Reja: Huquq shakli (manbai) tushunchasining mazmuni
Huquq shakllari (manbalari)ning turlari
Download 140.5 Kb.
|
HUQUQ SHAKLLARI (MANBALARI) TUSHUNCHASI VA TURLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuridik pretsedent
- Normativ huquqiy akt
Huquq shakllari (manbalari)ning turlari.
Huquq manbalarini quyidagi uch asosiy turga bо`lish qabul qilingan: 1) huquqiy odat; 2) yuridik pretsedent; 3) normativ huquqiy hujjat. Huquqiy odat deb doimiy takrorlanishi natijasida barqaror xulq-atvor normasiga aylangan va keyinchalik davlat tomonidan tasdiq-langan xulq-atvor qoidasiga aytiladi. Odat insoniyat jamiyati rivojlanishining ilk bosqichlaridagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy huquq manbai bо`lgan. Odat asta-sekin normativ hujjat bilan siqib chiqarilgan va almashtirilgan. Shundan keyin u huquqning yuridik manbai bо`lmay qolgan. Hozirga vaqtda odatning ahamiyati katta emas. U faqat qonun yetarli bо`lmagan yoki qonunning о`zi odatga havola qiladigan hollardagina saqlanib qolmoqda. Yuridik pretsedent – huquqning shunday manbaiki, bunda muayyan ish bо`yicha chiqarilgan sud qarori kelgusida shunday ishlarni hal etishda qoidaga aylanishi mumkin. Yuridik pretsedent ish bо`yicha sud yoki ma`muriy organning qaroriga muayyan normativ (umummajburiy) kuch berishni bildiradi. Bunday qaror kelgusida shunday ishlarni kо`rib chiqishda majburiy bо`ladi va shu bilan huquqiy tus oladi. Huquqiy odat va yuridik pretsedent bir qator xorijiy mamlakat-larning huquq tizimida katta ahamiyata ega, lekin О`zbekiston Res-publikasining huquq tizimida qо`llanilmaydi. Sud pretsedenti Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstriyada huquq manbai hisoblanadi. Bu mamlakatlarning hammmasida sud hisobotlari chop etiladi. Ulardan pretsedentlar haqida ma`lumot olish mumkin. Albatta, bu mamlakatlarning har birida sud pretsedenti turlicha qо`llaniladi. Pretsedentni huquq manbai sifatida tan olish, qonun bо`lmagan yoki bо`lgan sharoitlarda ham sudga qonun ijodkorligi vazifasini bajarish imkonini beradi. Normativ huquqiy akt – vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan yuridik hujjati bо`lib, umummajburiy xulq-atvor qoidalarini о`z ichiga oladi. Barcha normativ huquqiy hujjat-larga quyidagi belgilar xosdir: ular huquqiy normalarni belgilab beradilar, о`zgartiradilar yoki bekor qiladilar; ularda belgilangan qoidalarning mazmuni bayon etiladi; belgilangan normalarga umummajburiy tus beradi yoki ilgari bel-gilangan normalarning amalda bо`lishini bekor qiladi. Download 140.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling