqlar-ko‘proq ayrim bo‘g‘in,qismlarida bajariladigan,ya’ni xar yoqlama jismoniy tayyorgarlik uchun, organizmning fuknsional imkoniyatlarini kengaytirish va qad qomatni tarbiyalash uchun qo‘llaniladigan mashqlardir. Ular ayrim muskul guruxlariga,tana a’zolariga aloxida, shuningdek, butun harakatlantiruvchi apparatga umumiy ta’sir ko‘rsatadi, xilma-xil ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonini yengillashtiradi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar kishiga shunday dastlabki elementar ko‘nikma va malakalarni egallab olish imkonini beradiki, ulardan kishi keyinchalik o‘z xarakatlantiruvchi qobiliyatlarini takomillashtirish maqsadida xar qanday murakkablikka ega bo‘lgan yaxlit xarakatlantiruvchi faoliyatni tashkil qilishda foydalanadi.
3.Erkin mashqlar – tana ayrim a’zolari bilan qiligadigan turlixarakatlarni, shuningdek, akrobatik va xoreografik mashqlarni birga qo‘shib bajarishdir. Ular (birga ko‘shib bajarilishlarni, davomiyligini sekin-asta marakkablashtira borish yo‘li bilan) belgilangan talabalarga binoan uzluksiz kompozitsiya tarzida tuziladi. Ulardan asosiy maqsad-koordinatsion qobiliyatni takomillashtirish, ritm va xarakat go‘zalligi xissini tarbiyalashdir. Ular xarakat uslubini shakllantirishning samarali vositasi xisoblanadi. erkin mashqlar buyumlarsiz (sport gimnastikasida) va qo‘lga turli buyumlar olib (o‘quv maqsadlarida badiiy gimnastikada va gimnastikachilarning ommaviy chiqishlarida) ijro etiladi. Erkin mashqlarining kompleks xarakterda ekanligi, ayniqsa ular ko‘p martalab takrorlanganda; ulardan kishi organizmi funksional imkoniyatlarini, ya’ni ishga yaroqliligi-qobiliyati va tayyorgarligini oshirish maqsadida xam foydalanish imkonini beradi.
4. Amaliy mashqlar- yurish, yugurish, uloqtirish, tirmashib chiqish, oshib o‘tish, emaklab o‘tish, muvozanat saqlash, to‘siqlardan oshib o‘tish va h.k. shug‘ullanuvchilar ular yordamida xayotiy zarur ko‘nikma, malakalarni egallaydilar, xilma-xil sharoitda qo‘llanishni o‘rganadilar.
5. Sakrash (tayanmay va tayanib) sakrovchanlikni rivojlantirish, shuningdek, oyoq va qo‘llarning kuchini, xarakat tezligi va aniqligini, chaqqonlik va dadillikni rivojlantirish uchun qo‘llaniladi. Sakrash shug‘ullanuvchilar organizmining funksional xolatini yaxshilabgina qolmay, balki organizmga umumiy ta’sir xam ko‘rsatadi. Sakrash ijro etilayotganda muskulla rishidagi «portlovchan» lik tipik bir xoldir.
6.Asboblarda (ot, xalqalar, bruslar, turnik, yakkacho‘pda) bajariladigan mashqlar- sport gimnastikasining eng xarakterli vositalaridir. Ulardan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad - gavda va xarakatlarni boshqarish malakasini takomillashtirishdir. Bundan tashqari, bu mashqlar shug‘ullanuvchilarni jismoniy tayyorlash uchun xamqo‘llaniladi.8
7.Akrobatika mashqlari akrobatik sakrashlar va statik xolatlarni xam o‘z ichiga olgan muvozanat saqlash mashqlarini birlashtiradi. Ular turli kontingentlar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlardakuch, chaqqonlik, epchillikni, reaksiyatezligi, fazodamo‘ljalolishni rivojlantirish uchun, shuningdek vestibulyar apparatni mashqqildirish uchun keng qo‘llaniladi.
8.Badiiy gimnastika mashqlari gimnastika asboblari (arg‘amchi, gardish, lenta, to‘p, cho‘qmorlar va x.k.) bilan va gimnastika asboblarisiz ijro etiladigan, shakli jixatidan turlicha raqs xarakteridagi harakatlarning uzviy va birikib ketgan kombinatsiyalaridan iborat bo‘ladi. Ularmusiq jo‘rligida ijro etilib, jismoniy kamolot xamda nafislik, erkinlik va jozibadorlikni tarbiyalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday mashqlar kontingenti xotin-qizlardan iborat mashg‘ulotlarda qo‘llaniladi.
Gimnastikaning asosiy vositalarini kishining maksimal kamol topishi uchun ko‘proq qanday ta’sir ko‘rsatishini xisoblagan xolda quyidagi guruqlarga ajratish mumkin:
a-Jismoniy xislatlar va xarakatlantiruvchi qobiliyatlarni umuman rivojlantirishga qaratilgan mashqlar (saf mashqlari, umumrivojlantiruvchi mashqlar, o‘yin va estafetalar);
b-Xayotiy zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilganmashqlar (amaliy mashqlar, tayanmaysakrashlar);
v- Xarakatlantiruvchi qobiliyat va irodaviy xislatlarni intensiv rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan mashqlar (erkin mashqlar, tayanib sakrashlar, asboblarda bajariladigan mashqlar, akrobatika mashqlari va badiiy gimnastika).
Gimnastika asosiy vositalarining xammasini mana shu taxlitda ajratish gimnastikaning biron turi uchun, turli pedagogik vazifalarni xal qilish uchun muayyan mashqlar tanlashni osonlashtiradi, ko‘pchilik muxim ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish xamda mustaxkamlash, shug‘ullanuvchilarning emotsional kayfiyatini ko‘tarish va mashg‘ulot jarayoniga ishtiyoqni oshirish maqsadida gimnastika mashg‘ulotlarida mashqlar bilan bir qatorda xilma xil xarakatli o‘yinlar keng qo‘llaniladi. Estafetalar o‘tkazganda xam o‘yinlardagi maqsad ko‘zda tutiladiyu, ammo estafetalarda musobaqalashuv elementi ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Gimnastikaning xususiyatlari. Gimnastikaga mashqlarni qat’iy bir me’yorda bajarish va shug‘ullanuvchilar faoliyatini aniq uyushtirish uslubi xos bo‘lib, ana shuning natijasida yangi-yangi malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun eng qulay sharoit, shuningdek oshirilgan ish qobiliyatiga zamin bo‘luvchi tegishli emotsional muxit yaratiladi. quyidagilar gimnastikaning uslubiy xususiyatlariga kiradi:

Download 115.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling