Reja: I. Kirish 1


Download 175.24 Kb.
bet1/8
Sana22.06.2023
Hajmi175.24 Kb.
#1650150
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amaliyot hisoboti mavzu “Agrobank” atb baxmal filliali faoliyat


Reja:
I. Kirish
1. Bankning paydo bo‘lishi va bank faoliyatini rivojlanish bosqichlari
2. Bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari
3. “Agrobank” ATB tizimi va uning pog‘onalari
4. “Agrobank” ATB Namangan viloyati Uychi filialining bo’linmalari
5. “Agrobank” ATB Namangan viloyati Uychi filiali xodimlarining huquqi va majburiyatlari
6. “Agrobank” ATB Namangan viloyati Uychi filialining operatsiyalari turlari va tahlili
Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati


Bankning paydo bo‘lishi va bank faoliyatini rivojlanish bosqichlari
Banklarning vujudga kelishi tovar – pul munosabatlarining asosiy elementlari sifatida, pulning qiymat shakli paydo bo‘lishi bilan bir davrga to‘g‘ri kelgan. Iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklarning vujudga kelishi haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Ayrim iqtisodchi olimlar banklarni feodalizm davrida vujudga kelganligini ta’kidlashsa, ularning ayrimlari esa kapitalistik tuzumning dastlabki davrlarida paydo bo‘lganligini ta’kidlaydi. Uchinchi guruh olimlar, banklar faoliyatiga xos bo‘lgan operatsiyalar miloddan ilgarigi davrlarda paydo bo‘lganligini qayd etadilar.
Manbalarga ko‘ra, dastlabki bankirlar kichik – kichik do‘konlarda mahalliy pullarni xorijiy pul birliklariga ma’lum darajadagi to‘lov evaziga almashtirib berishgan. Shuningdek, yirik pul egalarining pullari va tijorat veksellarini tegishli haq evaziga saqlash bilan shug‘ullangan. Keyinchalik banklar vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu mablag‘larga ehtiyoji bo‘lgan shaxslarga ma’lum to‘lov evaziga bera boshlagan.
Bankning kelib chiqish tarixini o‘rgangan bir qator iqtisodchi olimlarning xulosasiga ko‘ra dastlabki banklar Italiyaning Venetsiya va Genuya shaharlarida X asrda paydo bo‘lgan. Shuning uchun ham bank so‘zi italyancha “banco” so‘zidan olinib “stol” degan ma’noni anglatadi. Garchi valyuta ayirboshlash operatsiyalari dastlabki banklarning birinchi operatsiyasi bo‘lsada , hozirgi paytda banklarning jamiyatdagi o‘rni ularning kredit operatsiyalari bilan belgilanadi. Qadimgi Gretsiyada pul almashtiruvchi odamlarni “trapezida” (grekcha-stol), Qadimgi rimda “mensarilar”( lotincha-stol) deb atashgan3. 1401-yili turli savdo uyushmalari birlashtirilib, mashhur Muqaddas Grigoriy banki Genuyada ochildi. Bu bank shahar xokimligining ximoyasida bo‘lib, shahar meri xokimlik lavozimiga o‘tirayotganda bu bankni himoya qilishga qasam ichgan. Chunki bu bank Respublikaning kreditori vazifasini bajargan. 1463-yildan to 1505-yilgacha Rim papasigi bankning qarzdorlarini murtab deb e’lon qilish (cherkovdan chetlashtirish bunday takdirga uchraganlar ko‘p xuquqlardan mahrum bo‘lib, qattiq jazolangan) xuquqi berilgan hamda buning natijasida bankning qarzdorlari bo‘lmagan. Faqatgina 1675-yildagina bu bank jirobankka aylantirildi.
XV asrda Fransiyada tarixda birinchi marta Lombardlar paydo bo‘ldi, ular asosan sudxo‘rlik bilan shug‘ullanganlar. 1848 yillardan esa Prussiyada ham Lombardlar o‘z faoliyatlarini boshlaganlar.
XVI asr oxirlarida va XVII asrning boshlarida Gollandiyada kassirlar pul almashtiruvchilarning faoliyatini bajarardilar. Shuning uchun kassirlik hamda pul almashtiruvchi ixtisosliklari qo‘shilib ketish xavfi paydo bo‘ldi va kuchaydi. Shu xavfni oldini olish uchun Amsterdam hukumati 1609-yili Amsterdam jamoatchilik bankini tashkil qildi. Bu bank pul almashtirishda o‘rnatilgan rasmiy foiz stavkasi 5 % bo‘lgan hamda bank ma’lum muddat monopol bo‘lib faoliyat yurgiza boshladi. Ammo 1621-yili pul almashtiruvchi kassirlar faoliyati qaytadan tiklandi, natijada pul almashtiruvchi kassirlar va bank o‘rtasida raqobat kuchaydi. 1641-yili harakatdagi pullarni qiymatini o‘rnatilgan qonuniy narxlarga yaqinlashtirish uchun ba’zi monetalar «yaxshi bank pullari» deb nomlandi. Bank kreditor sifatida “yaxshi” pullardan, pul almashtiruvchi sifatida esa «kassa pullari» deb nomlangan pullardan foydalangan. 1651-yili shahar xukumati pul islohotini amalga oshirdi va harakatga mayda pul birliklari «gulden»lar zarb qilina boshlandi va nihoyat 1681-yili bu bank depozit va jirobank ko‘rinishini oldi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi banklar oldida yangidan-yangi operasiyalar bajarishga imkoniyat ochib beradi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimi yaratish zaruriyati tug’ildi.
O’zbekiston Respublikasi «Bank siri to’g’risia»gi qonunning 3-moddasiga binoan quyidagilar bank siri hisoblanadi:
- o’z mijozlarining (vakillarining) operasiyalari, hisob varaqlari, va omonatlariga doir ma’lumotlar
- bank o’z mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari ko’rsatishi munosabati bilan mazkur mijoz (vakil) to’g’risida olgan ma’lumotlar
- mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulki, uning xususiyati va qiymati haqidagi ma’lumotlar
- mijoz (vakil) topshirigiga binoan yoki uning foydasini ko’zlab amalga oshirilgan banklararo operasiyalar va bitimlar to’g’risidagi ma’lumotlar
- bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning banklar o’rtasida muomilada bo’lishi natijasida ma’lum bo’lib qolgan boshqa bankning mijoziga (vakiliga) doir ma’lumotlar.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar mijozning (vakilning) o’ziga, u vakolat bergan vakillarga, shuningdek hisob palatasiga (uni zimmasidagi vazifaga kirsa), tergov, prokuratura va surushturuv organlariga (tergovchi va surushtiruvchining asoslangan karoriga kura ko’zatilgan jinoyat ishi mavjud bo’lganda) taqdim etiladi.
Kredit tizimi deb, kredit munosabatlar majmuasi va kredit munosabatlarni tashkil qiluvchi va amalga oshiruvchi kredit tashkilotlar yigindisiga aytiladi. Kredit tizimi orqali xuquqiy va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo’sh mablag’lari yig’iladi va korxona, tashkilotlar, aholi va davlatga vaqtincha foydalanishga beriladi. Kredit tizimi mablag’larni jalb qilish va ularni taqsimlashga qarab bir necha bo’g’inlardan iborat bo’lishi mumkin. Jahon amaliyotida kredit tizimi tashkil etilishiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  1. Agrobank

  2. Tijorat banklari

  3. Mahsus kredit tashkilotlari (paxtabank, sanoatqurilish banki, asaka bank, aloka bank va boshqalar).

  4. Nobank kredit tashkilotlari (investisiya kompaniyalari, sug’o’rta kompaniyalari, nafaqa va boshqa jamg’armalar)

Kredit tizimida asosiy o’rinni tijorat banklari egallaydi. Mulk shakliga ko’ra banklar davlat, aksioner, aralash, qo’shma, xususiy banklarga bo’linadi.
O’zbekiston Respublikasi bank tizimi tarkibi
I - pog’ona

II – pog’ona

Чет эл банклари вакиллик бўлимлари

Нобанк
кредит ташкилотлари

Кредит ташкилотлари

Universal banklar turli xil bank operasiyalari: depozit, kredit, xisob, foiz, vositachilik va boshqa operasiyalarni bajaruvchi bank hisoblanadi.
Chet el banklari vakillik bo’limlari – banklar o’rtasidagi an’anviy aloqalarni turi bo’lib, xalqaro banklar o’rtasidagi munosabatlar bo’yicha boshqa davlatlar bankida ochiladigan bo’limlaridir.

Download 175.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling