Reja: I. Kirish II. Asosiy qism: i-bob. Mehnat bozori muvozanati


ISH HAQI OSHIRIB BORISHINING IJOBIY VA SALBIY SAMARASI


Download 142.76 Kb.
bet7/9
Sana05.01.2022
Hajmi142.76 Kb.
#210303
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mexnat bozori

ISH HAQI OSHIRIB BORISHINING IJOBIY VA SALBIY SAMARASI

Aholi turmush darajasi deganda, aholining zaruriy moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasi, uiarni iste’mol qilish darajasi tushuniladi. Turmush darajasini ifodalovchi ko'rsatkichlar turli-tuman bo'lib, turrrtush darajasi konsepsiyasi bilan uzviy bog'liq.Aholining tadbirkorlik va xususiy mehnat faoliyati sohasida ishlashdan olayotgan darom adlari ortayotganligi tamoyiliga ijobiy baho bergan holda, ish haqining rag‘batlantiruvchilik roli pasayib borayotganligi tamoyiligini ham qayd qilish kerak. Bu esa aholini soliqqa tortilishidan bekitiqcha ikkinchi va uchinchi daromad manbalarini qidirib topishga undaydi.Bundan tashqari, ish haqining unumsiz darajasi ishlab chiqaruvchilar mehnatini, ijodiy mehnatni rag'batlantirmaydi va uning sifati tobora pastlashishiga olib keladi. Ta’lim va sog'liqni saqlash sohasida o‘rtacha ish haqi darajasining pastligi ayniqsa tashvishlanarlidir, zero bu hoi ta’lim muassasalarida o'qitish-o'rgatishning va davlat shifoxonalarida davolash sifatining pastligiga sabab bo'ladi.Aholi daromadlari — bu aholi yoki uning oila a’zolari tomonidan ma’lum davr ichida olingan yoki ishlab chiqarilgan pul va natural mablag‘Iar yig‘indisidir. Daromad miqdori aholining talab va ehtiyojlari darajasi va tarkibini belgilaydi.

Daromad yig‘indisi tarkibiga — ish haqi (mehnat jamoasi a’zolariga haq to‘lash); pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar va ijtimoiy iste’mol fondlaridan boshqa to'lovlar kiradi. Jumladan, bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalarida, bolalar lagerlarida tarbiyalash uchun dotatsiyalar; sanatoriyalar, dam olish uylariga bepul va imtiyozli yo'llanmalar qiymati; shaxsiy tomorqa xo'jaligidan olinadigan daromadlar ham kiradi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish yillarida shaxslar, oilalar va aholining yalpi darom adlari tarkibi o'zgarib turadi va bunday o'zgarishlar quyidagilarda ko'rinadi:

1. Ish haqi — daromadlaming asosiy qismini tashkil etadi, ammo uning salmog'i pasaymoqda;

2. Ijtimoiy Iste’mol Fondidan (11F) to'lovlar barcha daromadlarning taxminan 1/6 qismini tashkil etadi. Uning o'sib borishi kuzatilmoqda;

3. Shaxsiy tomorqa xo'jaliklaridan olinadigan daromadlar salmog'i oshib bormoqda, aholi iste’mol muammosini o‘z kuchi bilan hal etishga urinayotgan hozirgi murakkab iqtisodiy vaziyatda bu tabiiy holdir;

4. Boshqa manbalar salmog'i oshib bormoqda va yana o'sib borishi kutilmoqda;

5. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishga layoqatli har bir inson o'z moddiy farovonligi uchun o'zi mas’uldir.

Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotida m ehnat bozori iqtisodiy resurslardan foydalanilgani uchun turli shakldagi pul mukofotlari ishlab chiqarish omillarining umumiy tarkibiga kiradi.Bunday omillar mehnatga haq to'lash shakliga ko'ra turlicha nomlanadi: mehnat bahosi - ish haqi, yerdan va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish bahosi-renta, kapital bahosi - foiz.

Iqtisodiyot nuqtai nazaridan, mehnat munosabatlari sharoitida ijtimoiy, psixologik va m a’naviy omillarning muhim ahamiyatini hisobga olgan holda ish haqining mohiyati va shakllarini bilishi zarur bo'ladi. Ammo bu maxsus fanlar «Korxona iqtisodiyoti», «Mehnat iqtisodiyoti» kabi fanlarning vazifasidir. Ish haqi — yollangan xodimlami ma’lum miqdoridagi va sifatdagi mehnat xizmatlarini bajarganligi uchun oladigan pul hisobidagi daromadi jihatdan mehnatdan foydalanish bahosi. Ish haqi, tadbirkorlik daromadlari ijtimoiy transfertlar va boshqalar pul daromadlarining asosiy manbalaridir. Ijtimoiy transfertlar - pulli shakldagi fuqarolarni pensiya ta’minoti (yosh bo'lgani uchun, nogironligi uchun, ish staji, boquvchisini yo‘qotganligi uchun), bolalar, ishsizlik nafaqalari to'lash, stipendiya va h.k. bo'yicha davlat budjetidan yoki maxsus fondlardan to'lanadigan pulli mablag'lardir.Boshqacha qilib aytsak, fuqarolarga ularning ish natijasi, tadbirkorlik faoliyati yoki shaxsiy mulkdan olinadigan daromadlariga bog'liq bo'lmagan holda davlat budjetidan yoki maxsus fondlardan to'lanadigan to'lovlardir.

Daromadlar tarkibida ish haqining unumli ustun bo‘lsa faol mehnat, tadbirkorlik, tashabbus rivojlanadi, agar ijtimoiy transfertlar hissasi oshib ketsa, ko'pincha boqimandalik kayfiyati kuchayadi.

Mehnat munosabatlari sohasida bozor munosabatlarini rivojlanganligini ifodalovchi asosiy ko'rsatkichlardan biri aholining umumiy pul daromadlari miqdoridagi ish haqining salmog'idir.Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda ish haqining hissasi 80%ga yaqin keladi.

Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida daromadlar hajmida ish haqining ulushi kamaydi. Masalan, 1998-yilda - 23%, 2003- va 2004- yillarda 26,9% bo‘ldi. 2003-yili 2002-yilga nisbatan o‘sish 128,3% bo'lgan bo'lsa, 2004-yilda 2003-yilga nisbatan 118% bo'ldi.

Hozirgi davrda ishlab chiqarish omillari nazariyasi bilan bog'liq bo'lgan ish haqi to'g'risidagi tushunchalar ko'payib ketdi. Bu haqidagi nazariyani asoschisi Jan Batist Sey. Uning nazariyasi bo'yicha ishlab chiqarish omillari bozorining har biri tovarlami va uning qiymatini yaratishda shu omillaming xizmat bozorini ko'rsatadi. Bunday xizmatlar uchun ham to'lash o'sha omilning (resursning) bahosi yoki undan keladigan darom addir. Tadbirkorlar tovar-m ehnat, xarid qilganlarida aniq bir insonni sotib olmaydilar, uning mehnat mahsuli bo'lgan, qiymat yaratish (ish bajarish) uchun xizmatlarini tovar va uning qiymatiga egalik qilish huquqini sotib oladilar27.Demak, bozor munosabatlari yuzasida ish haqi mehnat bahosi sifatida paydo bo'ladi.

Ingliz iqtisodchisi A.Marshall fikricha ish haqini keltirib chiqaruvchi asosiy omillar ikkita:

1. Ish haqi miqdoriga ta’sir etuvchi omil har kimda har xil boigan mehnatning pirovard mahsuldorligi;

2. Xodimlam i o'qitish va (saqlash) ta ’minlash, takror yaratish xarajatlari.

Agar birinchi omil mehnatga bo'lgan talabni belgilasa, ikkinchi omil uning taklifini belgilaydi. Ular o'rtasidagi munosabat esa ish haqi darajasini aniqlaydi. A.Marshall tomonidan ikkinchi omil tarkibida xodimlami o'qitish uchun ish haqi xarajatlarini ko'rsatish keyinchalik insoniy kapital nazariyasini keltirib chiqardi. Shu nazariyaga asosan insoniy kapitalni yaratish (bilimlar olish tajribasi, ish qobiliyatini oshirish va boshqalar) mehnat samaradorligini oshiradi. Bu narsa esa o'z navbatida ish haqini o'sishi hisobiga qoplanib ketadi.

Ish haqini o'sib borishi bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan ikkita samaraga ega.

1. Ish haqi oshib borishi bilan ishchi qo'shimcha vaqt ham ishlashdan manfaatdor bo'ladi, chunki unga haq to'lanadi. Natijada u hordiq chiqarishdan voz kechib ishlash ishtiyoqi paydo bo'ladi. Mehnat bozoridagi bunday samara ish haqini asta-sekin oshirib borish natijasida sodir bo‘ladi. Lekin bunday samaraga boshqasi — daromaddan olinadigan samara qarshi turadi.

2. Ish vaqtini ko'payishi bilan ishchining hordiq chiqarish vaqti qimmatga tushadi, chunki uning ixtiyoridagi vaqti asta-sekin kamayib boradi. Shunday vaqt keladiki, ish haqi yuqori bo'lganda ham ishchi bundan buyon hordiq chiqarishdan voz kechishni xohlamay qoladi. Endi unda ko'proq dam olish, kitob o'qish, o'yin-kulgi, sayyohat qilish, davolanish va h.k.ga ishtiyoqi paydo bo'ladi. Buning ma’nosi shuni, ish haqini oshirib borilishi mehnat taklifini oshirmaydi, aksincha uni kamaytiradi. Quyidagi 56-egri chiziq buni ko'rsatadi. Bu chizma daromad samarasini ifodalaydi. U ish haqi keskin oshgan sharoitda amal qiladi. Bunda qaysi samaralar kuchli hisoblanadi? Bu savolga javob berish qiyin. Hammasi xodimlami taklif miqdoriga va alohida kishilarning kishilar guruhining ish haqini o'sishiga bo'lgan munosabatiga bog'liq. Masalan, O'zbekiston Respublikasi sharoitida bir kishi bir oyda 100 ming so'm ish haqi olsa, unga shu yetarli bo'ladi, u boshqa joyda ishlashni xohlamaydi. Boshqa kishi uchun oyiga 500 ming so'm yetarli bo'lsa, ayrimlar uchun bu kamlik qiladi va h. k. Yuqoridagi chizmada aniq bir xodimni, ishchini ma’lum miqdordagi ish haqi uchun ishlashi kerak bo'lgan umumiy ish vaqti ko'rsatilgan. Bu chizmada bitta sabab — ish haqini o‘sishi tufayli mehnat taklifini o'sishini va kamayishini ko‘ramiz. Egri chiziqda i nuqtagacha ish haqi o'sganda mehnat taklifini ham o'sib borishi ko'rsatilgan. Undan so'ng SL chizig'i chap tomonga qayriladi va nisbiy xarakterda bo'ladi va ish haqi o'sib borsa ham mehnat taklifi kamayadi. Nima uchun shunday ish haqi oshib borganda ishchi har bir soat bo'sh vaqtini yo'qotmaslikka, ishlab qo'shimcha daromad, samara olishga harakat qiladi. Lekin o'zini moddiy jihatdan ta’minlash masalasi hal etilganda ishchining bo'sh qolgan vaqtiga munosabati o'zgaradi. Bunga erishish uchun mehnat taklifini kamaytirish zarur bo'ladi. Nimaning hisobiga? Avvallari ishlab topgan mablag'lari hisobiga. Natijada SL chizma / nuqtadan ordinat o'qi tomon bukiladi va ish haqi oshib borganda ham mehnat taklifini kamayishini ko'rsatadi; ishchini qisqartirilgan ish kuniga yoki ish xaftasiga o'tishi, qo'shimcha dam olish kunlarini, ta’tilga chiqishini (shu jumladan «o'z hisobidan» bo'lsa ham) ifodalaydi.

Mehnatning bozor taklifi umumiy mehnatga bo‘lgan taklif bir qancha omillarga bog‘liq bo‘Iadi. Ular taklif etilayotgan mehnat xizmatlarining miqdori va sifati, mamlakat aholisining umumiy soni, uning tarkibidagi iqtisodiy jihatdan faol bo'lgan aholining hissasi, o'rtacha ish kuning uzunligi, xodimlaming kasb-malakasi bo'yicha tarkibi va boshqalar.Mehnat taklifi hajmi shuningdek, ish haqi miqdoriga ham bog'liq. Mehnat bozorida, odatda takomillashgan raqobatchilik sharoitida, mehnat haqi to'lovlarining o'sishi bilan mehnat bozoridagi sotuvchilar taklifni oshirishga harakat qiladilar. Ishning mehnat taklifi egri chizig'i ijobiy bo'lib, quyidagicha ko'rinadi:



  1. Download 142.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling