Reja: Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha
Hayot faoliyati xavfsizligi (HFX)
Download 32.84 Kb.
|
Hayot faoliyati hasizligi malaka talablari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy
Hayot faoliyati xavfsizligi (HFX) — ishlab chiqarish va noishlab chiqarish muhitida insonni atrof muhitga ta’sirini hisobga olgan holda xavfsizligini taminlashga yoʻnaltirilgan bilimlar sistemasidir.
HFXning maqsadi ishlab chiqarishda avariyasiz holatga erishish, jarohatlanishni oldini olish, insonlar sogʻligini saqlash, mehnat qobiliyatini va mehnat sifatini oshirish hisoblanadi. Qoʻyilgan maqsadga erishish uchun quyidagi ikki masalani yechish lozim boʻladi: 1. Ilmiy (inson-mashina sistemasini; atrof muhit-inson, xavfli (zararli) ishlab chiqarish omillari va boshqalarni matematik modellashtirish); 2. Amaliy (uskunalarga xizmat koʻrsatishda mehnat xavfsizligini taminlash). Hayotiy jarayonda insonni atrof-muhit va uning tashkil etuvchilari bilan oʻzaro ta’siri YU.N.Kurjakovskiyning «Hayot faqat moddalar, energiyalar va informatsiyalar oqimlarini tirik tana orqali harakati jarayonida mavjud boʻla oladi» degan hayotni saqlash qonuniga mos holda elementlar orasidagi moddalar massasining, barcha turdagi energiyalar va informatsiyalarning oqimlari sistemasiga asoslan. Inson hayoti jarayonida uni oʻrab turgan atrof muhit bilan uzluksiz aloqada boʻladi va shu bilan birga har doim uni oʻrab turgan muhitga bogʻliq boʻlib kelgan va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham oʻzini oʻrab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga boʻlgan ehtiyojini qanoatlantiradi. Atrof-muhit –bu insonni oʻrab turgan muhit boʻlib, insonning hayot faoliyatiga, uning sogʻligi va nasliga toʻgʻridan toʻgʻri, birdan urinma yoki masofadan ta’sir yetishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, kimyoviy, biologik, informatsion, ijtimoiy) shartli yigʻindisidir. Inson va atrof-muhit uzluksiz oʻzaro ta’sirda boʻlib, doimiy harakatdagi «Inson – atrof muhit» sistemasini tashkil etadi. Dunyoning evolyutsion jarayonida bu sistemani tashkil etuvchilar uzluksiz oʻzgarib bordi. Inson mukammallashdi, yer sharining aholisi va uning oqimi oʻsdi, jamiyatning ijtimoiy asosi oʻzgardi. Atrof-muhit oʻzgardi: inson oʻzlashtirgan yer yuzi va yer osti hududi kattalashdi; tabiiy tabiat muhiti insoniyat jamiyatining oʻsib borayotgan ta’sirini boshdan kechirmoqda, inson tomonidan sun’iy yaratilgan maishiy, shahar va ishlab chiqarish muhiti paydo boʻldi. Tabiiy muhit oʻzi mukammal boʻlib, inson ishtirokisiz mustaqil mavjud boʻla oladi va rivojlanaoladi. Inson tomonidan yaratilgan boshqa barcha borliq muhiti mustaqil rivojlana olmaydi va ular paydo boʻlganidan soʻng eskirishga va emirilishga mahkum narsalardir. Insoniyat oʻzining dastlabki rivojlanish bosqichida tabiiy atrof-muhit bilan oʻzaro uygʻun harakat qilgan. Atrof-muhit asosan biosfera, yer osti, gallaktika va cheksiz koinotdan tashkil topgan. Download 32.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling