Reja: I. Kirish II. Asosiy qism. Shaxs ma’naviyati Ma’naviyat botiniy qudrat. Axloqiy fazilatlar shaxs ma’naviyatining zuhuri sifatida. Xulq va axloq. Iymon-ye ’tiqod, mehr-shafqat, poklik va halollik


Download 54.03 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi54.03 Kb.
#1528744
1   2   3   4   5
Bog'liq
Курс иши янги

1. Shaxs ma’naviyati
Shaxs ma’naviyati – har bir individ, Insonning o‘ziga xos tarbiya negizida shakllangan, jamiyatda kamol topgan va namoyon bo‘lgan ma’naviy-axloqiy fazilatlari, bilimi, dunyoqrashi, bunyodkorligi, o‘zligini anglaganligidir.
Biz uchun eng muhimi, tadqiq va tahlil uchun eng qulayi – shaxs ma’naviyati va millat ma’naviyati. Chunki, birinchidan, ma’naviyatning asosiy namoyon bo‘lishi shaxs ma’naviyati va millat ma’naviyati shaklidadir. Qolaversa, ijtimoiy guruh va toifalar millatning uzviy tarkibiga kirgani sababli, millat ma’naviyatini yaxshi tasavvur qilmay turib, undagi turli toifalarning alohida ma’naviy qiyofalarini gavdalantirishga urinish ishonchli xulosalar berishi mushkul.
Ma’naviyat Inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg‘unlik der ekanmiz, bu bilan bir narsa aniq bo‘ladiki, ushbu hodisaning yuz berish makoni va voqean mavjud bo‘ladigan yagona zamini inson ruhiyati ekan. Shu sababli masalaga yuzakiroq qaragan moddiyunchilar ba’zan ma’naviyatni ruhiyat bilan adashtiradilar. Buning sababi har ikkisi ham g‘ayri moddiy bo‘lganligidan hodisani uning sodir bo‘lish makoni bilan farq qilmaslikdan kelib chiqadi. Inson ma’naviy kamolot imkoniga eg bo‘lgan biz bilgan yagona moddiy mavjudot. Shaxs o‘zidagi ma’naviy kamolot imkonini yuzaga chiqara boshlagan inson. Demak, Shaxs ma’naviyati ushbu sohani o‘rganishda asosiy obyekt ekanligi o‘z-o‘zidan ravshanlashadi.
Shaxs va millat ma’naviyatining asosiy jihatlari . Shaxs ma’naviyatini o‘rganish ikki yo‘nalishda bo‘lishi mumkin. Birinchisi, muayyan shaxs ma’naviyatini o‘rganish, ikkinchisi, ushbu hodisaning umumiy jihatlarini tasnif va tadqiq etish. Imkon nuqtayi nazaridan, birinchi yo‘nalishda faqat ayrim hodisalarni, masalan, o‘tmish va bugunning umummilliy ahamiyatga ega bo‘lgan buyuk shaxslari ma’naviy dunyosini o‘rganish mumkin bo‘lib, mohiyatan bu ish millat ma’naviyatining tarkibiy qismlarini o‘rganish demakdir. Chunki Millat ma’naviyati, tor ma’noda olganda, ushbu millatga qaysidir bir tarzda aloqador hisoblanuvchi o‘tmish, bugun va kelajakdagi barcha shaxslar ma’naviyatining majmuyidan iborat.
Har bir shaxs, o‘zi buni chuqur idrok qiladimi, yo‘qmi – qat’iy nazar, biror elat yo millatga mansub bo‘lmay iloji yo‘q, hech bir inson eldan butkul ajralib yashamaydi. Har bir inson «o‘zini xalqining bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o‘ylab, mehnat qilib yashagandagina ma’naviyat bilan tutashadi. Buning ma’nosi, shaxs ma’naviyati voqelikda millat ma’naviyatidan ayri, undan tashqarida bo‘lmaydi. Shunday ekan, mavjud ahvolni to‘g‘ri idrok etadigan bo‘lsak, millat ma’naviyati haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lmay turib, alohida shaxs ma’naviyatini ham o‘rganish imkondan tashqari.
Bilim cheksiz. Chunki voqelik cheksiz. Inson ruhiyati cheksiz jilolarga ega, Borliq haqiqati asli behudud. Demakki, har bir shaxs ma’naviyati ikki karra bepoyon va cheksizdir (agarchi mantiqiy jihatdan cheksizlikning karrasi bo‘lmasa ham). Millat ma’naviyati ushbu millatga qaysidir bir tarzda aloqador o‘tmishda yashab o‘tgan, bugun yashab turgan va kelajakda yashaydigan hududsiz bir miqdordagi shaxslar ma’naviyatining majmuyi bo‘lgani sababidan 3 karra cheksizlik darajasidagi hodisa sifatida tasavvur etiladi.
Ammo, har bir shaxs ma’naviyati ona allasi, mehri, ajdodlar o‘giti, Vatan tuyg‘usi, tarixiy xotira va axloqiy qadriyatlar bilan milliy makonda shakllanadi. Uning nechog‘lik yuksaklik darajasi oila, mahalla, o‘quv muassasi, u ulg‘ayotga jamiyatdagi muhitga bog‘liq bo‘ladi.
Zero, har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi. Hayotga qadam tashlayotgan bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qadr topadi.
Agar ota-ona, katta o‘g‘il-qizlar o‘zini tutishni bilmasa, axloq-odob bobida kichiklarga o‘rnak bo‘lish o‘rniga qo‘pol muomila qiladigan bo‘lsa, bu holat bola ma’naviy olamining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Vaqti- soati kelib, uning xarakterida inson degan nomga noloyiq, xunuk odat sifatida namoyon bo‘ladi. Oiladagi ma’naviy muhit va tarbiya tufayli bola yo mehribon va rahmdil, yoki xudbin va bag‘ritosh bo‘lib voyaga etishi mumkin. Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi ma’naviy iqlimni o‘zaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosiga qurish maqsadga muvofiqdir.
Farzandga mehr qo‘yish, ularning qornini to‘q, ustini but qilish o‘z yo‘li bilan, lekin farzandlarimizni yoshlik chog‘idan boshlab milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma’naviyat asosida voyaga yetkazish nafaqat oila uchun, balki jamiyat uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Farzand tarbiyasiga e’tibor bermaslik nafaqat ota-onalar, butun bir oila, butun jamiyat uchun juda qimmatga tushishini ko‘pgina hayotiy misollarda ko‘rish mumkin.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha bunyodkorlik ishlarimiz farzandlarimizning baxt-u saodati ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Lekin baxt-u saodat faqat boylik, mol-u mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, oilaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir.
Muhtaram I.A.Karimovning asarlaridagi milliy-ma’naviy tiklanish g‘oyasi-ning mazmunini zo‘ravonlik yillarida toptalgan merosimizni o‘zlashtirish, urf-odatlarimizni, an’analarimizni rivojlantirish, qadriyatlarimizni mustahkamlash borasida boy berilgan imkoniyatlardan bugungi taraqqiyotimizga yo‘naltirish, o‘zimizning milliy zaminlarimiz imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, ularni umum-milliy dunyoqarashimizning ajralmas qismiga aylantirish borasida har birimizning tinmay fidoyilik ko‘rsatishimiz zarurligi ko‘rsatib berilgan.
Haqiqatan, ham millat qachonki milliy zaminlarga tayansagina taraqqiyotga erishishi mumkin. U hech qachon o‘zgalarning ma’naviy yordami bilan millat darajasiga ko‘tarila olmaydi hamda ma’naviy rivojlanishga erisha olmaydi. Milliy ma’naviyat «Millat» tushunchasi bilan bog‘liq. “Millat” so‘zi arab tilida quyidagi uch ma’noni anglatadi: birinchi – din, mazhab; ikkinchi –ummat ; uchinchi -xalq, qavm. Millat so‘zi Qur’oni karimda ham qo‘llanilgan. Qur’oni karimda har bir millat vakili o‘z milliy qadriyatlarini rivojlantirishi savobli ish, o‘z millati, qavmining e’tiqodidan kechib, boshqa millat e’tiqodiga o‘tib olishi esa gunoh deb ta’riflangan. Yevropo adabiyotida qo‘llaniladigan “natsiya” so‘zi esa qabila, xalq degan ma’noni bildiradi.
Binobarin, bu ikki tushuncha asosida ham asosan muayyan etnik birliklarining o‘ziga xosligini bildiruvchi ma’no yotadi. Jamiyat rivojlanib borgan sari insonlar, xalqlar, millatlar o‘rtasidagi ma’naviy-madaniy, iqtisodiy, siyosiy munosabat va aloqalar rivojlanib boraveradi.
Milliy ma’naviyat tor va keng ma’nolarda ishlatiladigan tushunchadir. Tor ma’noda milliy ma’naviyat – muayyan bir elatning, millatning umumiy ruhiyati, ma’naviy merosi, qiziqishlari, manfaatlari, urf-odatlari, an’ana va marosimlarini mujassamlashtirgan ma’naviy munosabatlar yig‘indisi va mazmunini ifodalaydi. Keng ma’noda esa, muayyan bir mamlakatda yashovchi barcha elat va millat vakillari uchun xos umumiy ruhiyat, ularning ma’naviy meroslari, qiziqishlari, manfaatlari hamda ularning urf-odatlari, an’analari va marosimlarini mujassam-lashtirgan, ular tomonidan e’zozlanadigan ma’naviy munosabatlar yig‘indisini bildiradi.
Milliy ma’naviyat – boshqa millat ma’naviyatidan tubdan farq qilinadigan ma’naviyat degani emas. Chunki bizdagi milliy ma’naviyat ko‘rinishlari boshqa xalqlarda muayyan tarzda mavjuddir. Ammo milliy ma’naviyatda boshqa xalq-larning ma’naviyati aynan takrorlanmaydi. Shunday bo‘lganda edi milliy ma’naviyat bo‘lmas edi. Milliy ma’naviyat – muayyan elat, millatga, uning ajdodlariga xos bo‘lgan ruhiy boyligi, uning urf-odatlari, an’analarini mujassam-lashtirgan g‘oyat qimmatli ma’naviy boyliklardir.

Download 54.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling