Reja I. Kirish II. Asosiy qism


MB maydonlarining xossalari


Download 69.25 Kb.
bet2/15
Sana31.01.2024
Hajmi69.25 Kb.
#1817912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mavzu ms accessda shakllar bilan ishlash reja I. Kirish II. Aso-fayllar.org

MB maydonlarining xossalari

MBning maydonlari baza tuzilmasiini belgilashi bilan bir qatorda, muayyan maydonga tegishli katakchalarga yozilib boruvchi ma’lumotlar uchun umumiy bo،lgan xossani ham aniqlab beradi. Maydon xossasi tushunchasi MBga oid iboralar ichida etakchi o،rin tutadi. Shu boisdan, maydon xossalarining asosiylarini qisqacha tavsiflab o،tamiz.



Maydon nomi (имя поля) - baza bilan avtomatik amallar bajarilayotgan paytda mazkur maydonning ma’lumotlariga qay tarzda murojaat etish kerakligini ta’minlovchi xossa. Maydon nomlari jadval ustunlarining sarlavhalari sifatida ishlatilishi mumkin.

Maydon turi (тип поля) - berilgan maydon tarkibidagi ma’lumotlarning turini bildiradi.

Maydon o’lchami (размер поля)- berilgan maydon katakchalariga sigishi mumkin bo،lgan ma’lumotlarning maksimal uzunligini belgilovchi xossa.

Maydon formati (формат поля) - maydonga tegishli katakchalaridagi ma’lumotlarni formatlash usulini aniqlab beradi.

Ma’lumot kiritish niqobi (маска ввода) – bu xossa ma’lumotlarni kiritishning avtomatlashtirish vositasi bo،lib, maydonga kiritiladigan ma’lumotlarni qanday shakl orqali bajarilishini aniqlaydi.

Imzo(подпис) - jadvalda maydonga mos ustunning sarlavhasini aniqlovchi xossa. Agar imzo alohida ko،rsatilmasa, uning o،rnini “maydon nomi” egallaydi.

Oldindan berilgan qiymat (значение по умолчанию) -ma’lumotlar kiritishning avtomatlashtirilgan vositasi bo،lib, bunda maydon katakchalariga avtomatik yozilib qoluvchi qiymat anglanadi.
MB maydonlarning turlari.
Maydon turlari deganda odatda baza jadvalining maydonlariga kiritiladigan ma’lumotlar turlari tushuniladi.


Maydon turi bu alohida bayon etishni talab etuvchi maydon xossasi bo،lib, uning ko،rinishlari quyidagilardan iboratdir:

Matnli maydon (текстовое поле)-chegaralangan, ko،pi bilan 255 ta belgiga teng o،lchamdagi biror qolipga solinmagan matnlarni saqlashga mo’ljallangan maydon.

Memo maydoni (поле Мемо)-katta hajmli, belgilari miqdori 2562-1 sonidan ko،p bo،lmagan matnlarni saqlashga mo،ljallangan. Bunda matn aslida maydonda emas, balki MB ning boshqa joyida saqlanadi, bu хolat foydalanuvchiga bilinmasligi mumkin.


Download 69.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling