Reja: Huquq shakli (manbai) tushunchasining mazmuni
Davlat hokimiyati mahalliy ijroiya organlarining qarorlari
Download 140.5 Kb.
|
HUQUQ SHAKLLARI (MANBALARI) TUSHUNCHASI VA TURLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonunosti hujjatlari
- О `zbekiston Respublakasi Prezidentining farmonlari
- О `zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarorlari
6. Davlat hokimiyati mahalliy ijroiya organlarining qarorlari.
Normativ-huquqiy hujjatlar iyerarxiyasi shuni talab qiladiki, davlat hokimiyatning quyi vakillik organlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar yuqori turuvchi organlarning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq kelishi kerak. Davlat hokimiyati ijroiya organlarining normativ-huquqiy hujjatlari esa vakillik organlari hamda yuqori turuvchi ijroiya organlarning normativ-huquqiy hujjat-lariga muvofiq kelishi zarur. Huquq normalari talablarining О`zbekiston Respublikasi fuqaro-lari, xorijliklar va fuqaroligi bо`lmagan shaxslar uchun maj-buriyligi huquqning umumiy prinsipi hisoblanadi. Lekin istisnolar ham mavjud. Masalan, «Harbiy majburiyat va harbiy xizmat tо`g`risidagi qonun»ning talablari faqat О`zbekiston fuqarolariga tegishlidir. «Referendum tо`g`risidagi qonun»ga binoan referendumda faqat О`zbekiston Respublikasining fuqarolari qatnashishi mumkin. Bundan tashqari, amaldagi qonunlar va О`zbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq, diplomatik daxlsizlik huquqidan foyda-lanuvchi xorijiy fuqarolar ham bundan mustasno. Elchilar, huquq-buzarliklar sodir etgan hollarda, ularga nisbatan Jinoyat kodeksi va Ma`muriy javobgarlik tо`g`risidagi kodeks amal qilmaydi. Qonunosti hujjatlari – qonunlar asosida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlardir. Ularga quyidagilar kiradi: 1) О`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari; 2) О`zbekiston hukumatining qarorlari; 3) boshqa ijroiya hokimiyat organlarining hujjatlari; 4) joylardagi ijroiya organlarning normativ hujjatlari. Ushbu qonunosti hujjatlari tizimida О`zbekiston Respublakasi Prezidentining farmonlari alohida о`rin tutadi, chunki ularni davlat boshlig`i chiqaradi. Ushbu farmonlar normativ xususiyatga ega bо`lishi mumkin. Prezident farmonlari О`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga zid kelishi mumkin emas. О`zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarorlari xо`jalik va madaniy qurilishning eng muhim masalalari bо`yicha qabul qilinadi. Ular odatda umumiy xususiyatga va huquq normalariga ega bо`lib, huquq manbalari hisoblanadi. Ayrim hollarda ijroiya hokimiyat organlarining hujjatlari ushbu organlar tizimidan tashqarida vujudga keluvchi ijtimoiy munosabat-larni tartibga soladi. Bunday vakolatlar Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank va boshqa tashkilotlarda ayniqsa kattadir. О`zbekistonda vazirliklar hamda tashkilotlarning fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor normativ hujjatlarni qayd etish davlat tizimi joriy etilgan. Ushbu vazifa О`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zimmasiga yuklatilgan. Hozirgi davrning asosiy huquqiy tizimlari, qisman, muayyan davlatning milliy huquqiy tizimida qaysi huquq manbalari ustunlik qilishi bilan bir-biridan farq qiladi. Anglosakson huquqi mamlakatlari bо`lgan Angliya, AQSH, Kanada, Avstriya Ittifoqi va boshqalarda huquqiy tizimning asosiy xususiyati bu davlatlarda keyingi qarorlar uchun «namuna» ahamiyatiga ega bо`luvchi va shu bilan huquq normalarini о`rnatuvchi sud prsendentlari, ya`ni sud qarorlarini tan olish va keng qо`llashdan iborat. Yevropa qit`asidagi mamlakatlarda (Fransiya, Ispaniya, Avstriya, GFR va boshqalarda), shu jumladan О`zbekistonda ham qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar: parlament qonunlari, farmonlar yoki davlat rahbarining boshqa hujjatlari va hukumatning hamda alohida vazirlarning tartibga soluvchi hujjatlari huquqning asosiy manbalari hisoblanadi. Osiyo qit`asidagi mamlakatlarda qonunlar va davlat organlarining boshqa hujjatlari bilan bir qatorda diniy manbalarga asoslangan musulmon, hindu, yahudiy huquqlari, shuningdek, jamoa hayoti an`analari huquqning rivojlanishida muhim rol о`ynaydi. An`anaviy huquq davlat hujjatlari bilan bir qatorda Afrika, Lotin Amerikasining kо`plab mamlakatlari uchun ham xosdir. Odatlar yoki siyosiy hayotning savdo munosabatlari; oiladagi yoki boshqa kundalik turmush munosabatlaridagi an`analar taraqqiy etgan kо`pgina davlatlarda ham ma`lum ma`noda bо`lsa-da, yuridik ahamiyatga ega. Jumladan, bir qator Yevropa davlatlarida parlament bilan bir qatorda ma`muriy amaliyotda qirollik hokimiyatining kо`plab huquqiy institutlari hukumat tuzishda, an`anaviy boshqaruv organlarining faoliyati qat`iy amal qiladi. Biroq ayni paytda о`tmishdagiga qaraganda ular birmuncha zamonaviylashgan, yozilmagan urf-odatlarga asoslangan (masalan Buyuk Britaniya vazirlar mahkamasini tuzish va uning tarkibi). Nihoyat, ba`zi mamlakatlarda an`anaviy ahloqiy normalarning huquqiy munosabatlarga bevosita ta`siri saqlanib qolgan. Bu musulmon, hindu, yahudiy huquqlarining diniy va an`anaviy huquq tizimlariga taalluqli. Lekin ahloqiy normalarning huquqiy munosabatlarga ta`siri Yaponiya va Xitoyda alohida ahamiyatga ega. Bu yerda mulkchilik, mulkiy majburiyatlar, sud huquqining asosiy munosabatlariga konfusiylik va boshqa ahloqiy ta`limotlarning ta`siri katta. Nizolarni hal qilish va javobgarlikni belgilashda davlat qonunlaridan, ayniqsa, sudga murojaat qilishdan oldin tomonlarning kelishib olishlariga urg`u beriladi, ya`ni ahloqiy normalar afzal kо`riladi. Shu bilan birga, Yaponiya va Xitoyning hozirgi huquq tizimi g`arbiy huquq tizimlari va xitoycha sotsializm ta`siri ostida anchagina zamonaviylashgan. Hozirgi zamon hamjamiyatida davlatlar о`rtasidagi tinchlik va hamkorlik munosabatlari mustahkamlanmoqda va rivojlanmoqda. Bu esa davlatlar о`rtasidagi nizolar va mojarolarni hal qilishga, shuningdek, BMT Nizomi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga hamda ular asosida ishlab chiqilgan paktlar, konvensiyalar, davlatlar о`rtasidagi shartnomalar va xalqaro huquqning umume`tirof etgan prinsiplari, normalariga asoslangan huquqiy normalarni barcha davlatlar uchun bir xilda qо`llashga imkon bermoqda. XX asrdagi ikki jahon urushidan sо`ng bosqinchilik urushlarining xalqlar uchun halokatli ekanligini tan olgan, BMT a`zosi bо`lgan davlatlar xalqaro huquq normalariga faqat davlatlar о`rtasidagi tashqi siyosiy munosabatlarda emas, balki har bir davlatning ichki hayotida, ularning ijtimoiy va iqtisodiy manosabatlarida ham amal qilinishini ta`minlovchi xalqaro hamkorlik tizimini yaratdilar. Shuning uchun xalqaro huquqning umume`tirof etgan prinsiplari, normalari va davlatlar о`rtasidagi shartnomalar (ikki tomonlama va kо`p tomonlama), jahon hamjamiyati a`zolari bо`lgan davlatlarning konstitusiyalari, qonunlari va odatlari tomonidan ushbu davlatlar huquqiy tizimning tarkibiy qismi, ya`ni davlat ichki huquqlarining manbai sifatida tan olinadi. Masalan, Fransiya Konstitusiyasining 55-moddasida ratifikatsiya qilingan yoki tasdiqlangan shartnomalar har bir shartnoma yoki bitim ikkinchi tomon e`lon qilinishi bilanoq qо`llay boshlaganda ichki qonunlardan ustun kuchga ega bо`lishi belgilab qо`yilgan. Italiya Konstitusiyasining 10-moddasiga muvofiq, Italiya huquqiy tartibi xalqaro huquqning umume`tirof etgan normalariga muvofiqlashtiriladi. 11-modda esa «urush boshqa xalqlarning erkiga tajovuz qilish vositasi sifatida tan olinmaydi va xalqlar tinchligi va adolatini ta`minlovchi tartib uchun zarur bо`lgan suverenitetini cheklashga boshqa davlatlar bilan о`zaro kelishilgan hollarda yо`l qо`yilishi nazarda tutiladi. GFR Asosiy qonunining 25-moddasiga muvofiq, xalqaro huquqning umumiy normalari Federatsiya huquqining umumiy normalari Federatsiya huquqining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular qonunlardan ustunlikka ega va federal hudud aholisining bevosita huquq va majburiyatlarini keltirib chiqaradi. Shunga о`xshash normalar Ispaniya (93-96-moddalari), Gretsiya (28-moddasi), Yaponiya (98-moddasi) va boshqa davlatlarning konstitusiyalarida mustahkamlab qо`yilgan. Tegishli holat Rossiya Federatsiyasi Konstitusiyasining 15-moddasida ham mavjud (bu haqda quyida sо`z yuritiladi). Shunday qilib, taraqqiy etgan davlatlarda quyidagilar rasmiy bayon qilish va ijobiy milliy huquqning normalarini mustahkamlashning asosiy manbalari yoki shakllari hisoblanadi: Download 140.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling