Reja I. Kirish II. Asosiy qism


Makroiqtisodiy darajada real sektorni prognozlash modellari


Download 69.73 Kb.
bet5/6
Sana03.06.2024
Hajmi69.73 Kb.
#1841604
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
real sektor iqtisodiyoti

Makroiqtisodiy darajada real sektorni prognozlash modellari
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy prognozlami tuzishda iqtisodiy-matematik modellar keng qo'llaniladi. Bularga bir va ko'p omilli iqtisodiy o'sish modellari, milliy daromadni (MD) taqsimlash modellari, tarkibiy tarmoq va asosiy fondlarni qayta tiki ash modellari, investitsion oqim xarajati modeli, turmush darajasi va iste'mol tarkibi modellari,kengayib borayotgan eko- siyosat modeli, ish haqi va daromadlami taqsimlash modellari kiradi. Xalq xo'jaligi balansini prognozlashni mukammallashtirishning muhim yo'nalishi iqtisodiy o'sishning asosiy parametrlarini prognozlashni verifikatsion-statistik yondashish asosida dinamik vaqt qatori ma'lumotlaridan maksimal foydalanishga asoslangan holda ularning haqiqiy iqtisodiy jarayonlar bilan mosligini va baholanayotgan sharoitlar holatini tekshirish orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy prognozlashning makroiqtisodiy modellar tizimida ushbu usuldan foydalanish xalq xo’jaligining balanslashtirilganligi, tarkibiy va omilli jihatlarini o'rganish va ularning optimallik prinsipi asosida sintezlash bilan bogliq. Xalq xo'jaligi balanslashtirilgan omili jihatidan mahsulotni chiqaruvchi obyekt hamda ishlab chiqarish omillari xarajatlari (asosiy fondler va mehnat resurslari) orasidagi bog'liqlikka asoslanadi. U ishlab chiqarish omillari orasida ma'lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarishni ta'minlab turuvchi tenglikni aniqlashga borib taqaladi.
Balanslashtirilganlik (vaqt oralig'ida) jihati ishlab chiqarish omillari sarflarini vaqt bo'yicha taqsimlash va ular o'zaro bog'liqligida erishiladigan samaraga asoslanadi. Asosiy vaqt oralig'i xususiyatlari asosiy fondlarni qayta tiklash bilan bog'liq. Vaqt oralig'ida balanslashishga erishish uslubi xarajatlar va ular keltiradigan samaraning kechikib kelishini hisobga oladigan tenglamalardan foydalanishga asoslangan hamda asosiy fondlarni, takror ishlab chiqarish jarayonini aniqlovchi vaqt oralig'iga bog'liq ko'rsatkichlarning o'sish suratini hisobga olish bilan bog'liq. Ushbu usul asosiy fondlarning qayta ishlab chiqarish jarayonini, yaqt oralig'i xususiyatlarini ifodalovchi, narx indekslarini, kapital qo'yilmalar va asosiy fondlarning tushish va chiqib ketish manbalari va miqdorini hisoblash va kechikish usullari bilan farqlanuvchi modellar guruhini tuzish imkonini beradi. Balanslashtirilganlikning tarkibiy jihatidan ijtimoiy qayta ishlab chiqarishni binichi va ikkinchi bo'limlari orasidagi proportslyalar hamda tarmoqlararo tarkibiy modellar ishlab chiqarish fondlari, ishlab chiqarish qo'yilmalari va mehnat resurslarining tarmoq strukturasini prognozlash tizimidan keng foydalaniladi.

Download 69.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling