Iqtisodiy tahlil, tashqi iqtisodiy faoliyat va qimmatli qog’ozlar bo’limi.
Bo’limning asosiy vazifalari: bank mijozlarining birja va birjadan tashqari valyuta bozorida konvertatsiyalangan mablag’larini o’tkazish uchun arizalarini qabul qilish; joriy valyuta xisobvaraqlar ochish uchun xujjarlarni tayyorlash; valyuta ayiraboshlash shaxobchlari xodimlarini har kunlik rotatsiya qilish; valyuta ayiraboshlash shaxobchalari ustidan nazorat qilish; bo’lim ichida texnik o’quv o’tkazish.
Bo’limning quyidagi funktsiyalari mavjud: bank filialiga taaluqli jamlangan axborot, tahliliy va istiqbol rejalari materiallarini kunlik, xaftalik va oylik hisobotlarini tayyorlash; bank likvidlik xolatini o’rganish va moliyaviy ahvolini taxlil qilish; bo’limda attestatsiya masalasi bo’yicha ishlar olib borish va bo’lim hodimlarini tayyorlash.
2. Iqtisodiy tarmoqlarini kreditlash bo’limi.
Bo’limning asosiy vazifalari – filial tomonidan taqdim qilingan yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish, amaldagi qonunchilikga muvofiq o’z vakolati doirasida ijrosini ta’minlash va bajarilishini nazorat qilish. Filial tomonidan taqdim qilingan yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish, amaldagi qonunchilikka muvofiq o’z vakolati doirasida ijrosini ta’minlash va bajarilishini nazorat qilish; filial tomonidan iqtisodiyotning turli tarmoqlariga berilgan kreditlar va ular bo’yicha hisoblangan foizini o’z vaqtida qaytarilishi ustidan doimiy nazorat o’rnatish.
3. Kichik biznes subyektlariga xizmat ko’rsatish bo’limi.
Bo’limning asosiy vazifalari – filial tomonidan taqdim qilingan yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish, amaldagi qonunchilikka muvofiq o’z vakolati doirasida ijrosini ta’minlash va bajarilishini nazorat qilish.
Filial tomonidan xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga berilgan kreditlarning mulk shakllari, xalq xo’jaligi tarmoqlari va hududlar bo’yicha taqsimlanishi xaqida ma’lumotlarni jamlash va tahlil qilish. Bo’limning asosiy funksiyalari – mijozlardan kelib tushgan kredit yig’ma jildlarini o’rganib chiqib kredit komissiyasiga tavfsiya etadi. Kredit komissiyasi qarorlarini chiqaradi, xulosalarni joylarga yetkazish, viloyat limit doirasidan yuqori bo’lgan kredit yig’ma jildlarini bosh bankka chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |