Spectrum Journal of


Download 158.51 Kb.
bet1/2
Sana14.03.2023
Hajmi158.51 Kb.
#1267197
  1   2
Bog'liq
Jabbarov Oybek maqola





Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development

Volume 11, March., 2023

ISSN (E): 2751-1731

Website: www.sjird.journalspark.org

Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarning ta’lim olishida
axborot kommunikatsiya texnologiyalarining roli.
Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son
kasb-hunar maktabi maxsus fan va informatika fani o’qituvchisi



Jabbarov Oybek Aminovich


Abstract:Ko’zi ojiz o’quvchilar bilan individual ishlar olib borish,sohadagi bilimlarni ularga tadbiq etish va tanishtirish


Kalit so’zlar: AKT,ojiz va zaif ko’ruvchilar,dasturlash tillari,kompyuter,electron jadvallar.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, xususan ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Mazkur yo‘nalishdagi islohotlarning izchilligi va tizimliligini ta’minlash, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarning ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, ularning jamiyatga moslashuviga ko‘maklashish hamda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 2022-yil 18-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta’lim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-209-sonli qarori chiqarildi.
Albatta, nogironligi bor bolalar jamiyatimizning bir bo’lagi, ular ham sog’lom bolalar kabi bilim olish huquqiga ega. Shunday ekan ularning bilim olishlari uchun ham yetarlicha shart – sharoitlar yaratilishi kerak.
Xususan, ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim olishlarida AKT ning o’rni katta. Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarning ko’pchiligining xotirasi sog’lom bolalarnikiga qaraganda kuchliroq bo’lishi kuzatiladi. Demak, ular eshitganini yoki bajargan amallarini yaxshi eslab qoladilar. Bu turdagi o’quvchilar kompyuterda biror amal yoki algoritmni bajarsalar uni qaytadan takrorlash ular uchun unchalik qiyin emas. Ko’zi ojiz bolalar kompyuterdagi audio axborotlardan foydalanib bilimlarini oshirib borishi samarali. Buning uchun ularga kompyuterni boshqarishni o’rgatish kerak. Lekin, ular uzundan uzoq amallar
95

ketma-ketligini eslab qolishlari mushkul. Ularga bajargan amallarini gapirib turadigan dastur kerak. Bu borada dunyo dasturchilari ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun shaxsiy kompyuter hamda mobil qurilmalardan foydalanishda ularga ko’makchi bo’ladigan dasturiy vositalari yaratishgan. Lekin, bu ilovalar boshqa tillarda bo’lgani shu tilni yaxshi bilmaydigan bolalarga qiyinlik qiladi. Bu dasturdan qanday foydalanish to’g’risida o’zbek tilida yo’riqnomalar mavjud emas.
Shaxsiy kompyuterlarni boshqarishda eng ko’p tarqalgan dasturlarga JAWS va NVDA dasturlarini misol qilamiz. Bu ikkala dastur bir biridan unchalik farq qilmaydi.
JAWS tarixi -ko’zi ojizlar uchun ekran yordamchilari orasida birinchi bo’lib JAWS ta’sis etilgan. Wikipedia ma’lumotiga ko’ra ushbu dastur 1978-yilda yo’l transport hodisasi tufayli ko’z nuridan ajragan sobiq motosiklchi Ted Henter tomonidan 1989-yilda chiqarilgan. Henter ushbu loyihani amalga oshirish uchun 1985-yilda Joys tomonidan 186000 dollarlik sarmoyani qabul qiladi va Henter- Joys korporatsiyasini tashkil etadi. 1990- yilda Joys o’z ulushini Henterga sotadi. 2000-yilning aprel oyida Henter-Joys kompaniyasi Blazie Engineering va Arkenstone Inc bilan birlashgan holda Freedom Scientific kompaniyasi hosil bo’ladi. Dastur dastlab, MS-DOS operatsion tizimi uchun yaratilgan bo'lib 1995-yil yanvar oyida Windows tizimi uchun 1.0 versiyasi e’lon qilingan. Shundan buyon har yili dasuturning takomillashtirilgan yangi versiyalari ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi kunda ushbu dasturning so’nggi versiyasi 2022-yil holatiga ko’ra “JAWS 2022.2207.25” bo’lib turibdi.
NVDA tarixi - NVDA inglizchadan (NonVisual Desktop Access) so’zlarining qisqartmasi bo’lib, 2006-yil Maykl Curran tomonidan ishlab chiqilgan. Maykl Curran Microsoft SAPI bilan Python ekran diktorini nutq vositasi sifatida ishlab chiqishga kirishdi. Asosiy maqsad — turli tijoriy yo’llar bilan taklif etiluvchi ekran diktorlari o’rnini bosa oladigan bepul dastr yaratish bo’lgan. 2006-yil oxiriga kelib muallif o’zining NVDA (NonVisual Desktop Access) loyihasini e’lon qiladi va kelasi yil 0.5 versiyasini taqdim etadi. Shundan so’ng yildan yilga dastur barqaror o’sishda davom etib imkoniyatlari oshirib borildi. Bugungi kunda NVDA barcha operatsion tizimlarni qo’llab-quvvatlaydi va JAWS ning asosiy kuchli raqobatchisiga aylandi. 2022-yil holatiga ko’ra dasturning so’nggi versiyasi — “NVDA 2022.4”.
JAWS va NVDA ning asosiy farqlari. Ikki dasturiy ta’minotning ham maqsadi bir - ya’ni ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi kishilar uchun kompyuterdan foydalanishda yordamchi bo’lish. Ularning birini ustun qo’yish fikridan yiroqman. Shunday

96
bo’lsada, ularning bir-birini takrorlamagan ba’zi xususiyatlarini ko’rib chiqishimiz mumkin.


Dasturni izlab topish va yuklab olish bo’yicha farqlar. Dasturni yuqorida keltirilgan o’zining rasmiy saytlaridan izlab topish mumkin. JAWS rasmiy saytida demo versiyasini taqdim etadi. Demo versiyasida dastur kompyuterni har gal qayta ishga tushirilganda 40 daqiqagacha ishlaydi va to’liq ishlashi uchun litsenziya sotib olish kerakligini ogohlantiradi. Anglaganingizdek, JAWS pullik hisoblanadi. Lekin internet sahifalarida uning litsenziyasini bosuvchi “vzlom” qilingan versiyalari ham bor. Dastur hajmi yangi versiyalarida 500 mb dan oshadi. NVDA dasturini esa rasmiy saytidan bepul yuklash mumkin, hajmi 20 mb dan biroz oshadi. Dasturni qulay ishlashi uchun qo’shimcha nutq sintezatorlarini mustaqil ravishda o’rnatish, NVDA ning asosiy xususiyatlarini kengaytirish kerak. Ushbu manzilda qo’shimcha komponentlar o’rin olgan.
Dasturni o’rnatish, ishga tushirish bo’yicha farqlar. Menimcha, ushbu yo’nalishda NVDA qulay. Nega deganda, ushbu dasturni bir marta o’rnatib, barcha komponentlarni alohida o’rnatgandan so’ng uning portativ versiyasini yaratib olish mumkin. Portative versiya yordamida dasturni USB kartalarga yuklab boshqa kompyuterga o’rnatmagan holda ham foydalansa bo’ladi. JAWS esa har safar undan foydalanish uchun konfiguratsiyani to’liq o’rnatishni talab qiladi.
Internet uchun afzalliklar. Har ikki dastur internetning barcha mashhur brauserlar bilan munosabatga kirisha oladi. Bu yo’nalishda JAWS imkoniyatlari biroz ko’proq, nazarimda. Chunki ushbu dastur yordamida sichqoncha kursori bilan yaxshi ishlash mumkin, birgina “F6” va “F7” tugmalari orqali sahifadagi sarlavhalar va linklarni ajratib olib tanishish mumkin.
Elektron ma’lumotlar, jadvallar bilan ishlash. Elektron ma’lumotlardagi hujjat nomlari, sarlavhalar, tasvirlar, xatcho’plar, jadvallar, shakllar, ro’yxatlar va havolalar kabi turli xil elementlarni ovozlashtirishda NVDA ancha ilgarilab ketgan. Kursor hujjatning nechanchi qatorida, nechanchi sahifasida, qaysi yacheykasida turgani kabi kichik detallarni shu dastur yaxshiroq tanishtiradi.
Xulosa. Har ikkala dasturning ham o’z muxlislari va foydalanuvchilari keraklicha topiladi. Hattoki ushbu dasturlardan tashqari ham ekran disktoplari mavjud. Lekin ularning imkoniyatlari hali raqobat darajasida emas. NVDA paydo bo’lgunga qadar JAWS eng ko’p so’ralgan dastur bo’lganligini ham unutmasligimiz kerak.

97




Download 158.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling