Reja: Huquq shakli (manbai) tushunchasining mazmuni


Download 140.5 Kb.
bet2/9
Sana23.12.2022
Hajmi140.5 Kb.
#1046067
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
HUQUQ SHAKLLARI (MANBALARI) TUSHUNCHASI VA TURLARI

Referendum – davlat va jamiyat hayotining har qanday muhim masalalari bо`yicha umumxalq ovoz berishidir. Faqat uni umumxalq muhokamasi bilan almashtirish kerak emas. Umumxalq muhokamasi referendumdan farq qiladi. Ma`lum ma`noda, «plebissit» tushunchasini referendumning sinonimi sifatida keltirish mumkin. Referendum akti huquqning demokratik shakli hisoblanadi. Ammo uni turli sharoitlarda ham optimal yechim ishlab chiqishning eng yaxshi uslubi deyishga asos bо`lmaydi.
Referendumlar umumdavlat va maxalliy miqyosida bо`ladi. Referendumga chiqarilgan masalalar bо`yicha qarorlar, referendumda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan kо`pi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan deb hisoblanadi: referendumda qabul qilingan qarorni о`zgartirish yoki bekor qilish faqatgina referendum yо`li bilan amalga oshiriladi.
Sobiq Ittifoq xududida ilgarigi qonunda referendum deganda bevosita demokratiya shakli nazarda tutilgan bо`lsa-da, biroq amalda sо`nggi yillarda о`tkaziladigan bо`ldi. Masalan, 1991 yilning 29 dekabrda referendum yо`li bilan О`zbekistonda davlat mustaqilligi tasdiqlandi.
Hozirgi kunda jahon amaliyoti kо`proq referendumlardan mahalliy masalalarni, ya`ni soliq ishlarida, atom stansiyalari qurish, maktab dasturlarining mazmuni, transport xizmati va hokazolarni hal etish uchun foydalanish maqsadga muvofiq ekanligidan dalolat bermoqda.
Nisbatan katta bо`lmagan mamlakatlarda, masalan Shveysariyada yoki tarkibiy jihatdan о`xshash bо`lgan Fransiyada oson bо`lgan narsa hajm jihatidan haddan tashqari katta hamda turlicha bо`lgan AQSH yoki Rossiyada juda mushkul. Amerikalik fuqarolarning umummilliy miqyosidagi bevosita demokratiyaga shubha bilan qarashlarining tub sababi shundaki, birinchi galdagi muhim masalalarni yechishning bu shakli mukammal, aniq, salmoqli, beg`araz va adolatli hal kilishning uslubi emasligi deb hisoblashlaridir. Bu asoslangan hadiksirash hisoblanadi. Ammo, referendumlarni favqulodda holatlarda davlat va jamiyat hayotining muhim masalalari bо`yicha о`tkazish maqsadga muvofiqdir.
Huquqiy davlat qonuniylikni mustahkamlash uchun huquq manbalariga katta ahamiyat beradi. Yuqorida qayd etilgan shakllar (manbalar)ning mukammalligi ular haqidagi nazariy tasavvurlarning darajasi va yuridik amaliyot barcha turlarining sifati bilan uzviy bog`liq bо`ladi. Yuridik fan huquq shaklini yaxshilash bо`yicha zarur tavsiyalarni о`z vaqtida ishlab chiqishga xizmat qiladi, amaliyot esa olimlarning huquq manbalarining egiluvchan, harakatchan va samarali faoliyat kо`rsatuvchi tizimini vujudga keltirish maqsadini kо`zda tutuvchi takliflarni tatbiq etilishi kerak. Davlatdagi qonunchilikning mustahkamligi huquq tizimining sifatiga bog`liq bо`ladi.
Ma`lumki, huquqning formal aniqligi uning normativ ifodalanishi usulidir. Turli huquqiy tizimlar turli formal aniqlik darajasiga ega. U musulmon huquqiga xos emas, umumiy huquqda esa u kuchsiz ifodalangan. О`zining tabiatiga kо`ra, normativ-huquqiy aktga, agar shunday deyish mumkin bо`lsa, normativligining «kо`nikmasi» deb qaralishi mumkin.
Huquq shaklining ahamiyati, davlatdagi huquqiy tartibning darajasi va sifatiga bog`liq, faqat ularni о`ziga «tortib turadi», aksincha, u «kerak bо`lmaganda» harakatsiz qoldiradi. Kо`pincha, huquq tartibotni oyoqqa turishi va mustahkamlanishida faqat normativ-huquqiy aktlar emas, balki huquqning boshqa shakllari ham ishtiroq etadi.
XXI asr bо`sag`asida О`zbekistonda huquq (manbalari) shakllarini takomillashtirishning qanday asosiy yо`llari mavjud? Birinchidan, huquq shaklini yaxshilashda milliy yuridik an`analarini tо`liqroq hisobga olish, mustamlakichilik istilosiga qadar bо`lgan huquqiy tizimning eng yaxshi tomonlarini olish kerak bо`ladi. Ikkinchidan, huquqning asosiy shakllari tо`g`risidagi maxsus qonunni tayyorlash va e`lon qilish ehtiyoji yetildi.
U kо`pdan beri taqdim qilinayotgan huquqiy ijod tо`g`risidagi qonunga о`ziga xos umumiy qism qilib olinishi mumkin. Bu hujjatda huquq shakllarini faqat normativ-huquqiy aktlar darajasiga tushirish oqlanmaganligini ta`qidlamoq lozim bо`ladi. Qonunda imkoni boricha tо`liq davlatning pretsedent, odat va shartnoma huquqiga bо`lgan munosabatini ifodalash maqsadga muvofiq. Bu yerda gap huquqning barcha shakllari (manbalari)ni kengaytirilgan yangi «ijtimoiy rollari»ni qonun yо`li bilan mustahkamlash haqida borayapti.
Ma`lum davlatda, nomlari yuqorida qayd etilgan huquq manbalarining nisbati, mazkur vaqt chegarasida kо`pgina ijtimoiy-siyosiy, milliy, demokratik sabab (ular turlicha bо`lishi mumkin)larga bog`liq bо`ladi. Huquqning tashqi shakli, qonunchilikning tashqi shakli muammosi faqatgina ilmiy ahamiyati bо`lmay, balki amaliy jihati ham hisoblanadi. Davlat irodasiga aylanuvchi tashqi shaklning normativ kо`rsatmasi, ta`sirchanligi, uning yuridik kо`chiga emas, balki normativ tizimdagi о`rniga bog`liq bо`ladi.
Hukumatning ta`sir sohasida bо`shliq bо`lmasligi lozim. Agar tartibga solinadigan faoliyatga mos keladigan huquq shakli vujudga kelmasa, boshqa shakllar yuzaga keladi. Masalan, qonun bо`lmasa, uning о`rnini davlat tomonidan tan olinmagan boshqa huquq shakllari va boshqa vositalar bilan moslanadigan soha bilan tо`ldiriladi.
Huquqning mazmuni kо`pqirrali va ular turli shakllarga «quyulishi» mumkin. Ustalik bilan topilgan shakl huquq mazmunining harakatchanligi samarasini orttiradi. Aksincha, huquq mazmuniga mos kelmaydigan shakl, yuridik normani «о`lik» xolatga olib kelishi mumkin. Amaldagi huquq shakllari tizimiga harakatchanlik hosdir. Huquq shakllarining yangi manbalari о`ziga yо`l ochmoqda, eskilari barham topmoqda. Bularning barchasi-О`zbekiston milliy huquq tizimining vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonining bir qismi hisoblanadi.

Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling