Reja: Guruhiy psixologik maslahatning o`ziga xos jihatlari


Endi boshlayotgan mutaxassisning psixolog-maslahatchi ishi mazmuni bilan tanishishi o`z navbatida quyidagilarni ko`zda tutadi


Download 130.52 Kb.
bet5/11
Sana04.11.2023
Hajmi130.52 Kb.
#1745611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Endi boshlayotgan mutaxassisning psixolog-maslahatchi ishi mazmuni bilan tanishishi o`z navbatida quyidagilarni ko`zda tutadi:
Birinchidan, psixologik maslahat nima ekanligi, psixolog amaliy faoliyati boshqa turidan uning farqi nimadan iboratligi bilan tanishish.
Ikkinchidan, o`z kasbiy vazifalarini yuksak darajada bajara olishi uchun psixolog-maslahatchi nimalarni bilishi va bajarishni bilishi kyerakligini aniqlash.
Uchinchidan, psixologik maslahat asosiy turlari bilan ularga qo`yiladigan asosiy talablar bilan tanishish.
To`rtinchidan, psixolog-maslahatchi ish sharoitlarini bilish, psixologmaslahatchi ish myetodlarini o`zlashtirish ish boshlayotgan psixolog-maslahatchining mijozlar bilan muloqot olib borish uslublarini, psixologik maslahat amaliyotida foydalaniladigan psixodiagnostika myetodlarini egallashni ko`zda tutadi. Ushbu uslub va myetodlar bo`lajak psixolog-maslahatchi tomonidan amaliy, mos ravishdagi maxsus mashg`ulotlar davomida o`zlashtirilishi kyerak. Shunday uslublar va myetodlar qatoriga, xususan, psixolog-maslahatchining mijozga to`g`ridan-to`g`ri psixotyerapyevtik ta'sir ko`rsatish myetodi kiradi.
Turli sohalarda psixologik maslahatlar o`tkazish xususiyatlarini o`rganish zarurligi, birinchidan intim-shaxsiy, oilaviy, amaliy va psixologo-pyedagogik maslahatlar – bular turli narsalar ekanligi, ikkinchidan, psixolog-maslahatchi maslahatlarning ushbu turlari bilan bir xil darajada shug`ullanmasligi va ularga vaqti-vaqti bilan murojaat etib, shunga qaramay barcha ko`rsatilgan sohalarda o`z kasbiy malakasini saqlab qolishi kyerakligi bilan bog`liqdir.
Shu bilan birga psixologik maslahatlar ushbu sohalarida ko`plab xususiy ancha nozik va murakkab o`ziga xos masalalar mavjud. Bu masalalarni bilish uzoq vaqtni, amaliy muvaffaqiyatni hal etish esa mustahkam malaka va ko`nikmalarni talab etadi.
Tajribali mutaxassis rahbarligi ostida amaliyot o`tayotgan psixologmaslahatchi rolida ishlash psixolog-maslahatchiga kasbiy tajriba orttirish va amalda kyerakli malaka va ko`nikmalarni egallab olish uchun zarurdir.
Bularning barchasiga ma'ruzalar tinglash va kitob o`qishdan ko`ra boshqalar tajribalarini o`rganib olish ancha osondir. Bundan tashqari psixolog-maslahatchi amaliy ishida oldindan bilib bo`lmaydigan va o`quv faoliyati davomida qoniqarli javob olib bo`lmaydigan ko`plab kutilmagan masalalar yuzaga kyeladi. Malaka boshqalar kasbiy ishlariga taqlid qilish davomida amaliy ishlab chiqiladi.
Psixolog-maslahatchini tayyorlash qanday boshlanadi, olib boriladi va nimalarga asoslanadi? Psixolog-maslahatchini kasbiy tayyorlash odatda uning umumiy oliy pyedagogik ma'lumot olishidan boshlanadi. Bunday ta'lim umumiy psixologiyani, ijtimoiy psixologiyani, yosh davrlari psixologiyasini, pyedagogik psixologiyani, maxsus psixologiyani, psixofiziologiyani, psixologiya tarixini bilishni o`z ichiga oladi.
Shundan kyeyin psixologga maslahatlar olib borish kyerak bo`ladigan faoliyat turlari psixologik jihatlari bilan bog`liq qator fanlar kyeladi. Bular, xususan, tibbiyot psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, bolalar psixologiyasi, iqtisodiy psixologiya va qator boshqa maxsus fanlar.
Shulardan kyeyin psixolog-maslahatchi maslahat o`tkazish bo`yicha amaliy malakalar va ko`nikmalar ishlab chiqish uchun zarur bo`lgan bilimlarni oladi.
Bu bilimlar psixologik tyestlardan foydalanish (psixodiagnostika), psixologik maslahatning o`zi bilan va nihoyat psixokorryeksiya bilan bog`liq malakalardir.
Bularning barchasi bilan bog`liq o`quv fanlari odatda ancha katta hajmda o`qitiladi va ularni o`rganish faqat ma'ruza shaklida emas, balki syeminar va amaliy mashg`ulotlarni ham o`z ichiga oladi.
Shularning hammasi psixolog-maslahatchini umumiy fundamyental yoki tayanch kasbiy tayyorlashni tashkil etadi va o`qitishning boshlang`ich bosqichi mazmuniga kiradi. Uning yakunlanishi bilan bo`lajak psixolog-maslahatchi psixologik maslahat amaliyotini o`zlashtirish bilan bog`liq mustaqil amaliy ishlarga kirishishi mumkin bo`ladi. Biroq avvaliga bundan ishning darajasi (saviyasi) unchalik yuqori bo`lmaydi, chunki umumiy va maxsus bilimlardan tashqari ishda profyessionalizmga erishish uchun tajriba orttirish zarur.
Hayot psixolog-maslahatchi yaxshi mutaxassis bo`lishi uchun zarur bo`lgan malakalarga erishish o`quv yurtida emas, balki faqat amaliy faoliyati davomida egallashini ko`rsatadi. Bunga bo`lajak psixolog oliy o`quv yurtida bilim olgan vaqt talab etiladi. Shuning uchun haqiqatda vaqt o`tishi bilan yuksak darajali mutaxassis bo`lish uchun psixolog maslahatchi supyervizor rahbarligi ostida ancha ko`p vaqt ishlashi kyerak. Bu ish uchun odatda oliy o`quv yurtini tugatgandan so`ng bir - ikki yil sarflanadi.
Maslahatchi-psixologni kasbiy tayyorlash uning bilim, malakalar, ko`nikmalar to`plamlarini o`zlashtirishidan iborat bo`ladi.

Download 130.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling