Reja: Guruhiy psixologik maslahatning o`ziga xos jihatlari


Download 130.52 Kb.
bet10/11
Sana04.11.2023
Hajmi130.52 Kb.
#1745611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Korreksion guruh turlari
Korryeksion mashg`ulot davomida psixologik tryeningning quyidagi ko`rinishlaridan foydalaniladi:
1. Guruhiy ko`nikmalar tryeningi – bunda qatnashuvchilar o`zini odamlar orasida yaxshiroq tushunishlari va xulq-atvorini baholay olishlari shakllantiriladi.
Bu guruhlarda quyidagi vazifalar qo`yiladi va hal qilinadi: shaxslararo munosabatning yaxshilanishi, kommunikativ ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Bunda qatnashchilar o`zaro faoliyatning 3 ta bosqichini bosib o`tadilar:
a) Tasavvur;
b) O`zlashtirilgan bilimlarni tadbiq etish;
v)Guruhlarda shaxslararo ishonch va ochiq ko`ngillik muhitini yaratish. Tadbiq etish bosqichida har bir ishtirokchi shaxslararo xulq-atvorning yangi – moslashuvchan shakllarini o`ylab topadi.
2. Uchrashuv guruhlari. Insonlarning o`z ijtimoiy tajribalari bilan mustaqil shug`ullana olishlariga yordam byeradi. Bunday guruhlarda maxsus usullar yordamida shaxslararo ishonch, fikrlar va hissiyotlarni erkin ifodalash muhiti kyeltirib chiqariladi.
Guruh qatnashchilari shaxslararo faoliyatning bir qator bosqichlarini qayta ko`rib chiqadi. Bu jarayon quyidagi tarzda amalga oshiriladi: Qatnashchilar juftlikka bo`linadilar va birinchi tasavvurlari bilan o`rtoqlashadilar. Ular o`rtasida ishonch munosabatlari paydo bo`la boshlaydi. Kyeyingi bosqichda esa guruh a'zolari ularni muloqotga kirishishiga qiyinchilik tug`dirayotgan muammolarni diqqat bilan o`rganadilar.
3. Gyeshtalt guruh tryeningi. Bunda ishtirokchilar, avvalo, o`z hissiyotlarini anglab va tahlil qilishni o`rganadilar. Bu guruhlarda qatnashchilar shaxslararo munosabatlardagi muammoli vaziyatlarda qanday pozitsiyada ekanliklarini tushunishlariga yordam byeriladi.
4. Psixodrama guruhi. Bunda mijozga ta'sir ko`rsatadigan hayotiy haqiqiy spyektakllar yoki ba'zi bir vaziyatlar ifodalanadi. Psixodrama boshqa usullarga qaraganda noan'anaviy yo`nalishda olib boriladi. Dastlab guruhda tayyorgarlik mashqlari amalga oshiriladi. Bunda guruh a'zolari psixodramada bajariladigan ma'lum bir rolni bajarib ko`radilar.

Download 130.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling