Reja: Huquq shakli (manbai) tushunchasining mazmuni


birinchidan, vakolatli davlat organlari yoki umumxalq ovoz berishi orqali qabul qilinadigan qonunlar va boshqa normativ hujjatlar; ikkinchidan


Download 140.5 Kb.
bet6/9
Sana23.12.2022
Hajmi140.5 Kb.
#1046067
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
HUQUQ SHAKLLARI (MANBALARI) TUSHUNCHASI VA TURLARI

birinchidan, vakolatli davlat organlari yoki umumxalq ovoz berishi orqali qabul qilinadigan qonunlar va boshqa normativ hujjatlar;
ikkinchidan, sud pretsedentlari yoki sud amaliyotining boshqa huquq ijodkorligi yо`li;
uchinchidan, diniy manbalar (muqaddas yozuvlar, kitoblar, sharhlar);
tо`rtinchidan, iqtisodiy nodavlat hayotidagi shakllangan urflar va odatlar;
beshinchidan, xalqaro huquqning umum`tirof etgan prinsiplari va har bir davlat tomonidan belgilangan tartibda ratifikatsiya qilingan shartnomalar, paktlar, konvensiyalar.
Hozirgi zamon milliy huquq tizimlari huquq manbalarining asosiy xususiyatlari
Milliy huquq tizimlari kо`pincha muayyan davlatda qо`llaniladigan о`ziga xos umumiy xususiyatlar bilan birga huquq oilasidagi «qarindosh» kontinental, umumiy va diniy huquq kabi huquq manbalari bilan bir-biridan farq qiladi.
Masalan, roman-german huquqi mamlakati bо`lgan Fransiyaga qonunlarning ma`muriy huquq sohasidagi yetakchiligi xosdir. Bu yerda rivojlangan ma`muriy adliya tizimining (ya`ni ma`muriy ishlarni kо`rib chiqishning maxsus sud tizimi) mavjudligi tufayli о`ziga xos sud pretsedenti - ma`muriy adliya sudlari qarorlarining katta ta`siri sezilib turadi. Bunday pretsendentlarning yuzaga kelishida ma`muriy adliyaning oliy bosqichi hisoblangan Fransiya Davlat Kengashi asosiy rol о`ynaydi. Aynan sud amaliyoti normativ hujjatlarni yozishga murojaat qilmay turib, ma`muriy huquqning asosiy normalarini shakllantirdi. Bundan farqli ravishda, Fransiya fuqarolik huquqi qonun normalariga avvalo, Fransiya Fuqarolik Kodeksiga, shuningdek, tartibga soluvchi hukumat normalariga asoslanadi. Ushbu doiradagina fuqarolik nizolarini hal qilishda sud amaliyoti normativ ahamiyatga ega. Biroq unda ham sud tomonidan Fuqarolik Kodeksi va qonunlarni sharhlash fransuz fuqarolik huquqini tushuntirish va qо`llashning majburiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Shunga qaramay, «pretsendentli» umumiy huquq (common law)ning an`analari va ahamiyati juda katta bо`lgan AQShda ham, , qonun huquq manbalari tizimida yetakchi о`rin tutadi. Aynan qonun oliy yuridik kuchga ega. Parlament, sud va ma`muriy amaliyot esa qonunni sharhlash, qо`llash va rivojlantirish, hokimiyat tarmoqlari tegishli organlarining faoliyatini tashkil qilish va xususiy huquq masalalarini yechishda muhim ahamiyatga ega.
XX asrda sud va ma`muriy amaliyotning ta`siri mintaqaviy huquq tizimidagi boshqa mamlakatlarda sezilarli о`sdi.
Ilgari mustamlaka ostida bо`lgan (dominionlar bо`lgan) Osiyo va Afrikaning hozirgi bir qancha davlatlarida ularga xos bо`lgan huquq manbalari bilan bir qatorda turli huquq manbalari va huquq tizimlari uyg`unlashib ketgan. Masalan, Hindistonda qonunlarni pretsendentlar bilan uyg`unlashtiruvchi Yevropa anglosakson tipidagi qonunlarga tayanuvchi davlat, ma`muriy, savdo huquqi bilan bir qatorda asosi musulmon va hindu huquqi bо`lgan diniy huquq manbalari ham amal qiladi.
Afrika mamlakatlarida ham an`anaviy manbalar, turli ijtimoiy guruhlarning urf-odatlari sobiq metropoliyalar huquqlari va maxsus mustamlaka qonunlari uni о`zlashtirgan markaziy va sud hokimiyati qonunlari bilan qо`shilib ketgan. Odat huquqi (huquqiy odatlar) asosan yer, oila va meros huquqini qamrab oladi.
Hozirgi sharoitda Rossiya huquqining boshqa xorijiy davlatlar bilan aloqasi sezilarli о`sdi. Shuning uchun malakali yuristlarni tayyorlashda xorijiy davlatlardagi huquq normalarini ifodalash va mustahkamlash manbalari (shakllari)ni о`rganish zarur. Bu faqat yuristlar dunyoqarashini kengaytirish uchungina emas, mazkur bilimlarni bо`lajak mutaxassislarning faoliyatida amaliy qо`llash uchun ham zarur.
Hozirgi dunyoda xalqaro huquq, xalqaro tashkilotlar (birinchi navbatda BMT)ning paktlari, deklaratsiyalari, rezolyusiyalari orqali namoyon qilingan. Ular milliy huquq tizimlari - shaxs huquqlari va erkinliklarining aniq muammolarini о`z ichiga oladi. Shaxs xalqaro huquq subyekti hisoblanadi. Bu soha, о`z-о`zidan, faqat xalqaro munosabatlarnigina emas, balki mamlakat ichidagi munosabatlarni tartibga solishga ham faol aralashadi. U butun huquq tizimiga, uning kо`pgina tarmoqlariga, avvalambor, konstitusiyaviy huquqqa bevosita ta`sir kо`rsatadi.
О`zbekistonda xalqaro huquqning umume`tirof etgan normalari va amaldagi Konstitusiyaga muvofiq, tan olinadi va kafolatlanadi.
О`z-о`zidan ma`lumki, milliy huquq tizimiga «kirib kelish»ning yо`nalishlari turlicha. U xalqaro ommaviy va xalqaro xususiy huquq tomonidan ham amalga oshiriladi.
Nizolar va mojarolarni hal qilish tartibini boshqarib turuvchi xalqaro protsessual huquqning vazifalari ham sezilarli darajada kengaymoqda.
Xalqaro huquq hozirgi zamon taraqqiyotida о`sib borayotgan umumjahon huquqiga aylanmoqda. Bu insoniyatning global muammolarini hal qilishdagi manfaatlariga javob beradi.



Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling