Reja I. Kirish II. Asosiy qism


Makroiqtisodiy prognoz - tahliliy ko'rsatkichlar tizimi


Download 69.73 Kb.
bet4/6
Sana03.06.2024
Hajmi69.73 Kb.
#1841604
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
real sektor iqtisodiyoti

Makroiqtisodiy prognoz - tahliliy ko'rsatkichlar tizimi
Makroiqtisodiy ko'rsatkichlami tablil qilish va prognozlashga imkon beruvchi amaliy vositalar ichida statistik (ekonometrik) modellarga ajratiladi. Respublikamizda o'tgan o'n yilliklarda tahlil va modellashtirishning statistik uslublari sohasida jiddiy ilmiy tadqiqot ishlari olibm borilganiga qaramay, to'liq rejalashtirilgan iqtisodiyotning balans metodi afzal ko'rilgan. Lekin, zamonaviy bozor munosabatlari sharoitida ekonometrik modellarni qo'llash dolzarb bo'lib qolmoqda, chunki tabhlilda qo'llanuvchi vosita obyektiga - bozor iqtisodiyotiga to'g'ri keladi.
XX asming 30-40-yillarda iqtisodiyotni tartibga solish,YaIM darajasini oshirishga bo'lgan urinishlar bo'yicha ishlab chiqilgan makroiqtisodiy prognozlash modellari o'sha davrda o'z samarasini berdi. Ekonometrik tipdagi iqtisodiy siyosatning turli yo'nalishlaridagi oqsoqlik holati va imkoniyatlarini o'zida mujassamlashtiruvchi model dastlab Ya.Tinbergen tomonidan 1936-yilda ishlab chiqilgan.O'tgan yillar oralig'ida milliy iqtisodiyot sohasini prognozlash ko'pgina mutaxassislarning iqtisodiy tadqiqot faoliyatini kengaytira boshladi. 1970-yillarga kelib sanoati rivojlangan mamlakatlar prognozlash sohasi bo'yicha olib borilgan tadqiqotlarga turli nodavlat tashkilotlari ham faol qatnasha boshladi. O’tgan asrning 70-yillarda Kanada, Yaponiya. Buyuk Britaniya va boshqa bir qator davlatlarda indikatorlaning o'z milliy tizimlari shakllantirildi. Lekin, zamonaviy iqtisodiy tizimning baynalminallashuvi jarayoni har bir milliy iqtisodiyotning prognozini hisobga olish zaruriyatini kuchaytirdi va (70-yillarning boshida boshlangan) iqtisodiy indikatorlarning xalqaro tizimini (IIXT) yaratish bo'yicha maxsus tadqiqotlarni talab qildi.
IIXT qo'llashda 4 ta asosiy yo'nalish ajratiladi:
- chuqur xarakterga ega jahon iqtisodiy inqirozlarini prognozlash;
- ayrim alohida davlatlarda inqirozlar o'tishining xususiyatlarini hisobg olish;
- mamlakatlar orasida tovarlar oqimi matritsasini tuzish orqali jahon savdosini prognozlash;
- xalqaro tusga ega inflatsiyani prognozlash;
lIXT ishlab chiqishga asos qilib iqtisodiy indikatorlarning amerika tizimi olingan. IIXT usuli yetarli darajada barqaror rivojlanuvchi iqtisodiy sikllarni hamda «o'sish sikllari» deb ataluvchi iqtisodning tezlashgan va sekinlashgan tahlillar hamda prognozlarni amalga oshirishga moslashgan. Ushbu usul yordamida ishlab chiqarish sur'ati keskin pasaymagan mamlakatlar (rivojlanayotgan davlatlar) va ishlab chiqarishning barqaror pasayishini boshdan kechirayotgan davlatlarda iqtisodiyot rivojini prognoshlash uchun qo'llash mumkin. IIXT usuli jahon savdo jarayonini prognozlashda keng qo'llaniladi,chunki mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti birinchi navbatda tashqi iqtisodiy savdo aloqalari bilan bog'liq. Mamlakatning eksport salohiyati mamlakat rivojini ta'minlaydi, milliy real sektomi barqaror ishlashini ta'minlab, ish o'rinlarini saqlash va ko'paytirish imkoniyatini beradi. Bu esa o'z navbatida aholini daromadlarini oshirib, farovonligini ta'minlaydi.
Bunda A mamlakatdan B mamlakatga eksport - B mamlakatdagi iqtisodiy kon'yunktura holatlga bog'Jiqhgi uchun A mamlakatdan B mamlakatga eksport tendensiyalanni prognoz qiluvchi B mamlakat (importyor) ning ilgarilab ketuvchi (lider) iqtisodiy rivojlanish indikatorlaridan foydalaniladi. Ilmiy tadqiqotlar ushbu usulning samaradorligini isbotladi. Shu bilan birga ushbu usulning chegaralanganligini ham ko'rsatish kerak. Bu usulda eksportning dinamikasi faqat bir omil - import qiluvchi mamlakatning iqtisodiy kon'yunkturasiga bog'liq holda amalga oshiriladi. Bunda valyuta kurslarining harakati, ichki baholar va ikki mamlakat orasidagi savdoga ta'sir etuvchi boshqa omillar hisobga olinmaydi.
XX asming 70-yillaridan IIXTdan narxlar dinamikasini prognozlashda ham keng foydalanila boshlandi. Narx indekslarning tahlili ularning «o'slsh sikllari» bilan uzviy bog'liqligini ko'rsatdi. Odatda, o'sishning sur'atlari jadallashganda narxlar o'sishi tezlashadi va aksincha, o'sish sur'atlarining pasayishi narxlar darajasini pasayishiga olib keladi.
Iqtisodiy prognozlash usullarining barcha modellari zamirida o'tgan davrda milliy iqtisodiyotning real iqtisodiy holatini tavsiflovchi ko'rsatkichlaning matematik bog'lanishlari (mutanosib yoki nomutanosiblik tenglik yoki notenglik) prinsipi yotadi. Real sector iqtisodiyotini prognozlash jarayoni o'z obyektiv tavsifiga ko'ra omilli va tarkibiy prognozlash modellaridan tashkil topadi.
Prognozlashning omili modelida asosan iqtisodiyotning real sektorini joriy yilda olingan pirovard natijasi qaysi omilga muvofiq pasaygan yoki oshganligi aniqlanadi. Albatta bunda joriy yil iqtisodiy ko'rsatkichlarining barcha parametrlariga muvofiq hisob-kitob qilinadi va tahlillar olib boriladi. Aynan izlangan va asosiy ta'sir kuchiga ega omil aniqlanadi.
Prognozlashning tarkibiy modelida esa real sektor tarmoqlari mutanosib rivojlanishi, ular o'rtasidagi o'zaro aloqalarning bog'lanish xususiyatlari, jarayonlari va faoliyati tahlil qilinadl. Shuni alohida ta'kidlash joizki mazkur modelda asosan real sektor tarmoqlarining hududiy jihatlari, shart-sharoitlari ham tahlil qilinadi.

Download 69.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling