Reja: I. Kirish 1


ATB “Agrobank” tizimi va uning pog‘onalari


Download 175.24 Kb.
bet3/8
Sana22.06.2023
Hajmi175.24 Kb.
#1650150
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amaliyot hisoboti mavzu “Agrobank” atb baxmal filliali faoliyat

ATB “Agrobank” tizimi va uning pog‘onalari
Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida oʻzining muassasalariga ega boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul oʻtkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda.
Agrobank oʻz faoliyati davomida asosiy urgʻuni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining boʻsh pul mablagʻlarini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmogʻi, xizmat turlari hamda mijozlari sonini koʻpaytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.
Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi.
Agrobank va Osiyo Taraqqiyot Banki oʻrtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat boʻlgan „Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich“ loyihasi boʻyicha kredit shartnomasi imzolangan. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qoʻllab-quvvatlash dasturiga kiritilgan va revol’ver kredit toʻgʻrisida kelishuv imzolangan.
„VISA International“ xalqaro toʻlov tizimiga prinsipal aʼzolikka oʻtish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yoʻlga qoʻyildi.
Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida KfV, YTTB, OTB va Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish bankining (XTTB) kredit yoʻnalishlarini jalb etgan.
Agrobankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, Agro bank SWIFT jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga aʼzodir.
Agrobank Osiyo Tinch okeani Qishloq va qishloq xoʻjaligini kreditlash Assotsiatsiyasi (APRAKA) hamda Qishloq xoʻjaligi krediti Xalqaro Konfederatsiyasi (KIKA)ning teng huquqli aʼzosi hisoblanadi. 2010-yilning iyun oyida Toshkentda Agrobank ishtirokida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Qishloq va qishloq xoʻjaligini kreditlash assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining 17-yigʻilishi va Ijroiya qoʻmitasining 58-majlisi oʻtkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xoʻjaligini kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish boʻyicha konferensiya boʻlib oʻtdi. Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010-2012-yillar davomida APRAKAga raislik qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirildi.
Bank tizimini qayta tashkil qilishni amalga oshirish quyidagi tamoyillarga asoslangan holda olib borilishi mumkin:
- xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini qozonish maqsadida bank-moliya tizimi barqarorligiga erishish;
– Bank tizimidagi islohotlar umumiqtisodiy islohotlarning o‘tkazilishi bilan mos kelishi;
–bank-moliya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish yo‘li bilan jahon bank tizimiga yaqinlashtirish;
– pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki ehtiyoj-lari va iqtisodiyotning xususiyatini hisobga olish;
– banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun qo‘yish va boshqalar.
Bizning zaminimizda mavjud bo‘lgan banklarning rivojlanishini ikki yirik davrga bo‘lib qarash mumkin. Birinchi davr bu –O‘zbekiston mustaqillikka erishgungacha bo‘lgan davrdagi bank tizimi va ikkinchi davr O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi davrdagi bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlarini o‘z ichiga oladi.

Agrobank” ATB Namangan viloyat Uychi filialining bo’limlari


Men amaliyot o’tayotgan ATB “Agrobank” Namangan viloyati Uychi filialida 6 ta bo’lim bor ekan. Bu bo’limlar bilan meni Kadrlar bilan ishlash bo’limi xodimlari meni tanishtirib chiqdi. Men bo’limlar bilan tanishish davomida bo’limlarda nechta xodim faoliyat yuritishi haqida tanishib chiqdim. Shuningdek bu bo’limlarning maqsadi, vazifasi, funksiyasi bilan tanidhib chiqdim. Quyida bo’limlar to’g’risida ma’lumot keltirilgan.


  1. Download 175.24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling