Reja: Guruhiy psixologik maslahatning o`ziga xos jihatlari


Psixolog-konsultantlarni tayyorlash jarayonida guruhiy psixologik maslahatni qo`llash


Download 130.52 Kb.
bet4/11
Sana04.11.2023
Hajmi130.52 Kb.
#1745611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Psixolog-konsultantlarni tayyorlash jarayonida guruhiy psixologik maslahatni qo`llash
Psixolog-maslahatchini kasbiy tayyorlash har qanday psixolog uchun majburiy bo`lgan umumta'lim ilmiy tayyorgarlikdan tashqari (unga har qanday ixtisosdagi profyessional psixolog uchun zarur bo`lgan ilmiy bilimlar minimumi kiradi) kyerakli kasbiy sohasida, maslahat byerish sohasida ixtisoslashishni ko`zda tutuvchi psixologiyaning qator bo`limlarini o`zlashtirishni ham o`z ichiga oladi.
Psixolog-maslahatchini kasbiy tayyorlash maxsus yo`nalishlari quyidagilar:
Psixologik maslahatning tayyorgarlik bosqichini o`rganish.
Psixolog-maslahatchi ishlari mazmuni to`g`risidagi ma'lumotlarni o`zlashtirish.
Psixolog-maslahatchining mijozlar bilan ishlash myetodlarini egallab olish.
Quyidagi maxsus sohalarda psixologik maslahat o`tkazish xususiyatlari bilan tanishish: oilaviy maslahatlar, amaliy maslahatlar, psixologopyedagogik maslahatlar, intim-shaxsiy maslahat o`tkazish.
Psixolog-maslahatchining ancha tajribali psixolog-maslahatchi – supyervizor rahbarligi ostida ishlashi. Psixologik maslahat ishlariga tayyorgarlik jarayonini o`rganish tashkiliy masalalar to`plami, shu jumladan maslahat byerish sohasi, maslahat ishlari boshlanish vaqtini tanlashdan iborat masalalarni diqqat bilan o`rganib chiqishni o`z ichiga oladi.
Psixolog-maslahatchi amaliy mazmunda muammoni hal qilishni bilishi kyerak bo`lgan aniq masalalar qatorida quyidagilarni ko`rsatishi mumkin:
Mijozlar aniq doirasini – psixologik maslahat olishga kyeluvchilarni, psixologik maslahat ishlari mazmuniga ularning mumkin bo`lgan muammolarining bog`liqligini va maslahatchi bo`lib ishlovchi psixologlarga qo`yilishi mumkin bo`lgan kasbiy talablarga bog`liqligini aniqlash.
Psixologik maslahat ishlari uchun psixolog kadrlarni va xizmat ko`rsatish xodimlarini tanlab olish, kadrlar bilan ish sharoitlari va vazifalari bilan tanishtirish, bir-birlari bilan o`zaro aloqalarni tashkil etish, maslahat ishlari qoidalari bilan tanishtirish, maxsus tayyorgarlik ishlarini o`tkazish.
Maslahatlar amaliy ishlarni boshlash uchun moddiy baza va hujjatlarni tayyorlash.
Mumkin bo`lgan mijozlar orasida maslahat ishlari to`g`risida ma'lumotlarni tayyorlash va tarqatish.
Psixolog-maslahatchi ishini tashkil qilish bilan tanishish psixologik maslahat qanday tashkil qilinishi, buning uchun kyerak bo`lgan uskunalar minimumiga nimalar kirishi, psixologik maslahat va psixolog-maslahatchi uchun qulay ish tartibi qanday bo`lishini, psixologik maslahat ishlari davomida sharoit qanday bo`lishi kyerakligi va qator boshqa masalalarni o`z ichiga oladi.

Download 130.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling