Reja: I. Kirish II. Asosiy qism: i-bob. Mehnat bozori muvozanati


ISH HAQINI TARTIBGA SOLISH VA ENG KAM ISH HAQI


Download 142.76 Kb.
bet9/9
Sana05.01.2022
Hajmi142.76 Kb.
#210303
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mexnat bozori

ISH HAQINI TARTIBGA SOLISH VA ENG KAM ISH HAQI

Rivojlangan mamlakatlarda ish haqini tashkil etish (ish haqi miqdori, mehnat miqdori va sifati bilan unga toʻlanadigan haq miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni taʼminlash, mehnatni meʼyorlash, tarif tizimi va boshqalar) va tartibga solishda davlat muhim rol oʻynaydi. Ularda tarixan ish haqini tashkil etish va tartibga solishning markazlashgan davlat tizimi va markazlashmagan tizimi qaror topgan. Ish haqini tartibga solishning markazlashmagan tizimi xususiy mulk egalari yoki jamoa mulkdorlar hamda kasaba uyushmalari, aksiyadorlik jamiyatlari, kooperativlar va boshqalar tomonidan amalga oshiriladi.

Ish haqini tartibga solishning davlat tizimi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha korxonalar va tashkilotlar uchun umumiy va majburiydir.

Ish haqini davlat tomonidan tartibga solish va tashkil etishning muhim unsuri tarif tizimi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mamlakat boʻyicha hukumat belgilagan, asosan ishchi va xizmatchilar ish haqini tashkil qilishda foydalanishi uchun tavsiya etiladigan yagona tarif tizimi (setkasi) amal qiladi, korxona (tashkilotlar)lar yagona tarif setkasi asosida oʻz tarif setkasini ishlab chiqish va razryadlar sonini belgilash huquqiga ega.

Oʻzbekistonda dastlab 1993-yil 1-yanvardan 28 ish haqi razryadlariga boʻlingan va 0—28 razryadlar oʻrtasida tarif koeffitsiyentlari farqi 14,28 boʻlgan yagona tarif stavkalari joriy qilindi. 1996-yil 1-sentabrda esa ish haqi razryadlari 22 ta va 0—22 ish haqi razryadlari oʻrtasida tarif koeffitsiyentlari farqi 5,998 boʻlgan yangi yagona tarif setkasi qabul qilindi. Yagona tarif stavkasi xodimlarning barcha kasb-malaka guruhlari boʻyicha tarif stavkalari va maoshlari nisbatini belgilashda mehnat tafovutlariga baho berishga yagona yondoshuvni taʼminlaydi.

Ish haqini tartibga solishning davlat tizimi 3 asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi: 1) davlat tomonidan ish haqi minimumi (eng kam ish haqi miqdori) belgilanadi. Inflyatsiya jarayonida eng kam ish haqini indeksatsiyalash hukumatning maxsus qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi; 2) korxonalarda ishlovchi xodimlarning barcha toifalari uchun oʻrtacha ish haqining ortib borishi maʼlum darajada cheklanadi. Davlat bu usuldan tanglik holatlarida inflyatsiya surʼatlarini pasaytirishda foydalanadi; 3) ish haqining oʻrtacha ortib borishiga qarab ortib boruvchi soliq stavkalari belgilanadi. Bu eng yuqori ish haqi darajasining oʻsishiga taʼsir koʻrsatish va uni iqtisodiy usullar bilan cheklash imkonini beradi.

Yollanma xodimlar ish haqini davlat yoʻli bilan tartibga solish aholining eng kam taʼminlangan qatlamlari — yoshlar, malakasiz xodimlar, mehnat qobiliyati cheklanganlar va boshqalarni ijtimoiy himoya qilishda, inflyatsiya, real ish haqining pasayishini cheklashda muhim ahamiyatga ega.

Ish beruvchi tomonidan afzal ko'rilgan ish haqi sxemasining xususiyatlaridan qat'i nazar, xodimning soatiga yoki oyiga oladigan miqdori davlat tomonidan belgilangan minimal darajadan kam bo'lmasligi kerak. Ushbu qoida mulkchilikning har qanday shaklidagi korxonalarga nisbatan qo'llaniladi va amalda eng kam oylik ish haqi yoki minimal ish haqi shaklida qo'llaniladi. Rossiyadagi biron bir tashkilot oylik to'lashga haqli emaseng kam ish haqidan kam ish haqi  (ish haqi eng kam ish haqi), mutaxassis ish kunida yoki to'liq bo'lmagan ish kunida ishlaydigan holatlar bundan mustasno.

XULOSA.

Xulosa qilib aytsak mehnat bozorida ish kuchiga muvozanatli narx shakllanadi. Bu narx ish haqi yoki ish haqi stavkasi deb ataladi. Mehnat birligining bozor narxi ish haqi miqdori (stavkasi) boʻlib, lavozim okladi tarzida yoki shartnomaga muvofiq belgilab qoʻyiladi, lekin mamlakatda qonun bilan belgilangan eng kam ish haqi darajasidan oz boʻlishi mumkin emas. Shuningdek, ish haqi miqdori muayyan vaqt birligi (soat, kun, hafta, oy) ichida bajariladigan va muayyan kasb-malaka xususiyatlariga ega boʻlgan mehnatga toʻlanadigan haq darajasini belgilaydi. Ish haqining asosiy vazifasi ishlab chiqarishning bevosita qatnashchisi boʻlgan xodim hamda uning oila aʼzolarining hayot va mehnat faoliyati sharoitlarini taʼminlashidan iborat. Qiymatning mehnat nazariyasi ish kuchini alohida, oʻziga xos tovar deb hisoblaydi. Shu sababli, bu nazariya ish haqini tovar boʻlgan ish kuchi qiymatining oʻzgargan shakli, yaʼni uning puldagi ifodasi deb hisoblaydi va uni ish kuchini takror ishlab chiqarishi uchun zarur boʻlgan tirikchilik vositalari qiymati tarzida taʼriflaydi. Ish haqiga ish kuchi qiymatining puldagi ifodasi sifatida qarash aniq mehnat bozorida ish haqi darajasiga talab va taklif omillarining taʼsirini hisobga olmaydi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar mehnat bozorida real ish haqining oʻrtacha darajasi yashash uchun zarur tirikchilik vositalari minimumiga qaraganda ancha yuqori darajada turadi. Iqtisodiyot nuqtai nazaridan, mehnat munosabatlari sharoitida ijtimoiy, psixologik va ma’naviy omillarning muhim ahamiyatini hisobga olgan holda ish haqining mohiyati va shakllarini bilishi zarur bo'ladi.

Ish haqining asosiy vazifasi ishchi-xizmatchilarning hayot va mehnat sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me'yori bilan iste'mol me'yori o'rtasidagi bog'liqlikni ta'minlashdan iboratdir.

Ish haqini o’sishi ish kuchiga bo’lgan talabni kamaytiradi. Ish kuchiga bo’lgan talab iqtisodiy rivojlanishning siklik bosqichlariga, fan va texnika taraqqiyotida foydalanish darajasiga va iqtisodiy mintaqalarda mehnat bozorlarini xususiyatlariga bog’liq.Ish kuchini mehnat bozorida taklif qilishga quyidagi omillar ta’sir etadi:

- iqtisodiy mintaqalarning demografik jarayonlari, ishlab chiqarishda qatnasha oladigan mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lganlar;

- ayollarning tadbirkorlik faoliyatlarida ularning faolligini o’sib borishi;

- aholining malakaviy va kaspiy maxorat darajalarini oshib borishi;

- aholining migrasiya jarayonlari darajasi;

- ish haqlarining o’sib borishi va mehnat sharoitlari darajalariga xam bog’liq.

Mehnat bozorida ish haqini belgilovchi va uni muvozanatda ushlab turuvchi kuch sifatida davlat tomonidan belgilab qo’yilgan eng kam ish haqi hisoblanadi.



1 Vikipediya

2 B.Aliev.”Mehnat bozorini shakllantirishning o‘ziga xos xusu-siyatlari” /O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi/-2003 y. 5-son, 62-bet.

3 С.Ю.Рощин, Т.О.Разумова.Экономика труда:Экономическая теория труда. Учебное пособие.-М.:ИНФРА-М, 2000 г.-(серия “Высшее образование”)-376-стр.

4 Экономика труда:Учебник /Под ред.проф.П.Э.Шлендера, проф.Ю.П.Кокина.-М.:Юристь,2002 г.-92 стр.

5 Б.М.Генкин.”Экономика и социология труда”. Учебник для вузов.-М.:Издательская группа НОРМА-ИНФРА. М, 1999 г.-338-стр.

65 B.Aliev.”Mehnat bozorini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari” /O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi/-2003 y. 5-son, 62-bet.6 Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi: Oliy o‘quv yurtla-rining iqtisodiyot sohasi bo‘yicha talabalar uchun darslik/ Q.Abdurahmonovning umumiy tahriri ostida;-T.:”O‘qituvchi”, 2001 y.-94-95-betlar.

7



8



97 O‘sha asar 95-bet.8 SH.Xolmo‘minov. Mehnat bozori iqtisodiyoti (o‘quv qo‘llanma)-T.:TDIU, 2004 y.-10-bet.

109 O‘sha asar 10-bet.10 D.Rahimova. O.Abdurahmonov “O‘zbekistonda mehnat bozori va ta’lim tizimining boshqarilishida o‘zaro aloqadorlik”, /ta’lim menejmenti/-2007 yil, 6-son(16)-35-bet.

11Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi: Oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiyot sohasi bo‘yicha talabalar uchun darslik./Q.Abdurahmonovning umumiy tahriri ostida/-T.:”O‘qituvchi”,2001 y.-96-bet.

11



12 Erkin Egamberdiyev. MIKROIQTISODIYOT/ G ‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2005 275-bet.


13 A.O’lmasov. Iqtisodiyot asoslari. Toshkent “Mehnat” 1997 y

14 Sh.Shodmonov, R.Alimov, T.Jo’raev «Iqtisodiyot nazariyasi» T.:2002.

15 Sh.Shodmonov va U.G’ofurov “Iqtsodiyot nazariyasi” Toshkent 2006 yil.

16 Р.Ж.Эренберг, Р.С.Смит Современная экономика труда: теория и государственная политика. М.:1996-й. 34-бет.

17 K.X.Abduraxmonov «Mehnat iktisodiyoti (nazari va amaliyot», Toshkent-«Mehnat»-2004 yil, 18-bet.

18O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining O‘zbekiston 2002 yil 31 yanvar, № 42

19 Л.П.Владимирова “Экономика труда”: Учебное пособие.-Москва-2002 г. М.:Издательский Дом “Дашков и К0 “. 17-18-стр.

20 С.Ю.Рощин, Т.О.Разумова.Экономика труда:Экономическая теория труда. Учебное пособие.-М.:ИНФРА-М, 2000 г.-(серия “Высшее образование”)-376-стр.

21 Б.М.Генкин.”Экономика и социология труда”. Учебник для вузов.-М.:Издательская группа НОРМА-ИНФРА. М, 1999 г.-52-стр

22 С.А.Карташов, Ю.Г.Одегов. Рынок труда, проблемы форми-рования и управления. Москва. ЗАО.”Финстатинформ”-1998 г. 6-7-стр.

23 Д. Хужаев “Ўзбекистонда ишчи кучини бошкариш ва кайта шакллантириш”, /Бозор, пул ва кредит/-2004 йил, 9-сентябр, 56-бет.

24Musayeva, Zamira; Yusupov, Qodirjon (2000-2005). "Ish haqi". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi.

25 Thompson, E. P. (1967). "Time, Work-Discipline, and Industrial Capitalism". Past and Present (38): 56–97.

26 Ezzamel, Mahmoud (2004-07). "Work Organization in the Middle Kingdom, Ancient Egypt". Organization 11 (4): 497–537. ISSN 13505084. Qaraldi: 2014-02-13.

27 «Зарплата как пена фактора» Экономика. Учебник. Под ред. д.э.н. А,И.Архипо- ва, д.э.нАН.Нестеренко, к.э.н.А.И.Большакова. «Проспект» М. 1988. 149—150-betlar.


Download 142.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling