Reja: I bob. O’qituvchi qobiliyatining pedagogik psixologik tasnifi
I BOB. O’QITUVCHI QOBILIYATINING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK TASNIFI
Download 34.92 Kb.
|
PEDAGOGIK PSIXOGIYADA TA’LIM NAZARIYALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- N.I.Pirogov, K.D.Ushinskiy, P.D.Yurkevich, N.X.Vessel
- P.F.Kaptereva, P.F.Lesgaft, I.A.Sikorskiy, N.N.Lange
- P.F.Kapterev
- Kuzatish metodi
I BOB. O’QITUVCHI QOBILIYATINING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK TASNIFI
I.1. Pedogogik psixologiyaning rivojlanish tarixi Determinantlar muammosi dastlab falsafa fanida ilgari surilgan. Psixologik rivojlanishni harakatlantiruvchi kuch sifatida asosan ikki omil: biologik (ichki, tabiiy, genetik) va ijtimoiy (tashqi, madaniy, atrof - muhit) omillar muhim rol o‘ynaydi. An’anaviy tarzda rivojlanishning tabiiy (nasliy) va muhit (ta’lim – tarbiya) ta’siridagi turlari ajratib ko‘rsatiladi. Tabiiy yondashuv – nativizm – J.J. Russo (1712 - 1778) nomi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, rivojlanishning tabiiy qonuniyatlari mavjud va bolalarga kattalar tomonidan ta’sir ko‘rsatilsa bas. Biologiyada biogenetik dasturni kengaytirishga qaratilgan preformizm deb ataluvchi biologik yo‘nalish mavjud edi. Preformizmda inson organizmiga “biologik matryoshka” sifatida qaraladi. Ya’ni inson organizmi keyingi avlodni dunyoga keltiruvchi mexanizm, shuning uchun, hech qanday yangilanishlar ham, o‘zgarishlar ham, evolyutsiya ham sodir bo‘lmaydi. Psixologiyada nativist – preformistlar ko‘nikma va malakalar inson organizmi tuzilishiga kiradi, xususan, nasliylik – belgilovchi va asosiy faktordir. Ingliz faylasufi Dj. Lokk (1632 – 1704) yangi tug‘ilgan chaqaloqni tabula rasa (toza yozuv tahtasi) ga qiyoslaydi hamda o‘rgatish va hayotiy tajribani inson rivojlanishining asosiy sharti sifatida belgilaydi. Biologiyada davomiy yangilanishlar paydo bo‘lish va rivojlanish jarayonini epigenez deb nomlaydilar. Falsafada va psixologiyada bu yo‘nalishlarni empirizm va sensualizm deb nomlaganlar. Zamonaviy psixologiyada tadqiqotchilar rivojlanish jarayonini tavsiflashga urindilar. Aksariyat hollarda metafora sifatida K. Uoddingt tomonidan taklif etilgan “epigenetik landshaft” iborasi qo‘llanilardi. Unga ko‘ra, rivojlanib boruvchi organizm tepalikdan pastga qarab dumalab ketayotgan va chuqurlikka tushib, undan chiqib ketishi qiyin bo‘lgan dumaloq sharga o‘xshatiladi. Rivojlanishning asosiy tamoyili, egallanishi lozim bo‘lgan natija turli usullar va yo‘llar bilan erishilishi mumkin1. Bolaning psixologik rivojlanishiga o‘zgacha yondashuvni L.S. Vigotskiy taklif etgan. Uning fikricha, bola rivojlanishini preformlanmagan ya’ni nasliy dasturdan tashqari bo‘lgan rivojlanish shaklidek qarash lozim. Yosh psixologiya alohida predmet sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan bo‘lishiga qaramay, uning mustaqil fan sifatida rivojlanishi va karor topish yuli ancha murakkab kechgandir. O‘tmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonuniyatlarini, muayyan ilmiy yo‘nalishda o‘rganmagan bo‘lsalar-da, biroq allomalarning qo‘lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon bo‘lishi, inson kamoloti borasidagi qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi. Jumladan, Abu Nasr Forobiy pedagogika masalalarini va ular bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik, fiziologik muammolarni ijobiy xal etishda insonni har tomonlama yaxlit va o‘zaro o‘zviy bog‘liq bo‘lgan qismlardan iborat, deb aytadi. Forobiy mavjudotni bilishda ilm–fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uningcha inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tug‘ilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, ma’naviyligi, ruhi, intellektual va ahloqiy hislatlari, harakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashki muhit, boshqa insonlar va shu kabilar bilan muloqotda vujudga keladi, inson o‘z faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. Uning aqli, fikri, ruhiy yuksalishning eng yetuk maxsuli bo‘ladi, deb ta’kidlaydi. O‘qituvchi shaxsining psixologik xususiyatlari masalasida Abu Nasr Forobiy: “O‘qituvchi aql-farosatga, chiroyli nutqga ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifodalay olishni bilmog‘i zarur”, “O‘qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o‘xshaydi, shu sababli o‘qituvchi eshitgan va ko‘rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqga ega bo‘lishi, o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifodalab berishni bilmog‘i lozim. Shu bilan birga o‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi”, deb ta’kidlaydi. Abu Rayxon Beruniy ta’lim va tarbiyaning maqsadi, vazifalari va mavqei, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma’noda insonparvarlik va insonshunoslik zamirida yaratilgan. Bilim va tarbiyaning tabiatga uygunlik tamoyillarini mutafakkirning barcha asarlarida kuzatish mumkin. U insonni tabiatning bir qismi deb ta’kidlaydi. Beruniy ta’lim jarayonining mohiyatiga chuqur kirib borib, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish asosida qurilgan o‘qitish samarali bo‘lishini uktiradi. Beruniy pedagogik ijodida inson va uning baxt–saodati, ta’lim–tarbiyasi, kamoloti bosh masala bo‘lgan. O‘rta asrda yashab, ijod etgan donishmand, tabobat ilmining doxiysi Abu Ali ibn Sino inson ruhiyati, tana va kalbning birligi, inson organizmining tuzilishi, undagi nerv faoliyati va ularning tarmoklanishi, holatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlari hozirga qadar tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi. Abu Ali ibn Sinoning fikricha: “...O‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo‘y va bolani tarbiyalash metodlarini, ahloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog‘i lozim. O‘qituvchi o‘quvchining butun ichki va tashki dunyosini o‘rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog‘i lozim”. Yusuf Xos Xojib ijodining bosh masalalaridan biri - komil insonni tarbiyalashdir. U o‘z asarlarida eng komil, jamiyatning o‘sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo‘lsa, shu asosda u o‘z tamoyillarini izchil bayon etadi. «Qutadgu bilig» («Saodatga yo‘llovchi bilim») asari ta’lim va tarbiya, ma’naviy kamolotning yo‘l–yo‘riqlarini, usullarini, chora-tadbirlarini o‘zida mujassamlashtirgan, ahloq va odobga doir ma’naviy manbadir. Abduraxmon Jomiyning «Bahoriston», «Xirandnomai Iskandari», «Tuhfat-ul-axror» va boshqa asarlarida ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, kasb-xunar o‘rganish, inson ijobiy fazilatlari haqidagi fikrlari ifodalangan. Ta’lim va tarbiya jarayonida tarbiyachi va o‘qituvchi shaxsi eng muhim omil bo‘lganligi tufayli Nasriddin Tusiy “O‘qituvchilarni tarbiyalash to‘g‘risida” degan asarida shunday ifodalaydi: “O‘qituvchi munozaralarni olib borishni, rad etib bo‘lmaydigan darajada isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo‘lishi lozim... O‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qaerda zaharxandali, qo‘pol yoki qattiq bo‘lishi mumkin emas. Dars paytida o‘qituvchi o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin...”. Alisher Navoiyning «Xazoyin-ul-maoniy», «Maxbub-ul-qulub» va boshqa shu singari asarlarida yetuk, barkamol insonning ahloqi, ma’naviyati, o‘zgalarga munosabati, iste’dodi va qobiliyati to‘g‘risida qimmatli mulohaza lar yuritilgan. Ana shu psixologik mezonlar ijtimoiy adolatning karor topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. Shu bilan birga o‘qituvchi mexnatini xolisona baxolab: “Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi”, deydiki, bu orqali ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘qituvchi shaxsining markaziy shaxs sifatida ko‘radi. Shuningdek, Navoiy asarlarida yosh avlodni barkamol inson sifatida shakllanishida ota-onaning roli, ayollarning iffatliligi, kishilarning kamtarligi haqidagi fikr-mulohaza lari alohida o‘rin egallaydi. Navoiy «Hamsa»sining har bir dostonida bukilmas iroda, qat’iyatlilik, itoat, insonparvarlik tuyg‘ulari, ijodiy hayolot, insonning murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan. Shuningdek, bu borada Mahmud Qoshg‘ariy, Ulug‘bek, Naqshbandiy, Ogahiy singari buyuk Sharq mutafakkirlarining yoshlar tarbiyasiga, o‘qituvchi, tarbiyachining jamiyatdagi o‘rni, ahloq-odob, fe’l-atvor, oilaviy xayot, shaxslararo munosabatlarga doir qarashlari ularning asarlarida ravon va ixcham bayon etilganligini ta’kidlash mumkin. XIX – asr o‘rtalari va XX – asr boshlarida Rossiyada yosh psixologiyasining shakllanish tarixi. Rossiyada yosh va pedagogik psixologiyaning shakllanish tarixi XIX – asrning ikkinchi yarmiga borib taqaladi. Rossiyada inqilobgacha bo‘lgan davrda madaniyat gumanizm, shaxs va bolaning ichki dunyosiga qiziqish g‘oyasiga asoslangan edi. Buni L.N.Tolstoyning “Bolalak”, “O‘smirlik”, “O‘spirinlik” asarlarida ko‘rish mumkin. XIX – asrning 60- yillarida siyosiy va iqtisodiy islohotlar natijasida madaniy va ilmiy sohalarga qiziqish ortdi hamda ularni rivojlantirishga ehtiyoj tug‘ildi. Rossiya psixologiyasining doimiy e’tiborida shaxsning odob ahloq me’yorlari sohasining rivojlanishi turardi. Bu davr olimlari N.I.Pirogov, K.D.Ushinskiy, P.D.Yurkevich, N.X.Vessel bola shaxsini o‘rganilishi va rivojlanishini fanlararo komleks (psixologik, fiziologik, tibbiy va boshqalar) tarzda o‘rganish lozimligi muammosini ilgari surganlar. N.I.Pirogov birinchi bo‘lib tarbiyaning amaliy emas, falsafiy ahamiyatga egaligi, insonni ruhini tarbiyalash muhimligini e’tirof etgan. U bolalar psixologiyasini o‘rganishni, tushunishni o‘ziga xosligini o‘rganish shartligini ta’kidlagan. Bolalik o‘z qonunlariga ega va ularni xurmat qilish kerak: “Agar bolalar jamiyat qonun – qoidalarini buzish huquqiga ega bo‘lmasalar, bizning ham o‘z navbatida bolalar dunyosining qonunlarini buzishga haqqimiz yo‘q”. Shu orqali bolalar psixologiyasini o‘rganish, bolalarning yoshga bog‘liq xususiyatlari, ularni aniqlash, ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish muammosiga katta turtki bo‘ldi. Bu davrda yosh va pedagogik psixologiya o‘rganilishi shart bo‘lgan o‘z muammosiga ega, mustaqil fan sifatida o‘rganiladigan, ilmiy ahamiyat kasb etuvchi fan sifatida shakllandi. Uning muhim yo‘nalishlariga: umumiy qonuniyatlarni o‘rganish, bolalar rivojlanishining individual xususiyatlaridagi farqlar, bolalar tarbiyasidagi dastlabki shart – sharoitlar, bilish jarayonlari metodlarini ishlab chiqish, bolalar psixikasidagi o‘ziga xosliklarni o‘rganish kiradi. XIX – asrning 70- 80 yillariga kelib, tadqiqotning ikki yo‘nalishi: ota – onalarning o‘z bolalarini kuzatishi (bolalar rivojlanishini kundaliklarga qayd etish) va olimlar tomonidan bolalar rivojlanishini (ma’lum bir dasturga tayanib) o‘rganish vujudga keldi. Bolalarning psixologik va fiziologik rivojlanishi, aqliy mehnat qilishning zaruriy shart – sharoitlari va bilish faoliyatlari rivojlanishi, hulq – atvor me’yorlarining o‘zlashtirilishi kabilar tadqiq etiladi (P.F.Kaptereva,_P.F.Lesgaft,_I.A.Sikorskiy,_N.N.Lange'>P.F.Kaptereva, P.F.Lesgaft, I.A.Sikorskiy, N.N.Lange kabilarning ishlarida kuzatiladi). Bolalar rivojlanishing umumiy qonuniyatlarini o‘rganish jarayonida shaxsning bilish jarayonlari: xotira, diqqat, tafakkur, hayol va boshqalarning rivojlanishini o‘rganishga yordam beruvchi ma’lumotlar to‘plangan. Alohida ahamiyat bolalar psixikasining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi nuqtining rivojlanishiga berildi. Eng zarur ma’lumotlar bolalarning fiziologik rivojlanishini o‘rganish natijasida yig‘ilgan (I.Starkov). O‘g‘il bolalar va qiz bolalarning psixologik xususiyatlari o‘rtasidagi tavofutlarni aniqlashga harakat qilingan (K.V. Yedniskiy). Bolalar psixikasini o‘rganish o‘zini o‘zi kuzatish metodini inkor etib, yangi metodlardan foydalanishni taqazo etdi va psixologiya sohasiga eksperiment metodini kirib kelishiga stimul bo‘lib xizmat qildi. Tadqiqot jarayonida eksperiment metodidan foydalanishni birinchi bo‘lib 1879 – yilda I.A.Sikorskiy boshladi. Lekin undan foydalanish ilm – fan dunyosida yaxshi qarshi olinmadi. 1880 – yillar o‘rtalariga kelib psixologik laboratoriyalar joriy etilganidan so‘ng, eksperiment metodi rus psixologiyasida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Fanning rivojlanishida genetik yondashuvning ahamiyati katta. P.F.Kapterevning fikricha, “Hozirgi zamonda rivojlanish tushunchasi fan miqyosida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Har bir sohada u yoki bu hodisalar rivojlanishi o‘rganiladi, ularni kelib chiqishini o‘rganmay turib, ma’lum voqea – hodisani chuqur o‘rganib bo‘lmaydi. Bolalar tarbiyasiga nisbatan ham huddi shunday qarash mavjud. Bolalarga nisbatan samarali ta’sir ko‘rsatish, imkoniyatlarini mustahkamlash uchun avvalo ularning rivojlanish tarixini yaxshi bilish zarur”. Bolalar psixologiyasini bilish, uning kelib chiqishi va rivojlanishi shaxsni bilishda falsafiy savollarga javobini topdi. Bolalar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari borasida ma’lumotlar va aniq dalillar to‘plangandan so‘ng, bolalar rivojlanishining me’yori, umumiy qonuniyatlarini o‘rganish savoli ilgari suriladi. Bolalar rivojlanishining asosiy xususiyatlari haqida umumiy qoidalar shakllantirildi: Rivojlanish bosqichma – bosqich va izchil davom etadi. Umuman olganda, u o‘z ichiga faqat olg‘a borishni nazarda tutadi. Ammo bir chiziqda ketmaydi, bu chiziqdan chetlanish va to‘xtab qolishlar ham kuzatiladi. Jismoniy va ruhiy rivojlanish o‘rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Bunday uzviy aloqadorlik aqliy, emotsional va irodaviy sifatlar o‘rtasida ham kuzatiladi. To‘g‘ri tashkil etilgan tarbiya va ta’lim jarayonlari barkamol va har tomonlama rivojlanishga asos bo‘ladi. Rivojlanish jarayonida muayyan tana a’zolari va psixologik faoliyatning ba’zi taraflari ishtirok etadi, ammo hammasi barobar emas va ishlash tezligi va tempi ham bir hil emas. Rivojlanish o‘rta me’yorda kechadi, lekin turli sabablarga ko‘ra tezlashib ketishi yoki aksincha sekinlashishi mumkin. Rivojlanish to‘xtab qolib, kasallikka ham aylanishi mumkin. Bolalarning kelajakdagi rivojlanishi haqida erta prognoz qilish mumkin emas. Maxsus qobiliyatlar umumiy rivojlanishga tayangan bo‘lishi lozim. Bolalar rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarni sohtalashtirmaslik kerak, har bir yosh davriga o‘z rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tish imkonini yaratish zarur. Bolalarning umumiy rivojlanishi, sog‘lom va kasal bolalarni parvarishlash uchun tavsiyalar, bolalarni oilada va maktabda tarbiyalash, jismoniy, aqliy, emotsional, irodaviy va ruhiy rivojlanish borasida haqida ma’lumotlar beruvchi qo‘llanmalar ishlab chiqildi. XIX – asrning oxiriga kelib psixologlar va pedagoglar o‘z urinishlarini birlashtirib, amaliy maktab hayotiga tadbiq etdilar. “Birinchilar (psixologlar) tadqiqot o‘tkazish uchun ma’lumotlar yetarli bo‘lmasa ham, tadqiqot o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan nozik metodlarga ega; ikkinchilar esa ma’lumotlar bazasiga egalar, lekin ularni to‘liq anglash, tadqiq etish va baholash imkoniyatiga ega emaslar”, - A.P. Nechaev ta’kidlagan va pedagog hamda psixologlarning hamkorlikdagi faoliyatini ma’qullagan. XX asr boshlarida rus yosh va pedagogik – psixologiyasi, butun dunyo psixologiya fanlari bilan yaqin aloqaga kirishdi. Rus olimlari uzluksiz G‘arb mamlakatlaridagi bo‘layotgan yangiliklarni kuzatib va o‘rganib bordilar, o‘z eksperimental mahoratlarini horij laboratioriyalarida oshirib bordilar, ko‘pgini ilmiy ishlar rus tiliga tarjima qilindi va rus jurnallarida bosib chiqarildi. O‘z navbatida rus psixologlarining tadqiqotlari, kuzatishlari horij jurnallarida ham nashr etildi. Masalan, I.A. Sikorskiy, A.P. Nechaev va boshqalarning ishlari keng ommalashdi. Rus psixologlari butun dunyo olimlarini qiziqtirayotgan muammolar yuzasidan o‘z izlanishlarini olib bordilar. XX asr boshlarida yosh psixologiyasi faning rivojlanishi muammosi ilmiy asosalarga tayangan holda olib borildi. Bu sohadagi tadqiqotlar rus pedagogik – psixologiyasida yetakchi o‘rinni egalladi. Bu muammoni o‘rganishga turli soha mataxassislari, eng kuchli nazariy bilim sohiblari, xususan, V.M.Bexterev, P.F.Lesgaft, I.P.Pavlov va boshqalar. Muammoni nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish uchun kuchli psixologlar jamoasi shakllandi. Ular qatoriga P.P. Blonskiy, P.F. Kapterev, A.F. Lazurskiy, N.N.Lange, A.P.Nechaev, M.M. Rubinshteyn, N.E. Rumyansev, I.A. Sikorskiy, G.I. Chelpanov va boshqalar. Ularning tashabbusi bilan maxsus kadrlarni tayyorlovchi, ilmiy – tadqiqot ishlari olib boruvchi ilmiy markazlar tashkil etildi. Jadal nazariy va amaliy, metodologik, ilmiy faoliyatlar olib borish ishlari boshlandi. Ba’zi ta’lim muassasalarida bolalar rivojlanishini o‘rganishga yordam beruvchi laboratoriyalar, to‘garaklar, alohida xonalar tashkil etildi. Nashriyotchilik ishlariga asos solindi. XX asrda yosh va pedagogik psixologiya sohasida nashrlar soni ortdi. Bolalar va pedagogik psixologiya fanlariga bag‘ishlangan ilmiy anjumanla va konferensiyalar tashkil etildi. Ilmiy va ijodiy izlanishlar natijasida nazariy va ob’ektiv metodikalar yordamida olingan amaliy ma’lumotlar to‘plandi. Yosh va pedagogik psixologiyaning fanlararo tizimda mustaqil fan sohasi bo‘lib shakllandi va o‘zining ilmiy tadqiqot metodlariga ega bo‘ldi. Bir qator ilmiy tadqiqot metodlari shakllantirildi. Kuzatish metodi kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar “kundalik”ka qayd etiladi, bolaning rivojlanishini kuzatish borasida maxsus dastur va reja tuziladi.Eksperiment metodi amaliy empirik tadqiqotlarga asoslanadi. Tabiiy eksperiment aynan bolalar psixologiyasini o‘rganish uchun mo‘ljallangan (A.F.Lazurskiy). Test metodi ham keng muhokamaga qo‘yildi va boshqa metodlarni ham ishlab chiqila boshladi. Bolalarning psixologik xususiyatlari haqida ularning chizgan rasmlari orqali ega bo‘lish imkonini berdi. Bu davrning asosiy tadqiqotlari yo‘nalishlari – har tomonlama yetuk va barkamol shaxsni shakllanish bosqichlari va mutaxassislarni o‘qitish tizimini takomillashtirishdan iborat eti. XIX – XX asrlarda yosh psixologiyasi haqida olingan qisqacha ma’lumotlardan shuni anglash mumkinki, rus psixologiyasida rivojlanish muammosiga ilmiy va ijtimoiy tarafdan kuchli qiziqish mavjud bo‘lgan.
Download 34.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling