Reja I. Kirish II. Asosiy qism


Jadvallararo bog’lanishlarni tuzish


Download 69.25 Kb.
bet6/15
Sana31.01.2024
Hajmi69.25 Kb.
#1817912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mavzu ms accessda shakllar bilan ishlash reja I. Kirish II. Aso-fayllar.org

Jadvallararo bog’lanishlarni tuzish.
MB jadvallari orasida relyatsion munosabatlarni o’rnatish MB tuzilmasi ishlanayotganda ko’zda tutulishi kerak. Jadvallararo bog’lanishni tuzish uchun zarur bo’lgan barcha ishlar “Sxema dannix” nomli maxsus oynada sichqoncha yordamida amalga oshiriladi. Bu oyna Сервис-Схема данных buyrug’i bilan ochiladi yoki vositalar ponelida joylashgan ko’rinishdagi tugmachani bosish bilan faollashadi. Xosil bulgan jadvallararo boglanish Схема данных oynasida turli jadvallarning ikki maydonini boglab turuvchi yunalishli chizik kurinishida aks etadi. Bu boglanishda uzining tayanch maydoni bilan ishtirok etayotgan jadval etakchi xisoblanadi. Bunda tayanch maydon nomi kuzga tashlanib turadi. Ikkinchi jadval ergashuvchi jadval xisoblanadi. MBning mutasaddisi ma’lumotlar butunligini himoyalashga oid ikki yuldan birini tanlashi mumkin: biri – etakchi jadvalning tayanch maydonlaridagi ma’lumotlarni o’chirib yuborilishi holatlariga to’siq qo’yish; ikkinchisi - bog’langan jadvallarda bunday holatlarga muvofiq keluvchi tartibni o’rnatib, o’chirish amallariga ruxsat berish. Odatda, MB etarlicha katta va o’zaro bog’langan jadvallari ko’p bo’lsa, bu kabi o’chirish ishlarini “qo’lda“ bajarish anchagina qiyinchilik tug’diradi. Shu boisdan ham jadvallararo bog’lanish kabi avtomatlash vositalari kerak bo’ladi.

Demak, jadvallar o’rtasidagi avtomatik bog’lanish tufayli: etakchi jadvalning tayanch maydonidagi ma’lumotlarni, mazkur maydonga boshqa bir jadvalning qandaydir maydonlari Схема данных buyrug’i orqali bog’langan taqdirda, o’zgartirish yoki o’chirib tashlash imkoniyati bartaraf etiladi; aks holda, etakchi jadvalning tayanch maydonidagi ma’lumotlarni o’chirib yuborishda yoki o’zgartirishda mazkur jadvalga ergashuvchi jadvallarning boshlang’ich tayanchga maydonlaridagi tegishli ma’lumotlarning ham o’chirib yuborilishi muvofiq holda mutlaqo aynan o’zgartirishli avtomatik tarzda ro’y beradi.Bog’lanish xossalarini sozlash uchun “Схема данных “ oynasida jadvallardagi maydonlarni bog’lovchi chiziqni sichqoncha kursori orqali tanlash va shu turgan holatda sichqonchaning o’ng tugmasini bosish bilan bog’lanishning kontekstli menyusini ochish hamda undan “Изменить связь” nomli bandni tanlash kerak bo’ladi. Shunday qilinsa, ekranda “Изменение связей“ sarlovhali muloqot oynasi paydo bo’ladi. Mazkur oynada bog’langan jadvallarning nomlari hamda bog’lanishda ishtirok etayotgan maydonlarning nomlari aks etadi, shuningdek ma’lumotlar butunligini ta’minlovchi boshqaruv elemenlari keltiriladi. Bog’lanishlarni o’zgartirishni ham shu oyna orqali amalga oshirish mumkin. Bu oynada faqat “Oбеспечениецелостности данных“ kvadratchasi belgilangan bo’lsa, unda etakchi jadvalning tayanch maydonidagi ma’lumotlar o’chirib yuborishdan saqlangan bo’ladi. Oynada mavjud uchta kvadratchaning hammasi faollashtirilsa, mos ravishda etakchi jadvalning tayanch maydonidagi ma’lumotlarga o’zgartirishlar kiritishga va ma’lumotlarni o’chirib yuborishga ruxsat berilgan bo’ladi, shuningdek, bu o’zgartirish va o’chirib yuborishlar ergashuvchi jadvallarda aynan aksini topadi.



Download 69.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling